Jahon mamlakatlarining davlat tuzimi va boshqaruv shakllari
Har qanday mamlakatlarining davlat tuzumi
va uni idora qilish shakli bilan ajralib turadi. Idora qilishning ikki asosiy – respublika va monarxiya shakllari
keng tarqalgan. Respublika shakli qadimdan ma`lum (Qadimgi Rim) bo`lsa ham,
uning keng tarqalishi XX asrning ikkinchi yarmiga to`g`ri keladi.
2013-yilda jahonda 149 ta respublika
mavjudligi qayd etilgan. Davlat boshqaruvining shakli oliy davlat
hokimiyatining tuzilishini ko`rsatadi, ya`ni u qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi
va sud organlari o`rtasida davlatni boshqaruv jarayonida kelib chiquvchi
aloqalarni anglatadi.
Jumladan, Prezidentlik Respublikalarida
hokimiyatning asosiy vakolatlari Prezident qo`lida top`langan bo`ladi (u davlat
va hukumat boshlig`i, oliy bosh qo`mondon va hokazo). Prezidentlik
Respublikalarining turli xil variantlari AQSH, Fransiya, Braziliya, Indoneziya,
Chexiya, Rossiya, Qozog`iston, O`zbekiston kabi mamlakatlarda o`zining
ifodasini topgan.
Parlamentlik Respublikalarda hokimiyatning
asosiy vakolatlari parlament qo`lida bo`ladi. Bunday davlatlarda president funksiyalari
birmuncha cheklangan bo`ladi. Germaniya, Avstriya, Shveysariya, Italiya,
Gretsiya, Isroil, Turkiya, Hindiston va boshqalar ana shunday davlatlar
sirasiga kiradi.
Davlat boshqaruvining monarxiya shaklida
jamiyatdagi turli xil diniy ijtimoiy-siyosiy funksiyalari o`zining amaliy
ifodasini topadi. Shundaylar qatoriga teokratik monarxiya ham koradi. Bunda
monarx hokimiyat vazifalaridan tashqari bir vaqtning o`zida diniy rahbar
vazifasini ham bajaradi.
Hozirgi vaqtda dunyoda 45 ta monarxiya
faoliyat ko`rsatmoqda. Ularning ichida aksariyat ko`pchiligi konstitutsion
monarxiyadan iborat. Bunday monarxiyalarning soni, ayniqsa, Yevropada ko`p.
Konstitutsion monarxiyalarning soni Osiyoda 9 ga, Afrikada 3 ga, Amerikada 9 ga
teng (asosan, Karib dengizi havzasida). Mutlaq monarxiyaning umumiy soni 4
tadan iborat, ularning barchasi Osiyoda joylashgan. Jahonda mutlaq teokratik
monarxiya 2 ta bo`lib, ularning birinchisi islom diniga (Makka-Madina),
ikkinchisi xristian diniga (Vatikan) tegishli.
Har qanday mamlakatning ma`muriy-hududiy
tizimi davlat tuzilishining ajralmas xususiyati hisoblanadi (yoki davlat
tuzilishining shakli). Mazkur belgiga binoan jahonda juda ko`p mamlakatlar unitary
davlatlardan tashkil topgan. Bunday davlatlarda boshqaruv markazlashgan holda amalga oshiriladi.
Davlat tuzilishining birmuncha yosh shakli –
bu federatsiya yoki federativ davlatdir. U federatsiya subyektlari (shtatlar,
provinsiyalar, respublikalar va b.) dan tashkil topadi. Federativ davlatlarning
soni XXI asr arafasida 27 ta, shu jumladan Yevropada 8 ta, Osiyoda 5 ta,
Afrikada 5 ta, Amerikada 7 ta hamda Avstraliya va Okeaniyada 2 tadan iborat
bo`ldi. Federativ davlatlarni barpo etishda ularning tarixiy rivojllanganlik
xususiyatlari (AQSH, GFR, BAA va b.), hududining benihoya kattaligi (Kanada,
Avstraliya, Braziliya) yoki hududining sochilib ketganligi (Mikroneziya
Federativ shtatlari, Komor orollari Respublikasi va b.) yoxud aholisining ko`p
millatliligi (Hindiston, Nigeriya, JAR va b.) va boshqa sabablar hisobga
olingan.
Iqtisodiy rivojlangan davlatlarda
ma`muriy-hududiy tuzilmaga (MHT) murakkablik va ko`p pog`onalik xosdir. MHTda,
odatda, uch pog`ona ajratiladi. Ayrim hollarda u juda ko`p pog`onalarga ega
bo`ladi. Jumladan, Fransiyada 26 ta rayon, 100 ta department va 36,5 mingta komunna
mavjud. AQSHda 50 ta shtat 30 mingdan ortiq grafiklikni birlashtiradi.
Grafiklar, o`z navbatida, taunshiplar va munitsipalitetlarga bo`linadi.
Bulardan tashqari, yana bir necha mingta maxsus okruglar ham mavjud.
O`zbekistonda ma`muriy-hududiy tuzilmaning
respublika, viloyat, tuman hamda fuqarolar yig`inlari bo`laklari tashkil
etilgan.
Bilib
qo`ygan yaxshi!
Unitar
davlat – lotincha unitas so`zidan olingan bo`lib, birlik, yagona degan ma`noni
anglatadi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat mavjud ma`muriy-hududiy
tuzum shakliga ega bo`lgan mamlakatdir.
Federativ
davlat – lotincha foederatio so`zidan olingan bo`lib, ittifoq, birlashma,
yagona degan ma`noni anglatadi. Federal qonunlar va hokimiyat organlari bilan
bir qatorda, o`zining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari mavjud
ma`muriy-hududiy tuzum shakliga ega bo`lgan mamlakatdir.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.