Qoraqat (Смородина) 

6 850

  Qoraqat qoraqatdoshlar oilasiga mansub butadir. Ilmiy tilda "ribes metseri” deyiladi. Yovvoyi va madaniy holda o’lkamizda ko’p uchraydi.  Qoraqat xo’jalik, sanoat va meditsinada ishlatiladi. Mevasi nordon, servitamin bo’lgani tufayli ishtaha ochadi, tumov, gripp kasalliklarini davolashda yaxshi yordam beradi. Buning uchun shakarga qorilgan mevasidan kuniga 2-3 marta bir choy qoshiqdan qo’shib ichiladi.
  Kamquvvat toliqqan bemorlarga kuniga bir marta, bir choy qoshiqdan iste’mol qilish lozim. Me’da, isitma, qon ketish kasalliklarini davolashda choyga qo’shib ichiladi. Ichak, buyrak va siydik yo’llarini tozalashda qoraqat sharbatidan kuniga bir osh qoshiqdan bir marta ichiladi. Tomoq  milk tish kasalliklarini davolashda qoraqatdan muntazam ravishda iste’mol qilish zarur. Revmatiznni davolash uchun bargi qaynatilgan suvda vanna qilinadi.
  Qoraqat tarkibida S vitamin, kislotalar, uglevodlar, kletchatkalar, oshlov moddalari, mineral tuzlar, mikro elementlar, fermentlar ko’p. shu tufayli ham u shifobaxsh.
 Qoraqat qandolatchilik va dorisozlik sanoatida qo’llaniladi. Undan manzarali va mevali o’simlik sifatida foydalanish mumkin. Qoraqat mart oyidan sap-sariq bo’lib gullaydi. Iyun oyidan boshlab mevasi pishadi. Qoraqat beor bo’lib, ildizidan ko’payadi va shohlab o’sadi. Yaxshi parvarish qilinsa, ikki-uch yilda voyaga yetadi va har tupidan 4-5 kilogrammgacha hosil beradi. U sovuqqa chidamli namsevar.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.