Kot-D`Ivuar
Rasmiy nomi — Kot-d’Ivuar Respublikasi. Poytaxti — Yamusukro — rasmiy, amalda — Abidjan. Hududi – 322,5 ming km.kv. Aholisi – 18,4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — aholisining ko‘pchiligi mahalliy majusiylar, musulmonlar (24%), xristianlar (12%). Pul birligi — afrika franki.
Geografik joylashuvi va tabiati. G‘arbiy Afrikadagi davlat. G‘arbda Liberiya (chegara uzunligi — 716 km) va Gvineya (610 km), sharqda Gana (668 km), shimolda Burkina-Faso (584 km) va Mali (532 km) bilan chegaradosh. Janubda Gvineya qo‘ltig‘i bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 3110 km, sohil chizig‘i uzunligi — 515 km. Asosiy daryolari: Sosandra, Bandama, Komae. Yerosti boyliklari: olmos, temir rudasi, marganes, kobalt, mis, boksitlar. Iqlimi — mamlakat janubida issiq va sernam, shimolda ko‘proq quruq iqlim. O‘simlik dunyosi — janubiy rayonlar tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Bu yerda daraxtlarning taxminan 600 turi mavjud. Hayvonot dunyosi boy: fil, begemot, o‘rmon antilopalari, leopard, gepardlar yashaydi. Ilonlar, qushlar ko‘p.
Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat 26 departamentga bo‘lingan. 1960-yil 7-avgustda mustaqillikka erishgan (avval — fransuz mustamlakasi). Qonunchilik fransuz fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijro etuvchi hokimiyat prezident (davlat boshlig‘i) va premyer-ministr boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy Majlis. Asosiy siyosiy partiyalari: Kot-d’ Ivuar demokratik partiyasi (KIDP), Ivuar xalq fronti, Sotsial demokratlar ittifoqi.
Iqtisodi, transport kommunatsiyatari. Kot-d’ Ivuar — agrar mamlakat. YIMning 35%, eksportning 70% dan ortiqrog‘i qishloq xo‘jahgiga to‘g‘ri keladi. Какао yetishtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Palma yog‘i, kauchuk eksporti bo‘yicha Afrikada birinchi o‘rinda turadi. Sanoatning birmuncha rivojlan- gan tarmoqlari: to‘qimachilik, kimyo, qurilish sanoati. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, Germaniya, Niderlandiya, Nigeriya, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 660 km, avtomobil yo‘llari — 46600 km, ichki suv yo‘Uari — 980 km, asosiy portlari — Abidjan, Gran-Basam.
Tarixi. XVI asrda Kot-d’Ivuar hududlari yevropaliklardan birinchi bo‘lib portugallar tomonidan kashf etilgan. 1893-yilda fransuzlar Fil Suyagi Qirg‘og‘i (mamlakatnnig awalgi nomi)ni o‘zlarining mustamlakasi deb e’lon qildi. 1899-yil Fransuz G’arbiy Afrikasi tarkibiga kirdi. Ufue-Buani rahbarligidagi xalq ozodlik harakati natijasida 1958-yilda Fransuz Hamdo‘stligi tarkibidagi avtonomiyaga, 1960-yilda to‘liq mustaqillikka erishdi. 1990-yil mamlakatdagi bir partiyalikdan ko‘p partiyali tizimga o‘tildi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.