Dominika 

4 632

  Rasmiy nomi — Dominika Hamdo‘stligi. Poytaxti — Rozo. Hududi — 754 km2. Aholisi – 100 mingdan kishi (2012). Davlat tili — ingliz. Dini — katoliklar (80%), protestantlar (15%). Pul birligi — sharqiy karib dollari.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Karib havzasida, Kichik Antil orollarining Dominika orolida joylashgan orol davlat. Maydoni tog‘liklardan iborat. Eng baland nuqtasi D’yabloten vulqoni (1447 m). Iqlimi — tropik. Tog‘ yonbag‘irlari tropik o‘rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi asosan qushlardan iborat.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — parlament respublikasi. Mamiakat 10 ta prixoddan iborat. Bular: Sent-Ann, Sent-David, Sent- Jorj, Sent-Jon, Sent-Jozef, Sent-Lyuk, Sent-Mark, Sent-Patrik, Sent-Piter, Sent-Pol. Dominika 1978-yil 3-noyabrda Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e’lon qilgan. Ijroiya hokimiyat — prezident va Bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament — Vakillar Palatasi.
 Asosiy siyosiy partiyalari: Dominika Ozodligi partiyasi, Dominika Birlashgan Mehnatkashlari partiya­si, Dominika Leyboristlar partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamiakat xalq xo‘jaligining asosini qishloq xo’jaligi tashkil etadi. Sanoat asosan mayda korxonalardan iborat. Qishloq xo‘jaligi banan, mango, kokos yong‘og‘i va sitrus mevalarni yetishtirib beradi. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSH va Karib havzasi davlatlari.
  Tarixi. Dominika 1493-yil Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. Shu vaqtdan u Ispaniya mulkiga aylandi, so‘ngra Fransiya mustamlakasi bo‘ldi. 1763-yili Buyuk Britaniya nazoratiga o‘tdi. 1967-yilda Britaniya Hamdo’stligi a’zosi bo‘ldi. 1978-yili Dominika o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.