Beliz 

3 772

  Rasmiy nomi — Beliz. Poytaxti — Belmopan. Hududi – 23 ming km.kv. Aholisi – 300 mingdan ortiq(2012). Davlat tili — ingliz. Dini — katoliklar (60%), protestantlar ( 35%). Pul birligi — Beliz dollari.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Beliz Markaziy Amerikaning shimoli sharqida joylashgan davlat. Shimoli g’arbda — Meksika, g’arbda va janubda Gvatemala bilan chegaradosh. Sharqda Karib dengizi bilan tutash. Beliz hududining katta qismini zaxkash pasttekisliklar egallagan, janubi g‘arbida Mayya tog‘lari joylashgan. Eng yuqori nuqtasi — Viktoriya cho’qqisi (1122 m). Iqlimi — passatli, tropik. Asosiy daryolari — Beliz, Rio-Onda. Tabiiy resurslardan faqat yog‘och va baliqni ko‘rsatish mumkin. TogMar va tepaliklar tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Cho‘l-biyobonlar ham uchraydi. Hayvonot dunyosi turli xil yaguar, bug‘u, tapirlar, qushlarning ko’p miqdordagi turlaridan iborat.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Beliz davlati Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo‘stlik tarkibiga kiradi. Davlat boshlig‘i — Britaniya monarxi. Hukumat boshlig‘i — premyer-ministr. Qonun chiqaruvchi hokimiyat ikki palatali (Senat va Vakillar palatasi) Milliy Kengash. Davlat hududiy jihatdan 6 ta ma’muriy okrugga bo‘linadi. Yirik partiyalari: Xalq boshlig‘i partiyasi, Birlashgan demokratik partiya.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Beliz — agrar davlat. Asosiy qishloq xo‘jalik mahsuloti — shakarqamish. Sitrus mevalar va banan yetishtiriladi. Sanoat tarmoqlaridan yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Savdo, chet el turizmi va qurilish rivojlanmoqda. Eksporti: shakar, sitrus mevalar, banan, dengiz mahsulotlari va undan tayyorlangan mahsulotlar. Importi: mashina va transport jihozlari, mineral yoqilg‘i, kimyoviy sanoat mahsulotlari, farmatsevtik mollar, tikuvchilik mahsulotlari. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada, Meksika.
 Tarixi. Hozirgi Beliz hududlarida IV asrdan X asrgacha Mayya sivilizatsiyasi hukmronlik qilgan. XV asrda Beliz ispanlar tomonidan bosib olingan va ispan mustamlakasi deb e’lon qilingan. Keyinroq XVI asrda bu yerga inglizlar keldi va hududda birinchi ingliz mustamlakasiga asos solindi. Ular o‘rmonlami kesish bilan faol shug’ullandilar va yangi yerlar ocha boshladilar. Plantatsiyalarda va qimmat­baho yog‘och tayyorlashda inglizlar negr qullar mehnatidan foydalandilar. Ispanlar quvib chiqarildi. 1862-yilda bu hudud Britan Gondurasi nomi bilan Britaniya mustamlakasi deb e’lon qilindi. 1964-yilda Beliz to‘la ichki o‘z-o‘zini boshqarish huquqini oldi. Beliz 1981-yilgacha Amerika qit’asidagi Britaniyaning oxirgi mustamlakasi bo‘ldi. 1981-yil sentabrda davlat mustaqil deb e’lon qilindi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.