Barbados
Rasmiy nomi — Barbados. Poytaxti Brijtaun. Hududi — 431 km.kv. Aholisi – 300 ming kishidan ortiq (2012). Davlat tilii — ingliz. Dini — protestantlar (67%), katoliklar (4%). Pul birligi — Barbados dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati. Barbados Karib dengizining sharqidagi shu nomli orolda joylashgan davlat. Orol relyefi tekisliklardan iborat. Orol yuzasi qirg’oqdan markazga qarab terassa shaklida ko’tarilgan. Dengiz sathidan 340 m balandlikda joylashgan (Xilabi — Barbadosning eng yuqori cho’qqisi).
Iqlimi — tropik, passatli. Yog‘ingarchilik va to‘fonlar tez-tez bo‘lib turadi. Tabiiy zaxiralari: neft, tabiiy gaz, baliq. Tropik o’simliklar bilan qoplangan. Hay- vonot olami kambag’al: maymunlar, qurbaqa, quyon, mangust, bir necha qush turlari uchraydi.
Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Barbados Buyuk Britaniya Hamdo’stligi tarkibiga kiradi. BMT, XVF, ADT a’zosidir. Davlat rahbari — Buyuk Britaniya monarxi nomidan ish yurituvchi general-gubernator. Hukumat rahbari — Bosh vazir. Qonun chiqaruvchi organ — ikki palatali parlament (Senat va Umumpalata). Hududiy jihatdan 11 ta ma’muriy hududga bolingan. Asosiy siyosiy partiyalari: Milliy demokratik partiya, Demokratik leyboristlar partiyasi, Barbados leyboristlari partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodiyotining asosini shakar ishlab chiqarish va chet el turizmi tashkil etadi. Turizm industriyasi Karib dengizi havzasidagi aholining yuqori turmush darajasini ta’minlab bermoqda. Yengil, oziq-ovqat, tabiiy gaz va neft qazib olish sanoati rivojlanmoqda. Baliq ovlash rivojlangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Karib dengizi havzasi davlatlari. Iqtisodiyot uchun avtomobil yo‘llari katta ahamiyatga ega. Temiryo‘llari yo‘q. Asosiy porti — Brijtaun.
Tarixi. Qadimda orolda aravak va karib qabilalari yashagan. Orol 1536-yili portugaliyalik Pedro Kamposh tomonidan kashf qilindi. 1625-yildan Barbados Britaniya mustamlakasiga aylandi. Afrikadan keltirilgan qullar hisobiga tamaki va shakar ishlab chiqarish sanoati vujudga keldi. 1834-yilda qullik bekor qilingan. 1961-yili orol o‘z-o‘zini boshqarish huquqiga ega bo‘ldi. 1966-yili Buyuk Britaniyadan to’liq mustaqillikka erishdi, lekin Britaniya Hamdo‘stligi tarkibida qoldi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.