Ko’k choy keksalarga foydali

    Olimlar uch yil davomida 65 yosh va undan katta 13 ming nafar kishilar o’rtasida so’rovnoma olib borishdi. Barcha ma’lumotlar to’planib (jumladan, ovqatlanish va hayot tartibi, salomatlik holati), tahlil qilingach, muntazam ko’k choy ichadiganlar faolroq ekani, ularda funksional imkoniyatlar bilan boғliq muammolar kamroqligi ma’lum bo’ldi. Kuniga kamida 5 piyola ko’k choy ichganlarning faqatgina 7 foizi o’zlaridagi funksional buzilishlar haqida ma’lum qilgan.

Bulg'or qalampiri stressdan qutulishga yordam beradi

   Amerikalik olimlar ushbu sabzavotni kundalik iste'molga kiritishni tavsiya etishadi. Bulg'or qalampiri insonning sog'lig'i va uzoq hayot kechirishi uchun foydali bo'lgan bir qator hususiyatlarga ega. Bu ro'yxatga yana bir hususiyat qo'shildi.  Bulg'or qalampirida B6 va B9 darmondorilari aniqlanib, ular sabzavotni yurak kasalliklarini oldini olish vositalari qatoriga qo'shadi. Shuningdek, ushbu sabzavot bosh og'rig'ini to'xtatishda, artrit kasalligini rivojlanishini kamaytirishda, turli xil xavfli o'simtalarning oldini olishga qodirligi aniqlandi.   

O`simliklarning shifobaxsh xususiyatlari

    Hech o‘ylab ko'rganmisiz, agarda qo`limizni kesib olsak nima uchun yaraga bargizub qo'yishni maslahat berishadi? Nimaga yoshligimizdan sarimsoqpiyoz va limonni ko‘p yedirishadi? Sog'lom bo'lasan, kamroq shamollaysan deyishadi.   Barmog'imiz shishib qattiq og'risa, hamma sabur (aloe) bargini qo'yishni tavsiya etadi. Og‘riq va o‘simliklar o‘rtasida qanday aloqa bor?   Ma’lum bo'lishicha, ayrim o'simliklar ajoyib davolash xususiyatlariga ega ekan. Ularni bilish nafaqat qiziq, balki foydadan xoli emasdir.

Stressga qarshi apelsin

 Ma’lum bo’lishicha, apelsinda asab tizimi faoliyati me’yorda ishlashi uchun zarur bo’lgan biologik faol moddalar bor. Apelsindagi S vitamini, karotin va V guruhidagi vitaminlar uyg`unlashgan holda bo’lib, gipotalamusda odamni stressdan himoya qiluvchi gormonlar ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Organizmda bu vitaminlar yetarli bo’lganda zarurat tug`ilgan paytda organizmda noradrenalin — stress vaziyatlarda himoya reaksiyasini ishga tushiradigan va yaxshi kayfiyatni ta’minlaydigan modda ishlab chiqarila boshlaydi. Bunday vitaminlar yetishmaganda esa noradrenalin o’rniga ishonchsizlik va qo’rquv gormoni — adrenalin sintezlanadi.

Olma haqida

 Xalq tabobatida olma yordamida surunkali bod, tovush bo‘g‘ilishi, kamqonlik, oshqozon-ichak yo‘lining yallig‘lanishi kabi kasalliklar davolangan. Xushbo‘y, shirin va nordon olmalar yurakni quvvatli qiladi. Olma zaif me’dani quvvatlantiradi. Xamirning ichida pishirilgan olma ishtahaning kamligiga foydalidir. Olmaning talqoni me’dani quvvatli qiladi va qusishni to‘xtadi. Xamirning ichida pishirilgan olma gijjalarda va dizenteriyada foyda qiladi.

Yong`oq haqida

Abu Ali ibn Sino yong‘oq haqida shunday degan: "Yaprog‘i va qobig‘i burishtiruvchi bo‘lib, qon oqishiga qarshi foydasi bor. Yog‘i el yaraga, sarmasga va ko‘z atrofidagi yaralarga malham bo‘ladi. Yong‘oqning murabbosi mijozi sovuq me’da uchun (buyrakka ham) foydali, gijjalarni haydaydi".Ulug‘ tabib yong‘oq bargi shirasini iliq holda quloq ichi yiringlaganda tomizgan, po‘stidan tayyorlangan qaynatmani esa bachadondan qon ketishini to‘xtatishda qo‘llagan.

Ko’k choyning 10 foydasi

  Ko‘k choyning foydali ekanini hamma biladi. Qizlar parhez qilganda, juda ko`p ko‘k choy ichadi. Biroq ortiqcha vazndan xalos qilishi bu ajoyib ichimlikning yagona ijobiy xususiyati emas. Ko‘k choy sog‘liqqa juda foydali bo‘lib, undan ayrim kasallikning oldini olish va davolashda foydalaniladi. Ko‘k choyning aynan qanday shifobaxsh xususiyatlari borligini bilishni istasangiz, maqolaning davomini o‘qing.

Ananas - dardga chalintirmas...

  Ananas — ananasdoshlar oilasiga mansub bo’lib, ko’p yillik o’t o’simlikdir.  Uning barglari spiral holda bir-biriga yaqin joylashib, qalin, nashtarsimon, uzun bo’ladi. To’pguli kalta, boshoqsimon, xushbo’y. Ekinlashtirilgan navi — Filippin va Tayvan orollarida o’stiriladi. Uning to’p mevasi sariq, xushbo’y so’ta. So’taning og`irligi 3-5 kg keladi. Ananasni yangiligicha (pishganda) yoki konserva holida murabbo tayyorlab iste’mol qilish mumkin.   Ananas — ispan tilidan lotin, rus va undan o’zbek tiliga o’tgan. O’simlikning o’zi ham, mevasi ham shu nom bilan ataladi. Ananasning vatani — Janubiy  Amerika. 

Qoraqat (Смородина)

  Qoraqat qoraqatdoshlar oilasiga mansub butadir. Ilmiy tilda "ribes metseri” deyiladi. Yovvoyi va madaniy holda o’lkamizda ko’p uchraydi.  Qoraqat xo’jalik, sanoat va meditsinada ishlatiladi. Mevasi nordon, servitamin bo’lgani tufayli ishtaha ochadi, tumov, gripp kasalliklarini davolashda yaxshi yordam beradi. Buning uchun shakarga qorilgan mevasidan kuniga 2-3 marta bir choy qoshiqdan qo’shib ichiladi.

Qulupnay haqida

  Qulupnay inson organizmi uchun minerallarning asosiy manbalaridan biri hisoblanadi, bundan tashqari uning tarkibida bir talay vitaminlar, shu jumladan C va B5 vitaminlari, temir, magniy, kaliy, kaltsiy, rux, marganets, fosfor, kremniy, mis moddalari mavjud. Shuningdek unda foliy, limon, olma va salitsil kislotalari bor. Qulupnayning foydali xususiyatlariga quyidagilarni kiritish mumkin: u ovqat hazm qilish tizimiga yaxshi ta'sir qiladi, ishtahani yaxshilaydi, peshob va ter haydovchi effektga ega. Qulupnay tarkibida yetarli darajada minerallar bo'lgani uchun u organizmni tozalaydi. Davomini o`qing

Shaftoli haqida

Pishgan shaftoli me’da uchun yaxshi bo‘lib, unda ovqatga ishtaha tug‘dirish xususiyati bor. Ammo (shaftolini) ovqat ustiga eyish kerak emas, chunki uni buzadi va o‘zi ham buziladi; shuning uchun uni ovqatdan ilgari eyish kerak. Quritilgan shaftoli kech hazm bo‘ladi va oziqligi ko‘p bo‘lsa ham, yaxshi oziq emas.   Shaftolining bargidan olingan suvi quloqqa tomizilsa, qurtlarni o‘ldiradi; uning yog‘i bosh yarmining og‘rishida, issiqdan va sovuqdan paydo bo‘lgan quloq og‘riqlarida foyda qiladi.

Behining qanday foydasi bor?

  Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma`lum. O'simlik mevalari tarkibida 12% ga qadar qand, 5% ga yaqin organik kislotalar (olma, uzum,limon kislotalari), efir moylari, pektin va oshlovchi moddalar, vitamin C, temir, mis, kalsiy tuzlari mavjud. Behi urug'larida 20% ga qadar shilliq, glikozid amigdalin, 8% dan oshiq moy, bo'yoq moddalar bor. Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan, astma, yurak, sariq, xiqichoq, qorin og'rig'i dizenteriya kasalliklarini davolashgan. Bundan tashqari behidan bedarmonlik, kamqonlik, yo'tal, me`da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan.

Asal-shifodir

   Tibbiyot fanining otasi, ulug‘ hakim Abu Ali ibn Sino asalning ko‘plab xosiyatlarni keltirib o‘tadi: «Asal mijozni tozalaydi, qonning tomirlarda yurishini ravonlashtiradi, go‘shtni buzilish va sasishdan saqlaydi. Yiringli, chuqur yaralarni tozalab qotiradi. Ko‘z xiraligidan xalos etadi. Bo‘g‘madan qutilishga yordam beradi. Bodomcha bezlari og‘rishining oldini oladi. Asal suvi me’dani kuchli qiladi. Ishtahani ochib, ovqat hazmini yaxshilaydi. Temiratkini asal va achchiqtosh aralashmasi yo‘q qiladi».