Ko’k choy keksalarga foydali 

7 560

Ko’k choyning salomatlikka foydasi borasida ko’plab ilmiy tadqiqotlar o’tkazilgan. Ushbu ichimlikni muntazam ichib turish osteoporoz, insult va kognitiv buzilishlar kabi keksalarda uchraydigan kasalliklar profilaktikasida ijobiy ta’sirga egali ekan.

Tokiodagi Oliy tibbiyot maktabi olimlari tadqiqot o’tkazib, doimiy ko’k choy ichish keksalardagi funksional nogironlik, ya’ni vanna qabul qila olmaslik, sayrga chiqa olmaslik, uyda boshqalarning yordamisiz biror ishni bajara olmaslikda yordam berish-bermasligini o’rganishdi.

Olimlar uch yil davomida 65 yosh va undan katta 13 ming nafar kishilar o’rtasida so’rovnoma olib borishdi. Barcha ma’lumotlar to’planib (jumladan, ovqatlanish va hayot tartibi, salomatlik holati), tahlil qilingach, muntazam ko’k choy ichadiganlar faolroq ekani, ularda funksional imkoniyatlar bilan boғliq muammolar kamroqligi ma’lum bo’ldi. Kuniga kamida 5 piyola ko’k choy ichganlarning faqatgina 7 foizi o’zlaridagi funksional buzilishlar haqida ma’lum qilgan.

Tadqiqotchilar har kuni ko’p miqdorda ko’k choy ichish funksional buzilishlarga barham beradi, degan qat’iy to’xtamdan yiroq bo’lishsa-da, lekin ushbu ichimlikning bu borada foydasi borligi aniqligini aytishmoqda. Odatda ko’k choyning shifobaxsh xususiyati uning tarkibidagi antioksidantlar bilan izohlanadi. Ular hujayralarni zararlanishdan saqlaydi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.