Xizmat ko`rsatishning boshqa turlari 

10 212

  Axborotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda aloqa xizmati muhim o'rin tutadi. 
  Aloqa xizmati ikki xil bo`ladi. Pochta aloqasi turli pochta jo`natmalari (xat, banderol, posilka va hakazolar)ni qabul qilish, jo`natish va yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Pochta aloqasiga o'xshash xizmat O'rta Osiyoda bundan 2,5 ming yil burun ham bo'lgan. U davrlarda choparlar podsho farmonlarini noiblarga va qal'alardagi xabarlarni mamlakat poytaxtiga yetkazib turgan. Ikkinchisi electron aloqa bo`lib, u telefon, telegraf, radio, televideniye, electron pochta kabilarni o`z ichiga oladi. Telegraf aloqasi XIX asrning 80-yillarida temiryo'l qurilishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Dastlabki telegraf stansiyasi bundan 1 asr avval Toshkentda ishga tushgan. Respublikamizda mobil aloqa xizmati ham tez rivojlanmoqda. Endilikda unda foydalanuvchilar soni 19 milliondan oshdi. 
 1985-yilda ishga tushirilgan Toshkent teleminorasi Buyuk minoralar xalqaro federatsiyasi ro`yxatiga kiritilgan bo`lib, balandligi bo`yicha dunyoning yetakchi o`nta teleminorasi qatorida turadi. Mamlakat aholisi davlat va tijorat teleradiodasturlari va raqamli televideniye bilan ta`minlangan. Hozirda o`ndan ortiq telekanallar faoliyat ko`rsatmoqda.
  Xizmat ko'rsatish sohalari ichida matbaachilik ham muhim rol o'ynaydi. Siz o'qiyotgan darsliklar, kitoblar, jurnal va gazetalar, sinfxonangizdagi bejirim plakatlar va boshqalar matbaachilik sanoat korxonasi bo'lgan bosmaxonalarda tayyorlanadi. Dastlabki bosmaxona XV asr o`rtalarida Germaniyada tashkil qilingan bo`lsa, bizda birinchi bosmaxona XIX asr oxirlarida ishga tushgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 120 dan ortiq bosmaxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Mustaqillikdan so`ng bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Endilikda ularda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. 
  Ta'lim. Iqtisodiyotning barqaror va jadal yuksalishida inson omili hal qiluvchi ekanligini bilasiz. Ammo bunda mutaxassislarning ma'lumot darajasi, ma'naviyati yana ham muhimdir. 
  Mamlakatda 10 mingga yaqin umumta'lim maktabi, 1500 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jami 6,5 mln dan ortiq yoshlar ta'lim olmoqda. 75 dan ortiq oliy o'quv yurtlarida mamlakat iqtisodiyotiga zarur ixtisosliklar bo`yicha yiliga 40 ming atrofida oliy ma'lumotli mutaxassis tayyorlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasida tub o'zgarishlar yuz berdi. Bugungi kunda mamlakatda savodxonlik darajasi dunyodagi eng eng yuqori ko'rsatkichlardan biri 99,3 foizini tashkil etadi.
  Sog`liqni saqlash. Sog`liqni saqlash sohasi isloh etilmoqda, jumladan, birgina qishloq vrachlik punktlarining soni 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko`paydi, ularning barchasi zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangani natijasida keyingi o`n yilda mamlakatimizda onalar va bolalar o`limi koeffitsenti keskin tushdi va bu borada O`zbekiston rivojlangan. Mamlakatlar qatoridan joy oldi. 
 Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va tuzni zarur mikroelementlar bilan to`yintirish, onalar va bolalarni vitaminga boy dori-darmonlar bilan ta`minlash bo`yicha bo`yicha amalga oshirilgan cora-tadbirlar tufayli bugungi kunda bolalarimizning 92 foizi rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.