Senegal 

7 020

  Rasmiy nomi — Senegal Respublikasi. Poytax­ti — Dakar. Hududi – 196,7 ming km.kv. Aholisi 12,8 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — islom. Pul birligi — afrika franki.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Afrika qit’asining g‘arbiy qismida joylashgan davlat. Shimolda Mavritaniya (chegara uzunligi — 813 km), janubda Gvineya-Bisau va Gvineya (330 km), sharqda Mali (419 km) bilan chegaradosh. Mamlakatning markaziy qismida Gambiya daryosi bo‘ylab Gambiya davlati joylashgan (Gambiya bilan chegara uzunligi 740 km). G‘arbda Senegal Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Chegaralarining umumiy uzunligi — 2640 km, qirg‘oq bo‘ylab chegara uzunligi — 531 km. Mamlakat hudu­dining katta qismi pasttekisliklardan iborat. Senegalning faqatgina janubi g‘arbida balandligi 500 metrga yetadigan Futa-Jallon tepaliklari bor. Asosiy daryosi — Senegal. Mamlakat hududida fosforit va temir rudasi, marmar konlari bor. Hududining 27% i ishlov beriladigan yerlar, 20% i esa o‘tloq va yaylovlar. Iqlimi — subekvatorial, mussonli. Senegal hududi asosan savannalardan iborat. Ko‘p asrlardan buyon o’rmonli mavzelarda ekin ekish uchun olov qo‘yib yer tozalash usuli daraxtzorlarning tez yo‘qolishiga olib keldi. Faqatgina janubi g‘arbda aralash o‘rmonlar qisman saqlanib qolgan. Yashash sharoitlari o‘zgarishi tufayli yirik yowoyi hayvonlar qariyb qolmagan. Milliy bog‘larda fil, jirafa, qo‘tos va begemotlarni uchratish mumkin.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — respublika. Mamlakat tarkibida 10 ta viloyat bor. Senegal Fransiyadan mustaqillikni 1960-yili qo‘lga kiritgan. 1982-yili Senegal va Gambiya konfederatsiyasi tuzildi, lekin u 1980-yili 30-sentabrda tarqalib ketdi. Milliy bayrami — 4-aprel — Mustaqillik kuni (1960). Qonunchilik fransuz fuqarolik huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyati prezident (davlat boshlig’i) va Bosh vazir (Vazirlar Kengashi boshlig‘i) qo‘lida. Qonunchilik hokimiyatini bir palatali parlament — Milliy Kengash amalga oshiradi. 0‘n sakkizta siyosiy partiyalaridan eng yiriklari: Senegal Sotsialistik partiyasi (SSP), Senegal demokratik partiyasi (SDP), Senegal mustaqillik va mehnat partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyatari. Iqtisodiyotining asosiy sohasi — baliqchilik. Ishlab chiqarish baliqni qayta ishlash va qishloq xo‘jalik mahsulotlari, neftni tozalash va fosforit qazib chiqarish bilan cheklangan. Qishloq xo‘jaligida (baliqchilik bilan birga YIM — 20%) mehnatga layoqatli aholining 75%i band. Asosiy qishloq xo‘jalik mahsulotlari — yeryong’oq (ekin maydonlarining 40% ga yaqini mamlakat eksporti uchun juda muhim bo‘lgan ana shu ekinni yetishtirish uchun foydalaniladi), makkajo‘xori, tariq, sorgo, sholi, paxta. So‘nggi yillarda turizm tez rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: YI mamlakatlari (asosan Fransiya), Mali, Kot-d’ Ivuar, Nigeriya, Jazoir. Temiryo`llarining umumiy uzunligi — 1034 km, avtomobil yo‘llari — 14700 km ( qattiq qoplamali yo‘llari — 3777 km), ichki suv yo‘llari — 897 km. Mamlakatning asosiy portlari: Dakar, Kaolak.
  Tarixi. IX asrda tukuler qabilalari yashaydigan hozirgi Senegal hududida Tekrur qirolligi shakllangan bo‘lib, XIV asrda undan Serer va Uolof qirolliklari ajralib chiqqan. XVI asrda hozirgi Senegal hududidagi davlatlar Mali imperiyasi tarkibiga kiradi. XV asrdan boshlab mamlakat portugal dengizchilari tomonidan tadqiq etildi, biroq mamlakatni mustamlakaga aylantirish XVII asrning boshlarida fransuzlar tomonidan boshlandi. Inglizlar ikki marta — 1758-1779-yillari va 1807-1817-yillarida fransuzlarni Senegaldan quvib chiqarishdi, lekin 1854-yili Buyuk Britaniya bilan raqobatda Fransiya yengib chiqdi. 1895-yili esa Senegal fransuz mustamlakasi deb e’lon qilindi. Dakar Fransuz g’arbiy Afrikasi poytaxti bo‘lib qoldi. 1958-yili Fransuz hamjamiyati tarkibida o‘zini o‘zi boshqarish huquqini qo‘lga kiritgan bu mamlakat 1959-yili Mustaqil Mali federatsiyasi tarkibiga kirdi, lekin 1960-yili federatsiyadan chiqdi va mustaqil davlat deb e’lon qilindi. 1963-yili mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi. Unga binoan Senegal prezidentlik respublikasi deb e’lon qilindi. 1982-yili Senegal Gambiya bilan Senegambiya federatsiyasiga birlashdi. Biroq mavritan va Senegal jamoalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklar 1989-yili federatsiyaning tarqalib ketishiga olib keldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.