Sloveniya 

5 803

   Rasmiy nomi- Sloveniya Respublikasi. Poy­taxti — Lyublyana. Hududi — 20,3 ming km.kv. Aholisi — 2 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — sloven. Dini katoliklar (96%), pravoslavlar (1 %), musulmonlar (1 % ). Pul birligi — tolar.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Bolqon yarimorolining shimoliy qismida, Yevropaning janubi sharqida joylashgan davlat. Janubda va janubi sharq­da — Xorvatiya, g‘arbda — Italiya, shimolda — Avstriya, shimoli sharqda — Vengriya bilan chegara­dosh. G’arbiy sohillari Adriatika dengizi bilan tutash- gan. Mamlakat g’arbida Yuliy Alplari viloyati joylash­gan. Sharqda tog‘lar, daryo vodiylari bilan almashinib turadi. Mamlakat markazida baland bo‘lmagan togiar ustunlik qiladi. Mamlakatning eng baland nuqtasi Triglav (2863 m) tog‘idir. Asosiy daryolari: Drava va Sova. Karet ko‘llari va tog‘ muzliklari uchrab turadi.
   Iqlimi-mo‘tadil kontinental.
  Foydali qazilmalaridan: qo‘ngir ko‘mir, qo‘rg‘oshin, rux, simob, uran va kumush mavjud. Mamlakat hududining 50%ini o‘rmonlar egallagan. Eman, archa kabi daraxtlar keng tarqalgan. Hayvonlardan ayiq, qobon, silovsin, kiyik va ohularni uchratish mumkin.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni ikki palatali parlament amalga oshiradi, u Davlat Kengashi hamda Davlat yig‘inidan tashkil topgan. Ma’muriy jihatdan mamlakat 60 ta provinsiyaga bo‘lingan. Yirik siyosiy partiyalari: Xristian-demokratlar partiyasi, Liberal demokratik partiyasi, Sotsial demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Sloveniya milliy partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Sloveniya — industrial-agrar davlat. Uning iqtisodi sanoat ishlab chiqarishga asoslangan. Ko’mir, qo’rg’oshin, rux rudalari qazib olinadi va qayta ishlanadi. Poytaxt Lyublyanada va Yesenitse shahrida og‘ir sanoat korxonalari joylashtirilgan. Ammo sanoat tarmoqlari asosini mashinasozlik, kimyo, yengil sanoat tashkil etadi. Metallurgiya, yog’ochni qayta ishlash, teriga ishlov berish, sport mollari ishlab chiqarish, to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish yaxshi taraqqiy etgan. Bu mahsulotlar tashqi bozorga chiqariladi. Yangi sanoat tarmoqlari elektron uskunasozlik, kimyo va farmakologiya sanoati, transport mashinasozligi kabilardan iborat. Poligrafiya sohasini alohida qayd etib o’tish zarur. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishining 40%ini o‘simliklar o‘stirish, 55% ini chorvachilik, 5%ini uzumchilik va mevachilik tashkil etadi. Yaylov chorvachiligi Alp va Subalp viloyatlari hamda Karetda keng tarqalgan. 0‘rmonchilik iqtisodning favqulodda muhim sohalaridan bo‘lib qolmoqda. Hukumat keyingi yillarda turizm sohasidagi xususiy tadbirkorlikni rag’batlantirmoqda. Turizmdan kelib tushadigan daromadlar asosiy valuta tushumlari manbalaridan biridir. 2012-yil YIM miqdori 47,4 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 29,7 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Italiya, Fransiya, Xorvatiya, Avstriya.
   Asosiy portlari: Koper, Piran.
  Tarixi. М. a. I asrda bu yerlar Rim imperiyasi tarkibiga kirgan. Sloveniya hududiga slavyanlar VI asrda kirib kelishgan. M. a. 628-258-yillarda bu hududlar Samo davlati, keyinchalik Karantaniya tarkibiga kirgan. XI-XIII asrlarda Sloveniya hududida bir qator feodal knyazliklar-Shtiriya, Krayna va boshqalar vujudga keldi. XVI asr boshlaridan mamlakatning deyarli butun hududi Avstriya Gabsburglari tomonidan bosib olingan edi. 1809-1813-yillarda Illiriya provinsiyalari sifatida Napoleon davlati tarkibiga kirgan. XIX asrning 70- yillarida madaniy va milliy avtonomiya shiorlari ostidagi milliy-ozodlik harakatlari kuchayib bordi. 1918-yili Sloveniya Serblar, Xorvatlar va Slovenlar qirolligi tar­kibiga qo‘shildi (1929-yildan Yugoslaviya davlati nomini oldi). 1941 -yilda Yugoslaviya Germaniya, Italiya, Vengriya qo‘shinlari tomonidan ishg‘ol qilindi. Nemis bosqinchilariga qarshi kurashga Yugoslaviya Xalq ozodlik armiyasi otlandi. II jahon urushidan so‘ng Sloveniya Yugoslaviya federatsiyasi tarkibiga kirdi. Italiya bilan imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra slovenlar ko‘pchilikni tashkil qilgan hududlarning barchasi Yugoslaviya tasarrufiga topshirildi. Yugoslaviya tarkibida Sloveniya keng madaniy va iqtisodiy avtonomiyaga ega bo‘ldi. 1980-yillarning oxirlarida Sloveniya siyosiy rahbariyati ko‘ppartiyaviylik asosidagi saylovlarni o’tkazishga qaror qildi. 1990-yil aprelda Yugoslaviyada birinchi bor ko‘ppartiyaviylik asosida demokratik saylovlar o’tkazildi.    1991-yil 21-avgustda Sloveniya mustaqillik to‘g‘risidagi deklaratsiyani qabul qildi. 1991-yil oktabrida to’la mustaqil davlatga aylandi. Sloveniya 1992-yil may oyida BMTga a’zo bo‘ldi.
  Slovakiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi bilan 1993-yilda diplomatiya munosabati o‘rnatdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.