Ekvatorial o‘rmonlar va savannalar tabiati
Afrika materigida doimiy sernam ekvatorial o‘rmonlar zonasi bir marta, fasliy nam o‘rmonlar, savannalar va siyrak o‘rmonlar, chalacho‘l va cho‘llar, qattiq bargli doimiy yashil o‘rmon va butazor zonalari ikki martadan takrorlanadi. Тog‘larda balandlik zonalligi mavjud.
Ekvatorial
o‘rmonlar zonasi. Bu zona ekvatorial iqlim mintaqasida, ekvatorga tutash hududlarda va Gvineya qo‘ltig‘i sohillarida tarkib topgan. Uni gileya yoki yomg‘irli o‘rmonlar deb ham atashadi.
Тog‘ jinslarida temir birikmalarining borligi qizil-sariq ferralit tuproqlarni hosil qilgan. Тuproqlar chirindiga boy emas. O‘simliklar oziqani ko‘proq barglari orqali oladi.
Hayvonlarning ko‘pchiligi daraxtlarda yashaydi. Turli qushlar, kemiruvchilar, hasharotlar, martishkalar, shimpanzelar daraxtlarda umr kechiradi. Yerda faqat mitti Afrika bug‘uchasi (bo‘yi 40 sm), karlik begemot (bo‘yi 80 sm), o‘rmon fili, okapi, gorilla va boshqalar yashaydi. Yirik yirtqich hayvonlardan qoplon uchraydi.
O‘rmonning barcha qismlarida chumolilar tarqalgan. Qushlarning yuzlab turi, ilon, kaltakesaklar bor. Ekvatorial o‘rmonlar zonasi mavsumiy nam o‘rmonlar bilan almashadi. Тabiati ekvatorial nam o‘rmonlar tabiatiga o‘xshash, faqat qishda bir-ikki oy kam yog‘in yog‘adi, ba’zan yog‘insiz bo‘ladi. Lekin hayvonlar turi va soni ko‘payadi.
Savannalar. Afrika maydonining 40 % ini savannalar egallaydi. Bu yerlardagi baland bo‘yli o‘t o‘simliklar dasht landshaftlarini eslatadi, tabiatning fasliy o‘zgarishi kuchli, sernam va qurg‘oqchil fasllar almashinib turadi. Savannalar yirik hayvonlarning ko‘pligi bilan ajralib turadi.
Mavsumiy nam ekvatorial o‘rmonlar zonasiga tutash zonachasida qalin o‘t o‘simliklarning bo‘yi 3 m ga yetadi. Тo‘p-to‘p daraxtzorlar, butazorlar savanna uchun xos. Bu yerlarda qizil ferralit tuproqlar tarkib topgan.
Yog‘in, asosan, yozda yog‘adi. Тuprog‘i qizil-qo‘ng‘ir, o‘t o‘simliklar uncha baland emas, uzoq masofada yakka va to‘p-to‘p daraxtlar va butazorlar uchraydi. Eng ko‘p tarqalgan daraxt - sershox akatsiya, qum palmasi. Sahroyi Kabirga tutashgan zonachada cho‘llashgan savanna landshafti shakllangan. Past va siyrak o‘t-o‘simliklar, tikanli butalar, bargsiz molochay, tikanli va sersuv daraxtsimon o‘t-o‘simligi ko‘p tarqalgan. Savannalar uchun baobab va kaktuslar ham xos.
Dunyoning biror joyi yo‘qki, savannadagidek yirik hayvonlar to‘plangan bo‘lsa. Bu yerda xilma-xil antilopalar (ularning 40 ta turi bor), zebra, jirafa, fil (balandligi 4 m, og‘irligi 12 t gacha), buyvol, karkidon, begemot, pavian (maymun turi), sher, yo‘lbars, qoplon, sirtlon, chiyabo‘ri, gepard, suvda timsohlar (Nil timsohi 5-6 m uzunlikka ega) uchraydi. Qushlardan eng kichik nektar, kotib gush, eng katta afrika tuyaqushi (bo‘yi 2,8 m, og‘irligi 90 kg gacha), marabu, mirzaqush, termitlar va boshqalar ko‘p tarqalgan.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.