Gvineya
Rasmiy nomi — Gvineya Respublikasi. Poytaxti — Konakri. Hududi — 245857 km.kv. Aholisi — 10,2 mln.dan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — islom (70%). Pul birligi — gvineya franki.
Geografik joylashuvi va tabiati. G‘arbiy Afrikada joylashgan davlat. Janubda Serra-Leone va Liberiya, sharqda Kot-d’lvuar, shimolda Gvineya-Bisau, Senegal va Mali bilan chegaradosh. G‘arbda Atlantika okeaniga tutashgan. Sohilbo‘yi tekisliklarini hisobga olmaganda mamlakat hududi asosan pasttog‘lar va tepaliklardan iborat. Eng yirik daryolari: Gambiya va Bafing. Gvineyaning eng baland nuqtasi Nimba tog‘i hisoblanadi (1752 m). Mamlakat zaminida boksit, temir rudasi, oltin, olmos va uran kabi tabiiy boyliklaming zaxiralari mavjud. Gvineya hududi g‘arbiy Afrikada eng ko‘p yog‘in yog’adigan hududdir. 0‘simlik dunyosi juda xilma-xil. Bu yerda palmaning noyob navlari o‘sadi. Hayvonot dunyosi ham juda boy. Gvineya hududida Afrika tabiatiga xos bo’lgan barcha hayvonlarni uchratish mumkin.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Gvineya 1958-yilning 2-oktabrida Fransiyadan mustaqillikka erishgan. Davlat boshlig’i — prezident. 1984-yilning 3-aprelida 2-respublika e’lon qilingan. Yirik siyosiy partiyalari: Gvineya Xalq Birlashuvi, Yangilanish va Taraqqiyot Partiyasi, Gvineya Xalqi Ittifoqi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Yirik miqdordagi qazilma boyliklar zaxirasiga ega bo‘lishiga qaramasdan Gvineya dunyodagi qashshoq davlatlardan biri bo‘lib kelmoqda. Jahon boksit zaxiralarining 27% i Gvineya hududida joylashgan bo‘lib, uni ishlab chiqarish bo‘yicha Gvineya jahonda 2-o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligi baliqchilik va o‘rmonchilikni ham qo’shib hisoblaganda umumiy milliy mahsulotning 40% ini yetkazib beradi. Asosiy qishloq xo’jalik ekinlari: sholi, qahva va sitrus mevalar. Sanoat umumiy milliy mahsulotning 27% ini yetkazib beradi. Gvineyada tog‘-kon ishlari yaxshi rivojlangan. Umumiy eksport mahsulotlarining yarmidan ko‘pini boksit va aluminiy eksporti tashkil etadi.
Tarixi. Gvineya hududining bir qismi XV asrgacha Gana va Mali davlat birlashmalarining tarkibiga kirgan.XVII asr oxirlarida ko‘chmanchi fulbelaming harbiy davlati tashkil topdi. 1893-yildan Gvineya Fransiyaning mustamlakasiga aylandi. 1958-yil Gvineya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. 1966-yilda Fransiya uning mustaqilligini tan oldi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.