Milliy iqtisodiyot tarmoqlari geografiyasining umumiy masalalari 

7 203

 Sanoat, qishloq xo‘jaligi va transport tarmoqlarini hududiy joylashuviga bir qator omillar ta`sir e`tadi. Shulardan eng muhimi fan-texnika kashfiyotlaridir: energiya va xomashyoning yangi turlari, yangi texnologik jarayonlar, yangi transport vositalaridan foydalanish orqasidan ishlab chiqarishni joylashtirish tamoyillari ham takomillashadi. Ko`rxonalar xomashyo, yoqilg`i, energetika, suv va hatto, ishchi kuchi (inson omili)dan foydalanishi bo`yicha ko`p xomashyo, ko`p energiya talab, ko`p suv va ko`p mehnattalab sifatlarda guruhlanadi. Ularning har biriga xos tayanch korxona doirasida o`nlab mayda korxonalar ishlab chiqarish bo`yicha aloqador bo`ladi. Buni ishlab chiqarishning kombinat shaklideyiladi. Muayyan mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashgan zavodlar o`zaro hamkorlikda faoliyat ko`rsatadi. Buni ishlab chiqarishni kooperativlashuvi deyiladi.  Bunday korxonalarni qurishda ishlab chiqarish aloqalarining uzluksizligi, transport qulayligi hisobga olinadi. Korxona qanchalik yirik va ko`p sohaga ixtisoslashsa, uni qayerga joylashtirish masalasi shunchalik murakkablashadi. 
  Muayyan asosiy ishlab chiqarish jarayoni bilan turli ishlab chiqarish jarayonlarining barqaror bog`liqligi ishlab chiqarish sikli deyiladi.
  Ko`rib chiqilgan omillar asosida iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalarini hududiy joylashtirishning quyidagi tamoyillari belgilangan:
-  korxona va transport yo`llarini barpo etishda mamlakatning ustuvor manfaatlari, fan-texnika taraqqiyoti va ekologiya talablarini hisobga olish;
- eng samarali boylikni o`zlashtirish va boyliklardan kompleks foydalanishga asosiy e`tibor qaratish;
-  ko`p energiya va ko`p material talab korxonalarni xomashyo manbasiga yaqin joyda barpo etish va bunda ishlab chiqarishning kombinatlashuvi, ixtisoslashuvi hamda kooperativlashuvi e`tiborda bo`lmog`i;
- ishlab chiqarishni geografik joylashuvi mamlakat mudofaa ehtiyojlariga bo`ysundirilmog`i shart.
  Iqtisodiyot tarmoqlarining tadrijiy rivojlanishi pirovard oqibat sanoat tuguni, sanoat rayoni, qishloq xo`jalik mintaqalari, transport tuguni va magistrallari shakllanishiga olib keladi. Ularning aloqadorligidan hududiy ishlab chiqarish majmua (iqtisodiy geografik rayon)lar vujudga keladi. 

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.