Dominikan Respublikasi 

4 375


Rasmiy nomi — Dominikan Respublikasi. Poytaxti — Santo-Domingo. Hududi — 48442 km.kv. Aholisi – 10 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili- ispan. Dini — katoliklar (95%). Pul birligi — dominikan pyesosi.  Geografik joylashuvi va tabiati. Karib havzasida Gaiti orolining sharqiy qismida joylashgan davlat. G‘arbda yagona Gaiti bilan chegaradosh. Janubda Karib dengizi, shimolda Atlantika okeani bilan tutashib ketgan. Sharqda Mona bo‘g‘ozi Gaiti orolini Puerto- Riko orolidan ajratib turadi. Mamiakat hududida bir nechta tog‘ tizmalari mavjud. Ularning eng yirigi Kordilyera Sentral tog‘ tizmasi bo‘lib, eng baland nuqtasi Duarte cho‘qqisi (3175 m). Mamiakat janubi g’arbida Enrikilo ko‘li joylashgan bo‘lib, u dengiz sathidan 46 m pastdir. Asosiy daryolari: Shimoliy Yake, Janubiy Yake, Artibonite. Iqlimi — dengiz tropik iqlimi. Hayvonot dunyosi unchalik boy emas. Asosan dengiz toshbaqalari, kemiruvchilar va boshqa hasharotlardan iborat.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — republika. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi Oliy Organi — ikki palatali Senat va Deputatlar palatasidan iborat bo‘lgan Milliy Kongress. Mamiakat 26 ta provinsiya va 1 ta milliy okrugdan iborat. Asosiy siyosiy partiyalari: Ozodlik Demokratik partiyasi (ODP), Dominikan Inqilobiy partiyasi (DIP).
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qishloq xo‘jaligi mamiakat iqtisodining asosini tashkil etadi. Eksportga chiqaradigan asosiy mahsulotlari: tamaki, qahva, какао va shakarqamish. Sanoat faqatgina qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalardan iborat. Oxirgi yillarda turizm o‘ta yaxshi rivojlanmoqda. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Puerto-Riko.
  Tarixi. Gaiti oroli 1492-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingach, Kolumb bu yerlarni Espanola deb atadi. Lotin Amerikasining ispanlar tomo­nidan bosib olinishi aynan Dominikan Respublikasi hududlarida boshlanadi. 1697-yil Gaiti oroli Fransiya va Ispaniya o‘rtasida taqsimlandi. Orolning sharqiy qismi Ispaniya qiroli hokimiyati ostida qoldi. Mamiakat 1822-yil o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, faqatgina 1844-yilga kelib haqiqiy mustaqillikka erishdi. 1978-yil saylovlari natijasida demokratik fuqaro hukumati shakllantirildi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.