Kosta-Rika 

5 461

 Rasmiy nomi — Kosta-Rika Respublikasi. Poytaxti — San-Xose. Hududi — 51100 km.kv. Aholisi – 4 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik (95%). Pul birligi — Kosta-Rika koloni.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Amerikadagi davlat. Janubi sharqda Panama (chegara uzunligi — 330 km), shimolda Nikaragua (309 km) bilan chegaradosh. G‘arbda va janubi g‘arbda Tinch okeani, sharqda Karib dengizi bilan tutash. Chegarasining umumiy uzunligi — 639 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi — 1290 km. Hududining katta qismi tog‘li. Shimoli g‘arbdan janubi sharqqa tomon Kosta- Rikani uchta tog‘ tizmasi kesib o‘tgan: Guanakaste, Markaziy va Galamanka. Eng baland tog‘i — Chirippo (3820 m). Kosta-Rikada vulqonlar ко‘p. Haydaladigan yerlari — 6%, o‘rmon va changalzorlar — 34%, o‘tloq va maysazorlar — 45% hududini egallaydi. Iqlimi — Karib dengizi sohillarida issiq, yomg‘irli havo.
  Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat 6 ta provinsiyaga bo‘lingan. Kosta-Rika 1821-yil 12- sentabrda mustaqillikka (awal Ispaniya mustamlakasi bo‘lgan) erishgan. 15-sentabr — Milliy bayram — Mustaqillik kuni. Qonunchilik ispan fuqarolik huquqiga asoslangan. Prezident — davlat va hukumat boshlig‘i. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament — Qonunchilik Assambleyasi. Birmuncha ko‘zga ko‘ringan siyosiy partiyasi Milliy Liberal partiya (MLP).
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Qishloq xo‘jaligi iqtisodining asosiy sektori hisoblanadi. Eksport qilinadigan mahsulotlarning 70%i qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘g‘ri keladi. Eksporti qahva, shakarqamish, oziq-ovqat, to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bilan cheklangan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH Germaniya, Gvatemala, Yaponiya. Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 950 km, avtomobil yo‘llari — 15400 km, ichki suv yo’llari — 730 km. Portlari: Golfito, Koldero, Moin, Puerto- Limon, Puntarenas.
  Tarixi. 1502-yil Kolumb tomonidan kashf etilgan. Hozirgi Kosta-Rika 1520-yilda Gvatemala tarkibidagi ispan mustamlakasiga aylandi. 1821-yil 15-sentabrda Kosta-Rika o‘z mustaqilligini e’lon qilsada, 1838- yilgacha Gvatemala, Gonduras, Nikaragua va Salvador bilan federatsiyaga birlashadi. 1839-yilda esa to‘liq mustaqil bo‘ladi. 1871-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga o‘lim jazosini bekor qiladi, chet el investitsiyalarini kiritishga ruxsat beradi. Shu vaqtdan AQSHning «Yunayted frut» kompaniyasining ekspansiya boshlangan edi. 1941-yili fashist Germaniyasi va uning ittifoqchilariga qarshi urush e’lon qiladi. XX asrning choragida kofe narxining tushishi va neftning qimmatlashishi mamlakatda iqtisodiy barqarorsizlikni yuzaga keltirdi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.