Sanoatni hududiy tashkil etish hamda joylashtirish shakllari 

11 811

  Ishlab chiqarish jarayoni o'zaro bog'langan korxonalarni bir-biriga yaqin joylashtirish - bir shaharga yoki yonma-yon turgan shaharchalarga qurish oqibatida sanoat tugunlari vujudga keladi.
 Sanoat tuguni tarkibidagi korxonalar yagona transport tarmoqlaridan, energiya va suv manbalaridan birgalikda foydalanadi (ba'zan xomashyo boyliklari ham umumiy bo'ladi), ishchi kuchlarini ishlab chiqarishga to'laroq jalb qiladi. Bularning hammasi mehnat unumdorligini oshirishga, mablag'larni tejashga, korxonalar egallaydigan maydonni qisqartirishga olib keladi. Sanoat tugunlari - sanoat korxonalarini joylashtirishning eng maqbul shakllaridan hisoblanadi. 
 Sanoat tugunlari, markazlari va punktlari to'plangan hududlar sanoat rayonlari deyiladi. Ularning katta-kichikligi har xil bo'ladi. Angren-Olmaliq, Toshkent-Yangiyo'l, ayniqsa, katta sanoat rayonlaridir. Demak, korxonalari oz sonli bo'lgan shaharcha sanoat punkti hisoblanadi. Bir qancha korxonalari bo'lsa-yu, ammo ishlab chiqarish jarayoni bog'lanmagan, suv va energiya ta'minoti umumiy bo'lmagan shahar sanoat markazi deyiladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.