Pokiston Federativ Islom Respublikasi 

6 936

  Pokiston Federativ Islom Respublikasi Eron, Afg'oniston va Hindiston davlatlari bilan chegaradosh, janubidan esa Arabiston dengiziga tutashdir. Ma’muriy-hududiy tuzilishi - Federativ Respublika. Oliy qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament (Milliy Assambleya va Senat). Davlat boshlig‘i — Prezident.
  Relyefi janubdan shimolga va shimoli-sharqqa tomon ko'tarilib boradi. Iqlimi subtropik va tropik xususiyatli.
  Pokiston industrial-agrar yo`nalishga asoslangan ko'p tartibli xo'jalikka ega mamlakat. Uning tarkibi Panjob, Sind, Shimoli-g`arbiy chegara oldi, Belujiston provinsiyalari hamda Islomobod joylashgan federal poytaxt hududidan iborat.
  Pokiston ham tog‘lar va tekislik mamlakati. Shimoliy hududlarda Hindiston Qoraqurum va Himolay tog' tizimlari uchrashadi. Himolay tog`larining chekka g'arbiy qanotida 2005-yilning oktabr oyida dahshatli zilzila yuz berdi. U 40 mingdan ortiq kishining halok bo'lishiga, 100 ming kishi jarohatlanishiga, salkam 3 mln. kishi esa boshpanasiz qolishiga sabab bo'ldi. Mamlakat aholisining soni 2013-yilning iyul oyida 193,2 mln. kishini tashkil etdi. Bu ko`rsatkich bo`yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan keyin dunyoda 6-o'rinni egallaydi. Aholisining o'rtacha zichligi 243 kishiga teng. Tug'ilish koeffitsiyenti 32-34 promilleni, o'lim koeffitsiyenti esa 16 promilleni tashkil etadi. Aholi sonining 42% i  0-14 yoshidagilarga, 4% i esa 65 va undan katta yoshdagilar hissasiga to'g'ri keladi. O'rtacha umr davri 65 yosh. Urbanizatsiya darajasi 36,2% ga teng. Mamlakatda Karachi, Ravalpindi, Islomobod, Peshovar kabi yirik katta va o'rta shaharlar mavjud.
  Pokiston ko‘p millatli mamlakat. Asosiy millat qatoriga panjobliklar, sindlar, pushtunlar va belujlar kiradi. Aholining 98% islom diniga e’tiqod qiladi, ularning 60% i sunniylar va 40% i shialardan iborat.
  Sanoat iqtisodiyotning yetakchi tarmog'i. YIM ning 27% i sanoatga, 20% i qishloq xo`jaligiga, 54% i xizmat ko`rsatish sohasiga to`g`ri keladi (2012-y.). Jami band aholining 40% dan ortiq qismi qishloq xo`jaligiga to`g`ri keladi. Asosiy tarmog`i dehqonchilik bo`lib, bug`doy, sholi, shakarqamish, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. "Yashil inqilob” oqibatida o`zining donga bo`lgan talabini to`liq qondirmoqda. 
  Sanoatining yetakchi tarmog`i yengil sanoat. Unda sanoatda band aholining qariyb 40%i mehnat qiladi. To`qimachilik sanoati eksportbop mahsulot ishlab chiqaradi. Undan tashqari, metallurgiya, mashinasozlik, kimyo, oziq-ovqat, charm sanoati korxonalari ham faoliyat ko`rsatmoqda. Hunarmandchilik va kosibchilik rivojlangan. Tabiiy gaz, neft, ko`mir, xromitlar va boshqa turdagi qazilma borliklar qazib olinmoqda. Mamlakat rivojlangan transport infratuzilmasiga ega. Temiryo`l, avtomobil hamda dengiz transporti yaxshi rivojlangan.
  Valyuta tushumlarining 2/3 qismi sholi va paxtaga to`g`ri keladi, 25% ini esa to`qimachilik sanoati ta`minlaydi. Import tarkibida mashina va uskunalar, neft va neft mahsulotlari, mineral o`g`itlar va oziq-ovqat mahsulotlari ajralib turadi. O`zbekiston bilan eksport-import aylanmasi mavjud.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.