Tojikiston Respublikasi 

13 840

  Markaziy Osiyoda joylashgan davlat. Sharqda-Xitoy, shimolda - Qirg'iziston, g'arbda-O'zbekiston, janubda-Afg'oniston bilan chegaradosh, dengizga chiqish imkoniyati yo'q. Davlat tuzumi - Respublika. Davlat boshlig'i - Prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat - parlament (Oliy Kengash).
  Aholisining soni 2013-yil iyul oyida 7,9 mln. kishini tashkil etdi. Din nuqtayi nazaridan islomga mansublar 90 %, xristianlar 5 % va boshqalar 5 % ni tashkil etadi.
  Davlat tili - tojik va rus tili, aholini 64 % ini tojiklar, 21 % ini o'zbeklar. 10% ini ruslar tashkil etadi. Boshqa millat vakillaridan tatarlar, qirg`izlar, nemislar, ukrainlar, yahudiylar va boshqalar istiqomat qiladilar. 14 yoshgacha bo`lganlar 42 %, 15-64 yoshgacha bo'lgan aholi 55% ni tashkil etadi. Aholi zichligi 1 km.kv yerga 55 kishidan to'g'ri keladi. Shahar aholisi 26,4% ga teng. Tabiiy o'sish - har ming kishiga 22 kishi. O'rtacha umr davomiyligi 68 yoshga teng. Tojikiston - BMT ga a’zo.
  Tojikiston Respublikasi milliy mustaqilligini 1991-yil 9-sentyabrda e`lon qildi.
  Tabiiy resurslardan rangli metallar va gidroenergetika resurslariga ancha boy.
  Mamlakatda qo`rg`oshin, vismut, rux, molibden, oltin, qo'ng'ir ko'mir va qisman tabiiy gaz qazib olinadi. Yirik aluminiy zavodi mavjud. Mashinasozlikda qishloq xo'jalik mashinalari, sovutgichlar, transformatorlar, kabel, turli texnika mahsulotlari, elektr asbob-uskunalar, ishlab chiqariladi.
 Xo'jaligi agrar xarakterga ega. Qishloq xo'jaligida dehqonchilikning paxtachilik, donchilik, bog'dorchilik tarmoqlari ahamiyatli. Sanoatida gidroenergetika, alyuminiy, yengil va oziq-ovqat sanoatlari yetakchilik qiladi.
   Asosiy shaharlari: Dusnanbe, Xo'jand, Qo'rg`ontepa, O'ratepa.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.