Behining qanday foydasi bor?
Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma`lum. O'simlik mevalari tarkibida 12% ga qadar qand, 5% ga yaqin organik kislotalar (olma, uzum, limon kislotalari), efir moylari, pektin va oshlovchi moddalar, vitamin C, temir, mis, kalsiy tuzlari mavjud. Behi urug'larida 20% ga qadar shilliq, glikozid amigdalin, 8% dan oshiq moy, bo'yoq moddalar bor. Xalq tabobatchiligida behi mevasining sharbati bilan, astma, yurak, sariq, xiqichoq, qorin og'rig'i dizenteriya kasalliklarini davolashgan. Bundan tashqari behidan bedarmonlik, kamqonlik, yo'tal, me`da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan.
Abu Ali Ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani dizenteriya, yo'g'on ichakning yallig'lanishini davolashda, behi shirasi bilan astma, qon tupurish va qayt qilishni to'xtatishda, chanqoq hamda miya og'rig'ini qoldirishda ishlatgan. Behi urug'i asosida dori-darmonlar tayyorlab o'pka va nafas yo'li kasalliklarini davolagan. Xalq tabobatida behi urug'i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ichburug'da, bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta`sir qiladi. Ilmiy medetsinada behi urug'idan tayyorlangan qaynatma ko'z og'riganda, qabziyatda, yuqori nafas, yo'llari shamollaganda davo sifatida ishlatiladi.
Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og'rigan bemorlarga juda foydalidir. Behidan turli shirinliklar tayyorlanadi, oziq-ovqat sanoatida konservalar ishlab chiqariladi. O'zbekiston sharoitida yetishtiriladigan bezi navlari quyidagilardan iborat: Bahri bexi, Non behi, Quva behisi, Sovxoznaya behi, Nok behisi va boshqalar.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.