O‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi nimani o‘rganadi? 

1940

 Siz endi oldingi sinflarda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma’lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir. Ana shu bilimlarni o‘rganadigan fan iqtisodiy va ijtimoiy geografiya deb yuritiladi. U aholi faoliyatining hududiy tashkil etilishi bilan bog‘liq iqtisodiy va ijtimoiy masalalami muayyan mamlakat bo‘yicha ham, butun jahon miqyosida ham o‘rganadi. Siz quyidagi sahifalar orqali jonajon Vatanimiz - О‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganasiz.
 Darhaqiqat, zavod, fabrika, firma, shifo maskani, ta’lim muassasasi yoki maishiy xizmat korxonalari puxta o‘ylanmasdan duch kelgan joyda barpo qilinsa, kishilarni sarsongarchilikka, mehnat va mablag‘ni behuda sarflashga majbur qiladi. Oxir-oqibatda bu ijtimoiy mehnat unumdorligining oshishiga’salbiy ta’sir etadi.
 Ijtimoiy mehnat unumdorligi - moddiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan har bir ishlovchi hisobiga hosil qilingan milliy daromad miqdori.
 Mehnat unumdorligi ishlab chiqarishning mashinalar, malakali ishchilar, elektr energiya, tabiiy boyliklar bilan ta’minlanganiga, korxona va aholi punktlarining kishilarga qulay hamda tabiiy muhit toptalmaydigan joyda barpo etilganiga, mehnatkashlaming yashash sharoitlari, dam olishi hamda ularga madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatilishiga ham bog‘liq.
  Agar xomashyo, yoqilg‘i, energiya manbalari va ishchilar o‘zaro yonma-yon joylashsa, ishlab chiqarishda yuqori samaradorlik ta’minlanadi. Biroq bunday qulay joylashish kamdan kam uchraydi. Ba’zi joylarda xomashyo yetishmasa, boshqa joyda yoqilg‘i, energiya tanqisligi kuzatiladi. Ana shuning uchun ham mamlakatni rivojlantirishning milliy dasturlarida aholini, ishlab chiqarishni joylashtirish hamda tabiat boyliklaridan foydalanish masalalarini hududiy yaxlit tashkil etishga alohida e’tibor beriladi.
  O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi mamlakatimiz mil­liy iqtisodiyotini aholi va tabiiy sharoit bilan o‘zaro aloqador holda o‘rganib, uni hududiy tashkil etishning umumiy tamoyillarini ilmiy jihatdan asoslaydi.
  Bu fan xulosalari uchun asos bo‘lgan ma’lumotlar—daliliy ashyolar zamon bilan hamnafas o‘zgarib boradi. Darslikda keltirilgan raqamli ma’lumotlar, rasm, xarita-sxemalardagi ma’lumotlar va, hatto, joy nomlari ham ertaga bugungidan farqlanishi mumkin. Iqtisodiy va ijtimoiy geografiyaga xos bu jihat kundalik voqea va hodisalardan muntazam xabardor bo‘lib turishni taqozo etadi.
  Yurtimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tishdek murakkab va keng qamrovli jarayon kechmoqda. Bunday paytda mamlakatda, har bir shahar yoki qishloqda muayyan muammolar vujudga kelishi tabiiy. Darslik sizni shunday muammolar bilan tanishtiradi hamda ulaming yechimini topishga o‘rgatadi.
  Xalqimiz taraqqiyot yo‘lida matonat ko‘rsatib mehnat qilmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlashda, ayniqsa, siz yoshlar faollik ko‘rsatishingiz va kelgusidagi faoliyatingiz unumdor bo‘lishi zarur. Zero, mehnat unumdorligi bozor munosabatlariga o‘tishda eng muhim va eng asosiy omil hisoblanadi. 0‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini o‘rganish bu vazifaning muhimligini tushunishga, demakkim, o‘z fuqarolik burchingizni bajarish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishingizga yordam beradi.
  Siz 5-7-sinf tabiiy geografiya darslarida turli tabiiy geografik xaritalar bilan ishladingiz. Endi 8-sinfda aholi va iqtisodiyotga oid bilimlami o‘rganishda iqtiso­diy geografik xaritalardan foydalanasiz. Bu xaritalarda shaharlar, foydali qazilma konlari, sanoat markazlari, qishloq xo‘jaligi va aloqa yo‘llarining hududiy joylashuvi ko‘rsatiladi. Ulami xaritalarda tasvirlash uchun nuqtalar, kartodiagramma, kartogramma kabi o‘ziga xos usullardan ham foydalaniladi.
  Siz ushbu darslik va veb-saytda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti bilan tanishibgina qolmasdan, geografik mazmundagi turli adabiyotlardan, birlamchi manbalardan foydalanishga imkon beruvchi ko‘nikma va malakalar bilan ham qurollantiradi. Siz darslik va veb-saytdan iqtisodiy geografik obyekt, hodisa va jarayonlami tasvirlash, bayon etish usullarini ham o‘rganib olasiz.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash