Gvatemala 

4 795

  Rasmiy nomi — Guatemala Respublikasi. Poytaxti — Guatemala. Hududi — 108889 km2. Aholisi – 13 mln kishidan ortiq (2012). Davlat tili ispan. Dini — xristianlik (70%). Pul birligi — ketsal.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Gvatemala Markaziy Amerika davlati. Shimol va g‘arbda Meksika, sharqda Beliz, janubi sharqda Salvador va Gonduras davlatlari bilan chegaradosh. Janubda Gvatemala Tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat shimoli yassi tog‘lardan, markaziy viloyatlari esa tog‘li hududlardan iborat. Eng yirik tog‘ tizmasi — Serra-Madreda bir qancha harakatdagi vulqonlar mavjud. Mamlakatning eng yuqori nuqtasi Taxumulko vulqoni (4220 m). Eng yirik daryosi — Motagua. Gvatemalada qo‘rg‘oshin, nikel, volfram, kumush va neftning unchalik katta bo‘lmagan zaxiralari mavjud. Iqlimi — tropik. Mamlakat hududining yarmi doimo yashil o‘rmonlar bilan qoplangan. 0‘simlik dunyosi o‘ta xilma-xil bo‘lib, dunyoning boshqa joylarida uchramay- digan o‘simliklar Gvatemala o‘rmonlarida mavjud. Hayvonot dunyosi bo‘yicha Gvatemala Markaziy Amerikaning eng boy davlatlaridan biridir. Uning o‘rmonlarida tropik hayvonot dunyosining barcha turlarini uchratish mumkin. Qushlarning 2000 dan oshiq tun mavjud.
   Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik Respublikasi. Mamlakat 22 ta departamentdan iborat. 1821-yil 15-sentabrda Gvatemala o‘z mustaqilligiga erishdi. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament — Milliy Kongress. Eng yirik siyosiy partiyalari: Milliy Markaz Ittifoqi (MMI), Xristian Demokratik Partiya (XDP), Gvatemala Mehnat Partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Gvatemala qoloq agrar mamlakat hisoblanadi. Umumiy milliy mahsulotning 30% ini qishloq xo‘jaligi yetishtirib beradi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: qahva, paxta, shakarqamish va banan. Importga asosan shakar chiqaradi. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Meksika, Yaponiya.
   Tarixi. Bugungi Gvatemala hududida eramizning II asrida mayyalar imperiyasi tashkil topgan. Imperiyaning gullab-yashnash davri VII-IX asrlarga to‘g‘ri keladi. 1513-yil ispanlar Gvatemala hududlarini kashf qilishdi va bu yerlarda o‘zlarining talonchilik urushlarini olib borishdi. 1821-yil Gvatemala o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, 1847-yilgacha Meksika homiyligi ostida bo‘ldi. 1985-yilda birinchi marta erkin demokratik saylovlar o‘tkazildi va hokimi­yat fuqaro hukumati qo`liga o‘tdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.