Behi — oltin kuzning bebaho tuhfasi 

5 157

Behi mevasining shifobaxshligi qadim-qadimdan ma`lum. Unda juda ko`p pektin birikmalari, fruktoza, glyukoza, kaliy tuzlari, temir, kalsiy, fosfor va mis bor. Ayni kuz paytida pishib etiladigan behining boshqa foydali xususiyatlari haqida ma`lumot beramiz.


Behining foydali xususiyatlari

  • Behi mevasidan damlama tayyorlab ichish kamqonlilikda tavsiya etiladi. Uni tayyorlash uchun behi kichik bo`laklarga bo`linadi, idishga solinib, ustidan suv quyib yumshagunicha qaynatiladi, siqib olingan sharbatini damlama shakliga kelib, quyuqlashguncha qaynatiladi.
  • Behining yangi uzilgan mevasi tarkibida temir moddasi ko`pligidan temir moddasi etishmasligidan bo`ladigan kamqonlilikning oldini olish hamda uni davolashda, uzoq davom etgan kasalliklar, tana harorati balandligidan qiynalganda iste`mol qilinadi.
  • Qadim-qadimdan tarkibi pektin moddasiga boy behi mevasi ich ketish bilan bog`liq ichak kasalliklarini davolashda iste`mol qilinishiga sabab bo`lgan.
  • Buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino oshqozon-me`da faoliyati buzilganida, uning mevasi sharbatini asal va sirka qo`shib "oshqozonni quvvatlantirish” va "zaif jigar”ni davolash maqsadida iste`mol qilishni tavsiya etgan. Shuningdek, behi yuz terisini tiniqlashtiruvchi yaxshi vosita ekanini ta`kidlagan. Behi urug`ini maydalash mumkin emas, chunki u maydalanganida amigdalin deb ataladigan zararli modda ajralib chiqishiga sabab bo`ladi. Bu modda behiga achchiq danak mazasini berib turadi.

BEHIDAN FOYDALI DAMLAMALAR

  • Qadimgi tabiblar bepushtlikda behi sharbati bilan davolashni tavsiya etishgan. Unga ko`ra, sharbat yangi oy chiqqanidan boshlab yigirma kun davomida har kuni kechqurun bir osh qoshiqdan ichiladi.
  • Behi barglari qaynatib tindirilgan suv bronxial astma xurujini engillatish va hatto to`xtatishga davo bo`ladi. Buni tayyorlash uchun behining 5 g. bargi ustiga bir litr qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi,barglarni siqib olib tashlanadi. 2 osh qoshiqdan kuniga ovqatlanishdan oldin 3-4 mahal ichiladi. Bu qaynatmani muzlatgichda 3 kungacha saqlash mumkin. Undan ko`p vaqt o`tsa, eskirib, ta`siri qolmaydi.
  • Behining urug`i va barglaridan damlangan choy buyrak kasalliklarida peshob haydovchi vositadir. Behining quritilgan barglaridan 1 osh qoshiq olinadi, urug`idan ham shuncha miqdor qo`shiladi, ustidan 200 g. qaynagan suv quyib, past olovda 5-6 daqiqa qaynatiladi, tindirib, dokadan o`tkazib, ta`bga ko`ra asal qo`shiladi. Kuniga 3-4 mahal 1 osh qoshiqdan ichiladi. 

ZARARLI TOMONI HAM BORMI?

  • Behi o`zining shifobaxsh xususiyatlari bilan bir qatorda ba`zi zarali xususiyatlarga ham ega. Uning mevasi va urug`i biriktiruvchi va mustahkamlovchi faolligi bilan ajralib turadi. Kolit va oshqozon yarasi bor kishilarda behi ichak va yumshoq qobiqda tiqilma va spazmani yuzaga keltirishi mumkin.
  • Shuningdek, plevrit va qabziyatda behi iste`mol qilmaslik lozim bo`ladi. Mevasi mayda tuk bilan qoplangani sababli, po`sti artilmasdan iste`mol qilinganda ovoz pardalariga va xalqumga zarali bo`lib, kishini yo`taltirib, tomoqda ko`ngilsizlik uyg`otadi. Shu sababdan artilmagan yangi behini notiqlik bilan bog`liq kasb egalariga iste`mol qilishdan tiyilish tavsiya etiladi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.