Solijon Sharipov 

4 962

 Koinotni zabt etgan o`zbek o`g`loni

  O`zbek fazogiri Solijon Sharipov ilk parvozida koinotni mo`jiza deya ta`riflagan edi. Solijon Sharipov 1964-yilda Qirg`izistonning O`sh viloyati, O`zgan shahrida o`zbek oilasida dunyoga kelgan. 1987-yilda aviatsiya bilim yurtini tugatib, murabbiy uchuvchi bo`lib ishlagan. 1994-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan. Kosmosga ilk parvozi 1998-yil 23-yanvardan 31-yanvargacha davom etgan. 2004-yilda esa kosmosga ikkinchi marta parvoz qilgan.
  Fazogir do`stlari bilan Shimoliy qutb safarida bo`lgan Solijon Sharipov O`zbekiston bayrog`ini u yerga o`rnatdi. U o`z intervyularida O`zbekiston bayrog`ini o`rnatish shaxsiy tashabbusi ekanligini aytib o`tadi.
Kosmonavt Rossiya Federatsiyasi va Qirg`iziston qahramoni hisoblanadi hamda O`zbekiston Respublikasining "Buyuk xizmatlari uchun” va "Amir Temur” ordenlari bilan taqdirlangan.


 



 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.