Transport geografiyasi 

15 368

  Transport yo'lovchilarni va yuklarni tashish bilan mamlakat bo'ylab ham, jahon bo'ylab ham geografik mehnat taqsimotining chuqurlashuviga imkon yaratadi. U mamlakatlararo iqtisodiy, madaniy aloqalarning yuksalishida muhim rol o'ynaydi. 
 Yurtimiz jahon sivilizatsiyasining qadimiy davlatlaridan bo`lganini tarix darslaridan yaxshi bilamiz. Bunda o`sha vaqtda Yevropa bilan Osiyoni bog`lab turuvchi – Buyuk Ipak yo`li aynan bizning mamlakat hududidan o`tganligi alohida o`rin tutadi. 
 O`zbekiston quruqlik (temiryo'l, avtomobil transporti), suv (daryo), havo, quvur (neft va tabiiy gaz tashish) va elektron (elektr uzatish liniyalari) transportiga ega. 
 Yuk va yo'lovchi tashishda muayyan manzilga borgunicha transportning ikki, uch va, hatto, to'rt turidan foydalanishga to'g'ri keladi. Aytaylik, uzoq qishloqdan shahar, viloyat markaziga bormoqchi bo'lsak, uydan avtomobil bekatigacha ot-ulovda, so'ng temiryo'l vokzali yoki aeroportgacha avtomobilda va, nihoyat, poyezd yoki samolyotda ko'zlangan manzilga yetamiz. O'zbekistonda hozirgi zamon transportining (suv transportidan bo'lak) barcha turlaridan keng ko'lamda foydalanilmoqda. 
  Barcha transport turlari xizmat ko'rsatish jarayonining o'zaro aloqadorligi asosida transport majmuasini tashkil etadi. Har bir transport turiga mos yuk ortish-tushirish maydoni, harakat yo'nalishi, vokzal, aerodrom, stansiya, bekat hamda aloqa vositalari bo'ladi. 
 Temiryo'l, avtomobil yo'li qurishga ko'plab mablag' va vaqt kerak bo'ladi. Quvur transportiga esa minglab tonna quvur sarflanadi. Ammo suv, havo transporti yo'nalishi (trassa) ni oz mablag' evaziga yo'lga qo'yiladi. 
  Transport turlari ishchi kuchini band qilishi bo'yicha ham keskin farqlanadi. Yuk quvur, suv, temiryo'l transportlarida tashilganida sarf-xarajati avtomobil yoki havo transportida tashilgan yuk sarf-xarajatidan ancha kam bo'ladi. Neft yoki yog'och ortilgan ko'plab vagonlarni bitta lokomotiv tortib borayotganini kuzatgandirsiz? Yuzlab vagon tirkalgan o'sha poyezdni 2-3 kishigina boshqaradi. Holbuki, 125 tonna yuk ko'taradigan bitta eng katta avtomobilni ham shuncha kishi boshqaradi. Katta hajmli 100 minglab tonna yuklarni suv transporti (tanker)da tashilganda esa yo'l xarajati yana ham arzon tushadi. 
  Suv transporti boshqa transportlardan sekin harakatlansada, olis masofani to'xtovsiz bosib o'tadi. Shu sababli tezligi katta ammo, stansiyalarda to'xtab-to'xtab harakatlanadigan poyezd bilan raqobatlasha oladi. Yukni temiryo'l va suv transportida bevosita egasiga yetkazish imkoniyati ancha cheklangan. Avtomobilda esa istalgan joyga yetkazib bersa bo'ladi. 
  Transportning ishi uning yuk tashish hajmiga qarab belgilanadi. Yuk tashish hajmi ma'lum vaqtda ma'lum masofaga tashilgan yuk miqdoridir. U tonna, kilometrda ifodalanadi. 
  Transport turlari qanday yuk tashishiga, harakat tezligiga, shuningdek, qancha yuk ko`tara olishiga ko`ra guruhlanadi. 
  Transport sanoat bilan qishloq xo`jaligining ishlab chiqarish aloqalarini, turli hududlar o`rtasidagi mahsulot almashinishini hamda tashqi savdoni ta`minlaydi. Angi hududlarni o`zlashtirishda daf`atan transport yo`llarini o`tkaziladi. Hozirgi zamon shaharlari hayotini transportsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Transportning mudofaa ahamiyati ham juda katta. Transport iqtisodiyotning ana shunday zaruriy omili bo'lish barobarinda unga talay miqdorda elektr, yoqilg'i, metall, yog'och sarflanadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Комментарий - 1

  • Karol  karol
    Karol karol
    16:53 | ноя 19, 2018