San-Tone va Prinsipi 

2 865

  Rasmiy nomi — San-Тоmе va Prinsipi Demokratik Respublikasi. Poytaxti — San-Tome. Hududi — 964 km.kv. Aholisi – 200 mingdan ortiq kishi (2012). Davlat tili — portugal. Dini — katolik. Pid birligi — dobra.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asi qirg‘oqlaridan uncha uzoq bo‘lmagan Gvineya qo‘ltig‘idagi vulqondan hosil bo‘lgan San-Tome, Prinsipi va bir qator mayda orollarda joylashgan davlat. Sohil bo’ylab chegara uzunligi — 209 km. Mamlakatning relyefi tog‘li. Mamlakatning eng baland cho’qqisi Piko de-Tome (2024 m) bo‘lib, u San-Tome orolida joylash­gan. Asosiy tabiiy boyligi — baliq. Mamlakat hududining 75% ini o‘rmon va changalzorlar egallagan. Iqlimi — ekvatorial va tropik. Orollar quyuq ekvotorial o‘rmonlar bilan qoplangan, qirg‘oq bo‘ylarida qalin mangro changalzorlari bor. Mamlakatning hayvonot dunyosi unchalik boy emas: o’rmonlarida maymunlar — gvereslar, drillar, makakalar ko‘p; qushlar ham ko‘p (kattakon bananxo‘rlar, nishli qushlar); xilma-xil kaltakesaklar, buqalamunlar, ilonlar mavjud. Dengiz faunasi boy: ko‘plab qisqichbaqasimonlar va chig‘anoqlilar bor.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. San-Tome va Prinsipi davlati o‘z mustaqilligini 1975-yilning 12-iyulida qo‘lga kiritgan (awal Portugaliyaning dengizorti mustamlakasi edi). Bu sana milliy bayram — Mustaqillik kuni sifatida nishonlanadi. Qonunchilik portugal umumiy huquqiga asos- langan. Ijroiya hokimiyati prezidentga (davlat boshlig‘i) va Bosh vazir boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonunchilik hokimiyati bir palatali parlament — Milliy Assambleya tomonidan amalga oshiriladi. Eng yirik siyosiy partiyasi — San-Tome va Prinsipini ozod qilish Harakati — Sotsial-demokratik partiyasi (MSLTP- SDP)
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi: какао eksporti umumiy eksportning 85% ini tashkil qiladi. Boshqa eksport mahsulotlari: kokos yong‘og‘i, palma mevasi, kopra. Ayni paytda San-Tome oziq-ovqat mahsulotlarining 90% ini chetdan olib keladi. Baliqchilik rivojlangan. Turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar mavjud. Asosiy savdo hamkorlari: Germaniya, Portugaliya, Gollandiya, Xitoy. Avtomobil yo`llarining umumiy uzunligi — 300 km. Portlari — Santo-Antonio, San-Tome.
 Tarixi. San-Tome va Prinsipi orollari 1471-yili portugaliyaliklar tomonidan kashf qilingan. Ular bu koloniyalarni jinoyatchilar surgun qilinadigan joyga aylantirganlar. 1951-yili Portugaliyaning dengizorti provinsiyasi (viloyat) maqomini olgan San-Tome va Prinsipi 1975-yili mustaqil davlat bo‘ldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.