Uzumning foyda va zarari 

11 149

Avgust-sentyabr oylarida uzum sayllari avj oladi. Qadimdan uzum nonushtada non bilan iste`mol qilingan.  Bobolarimizdan meros bunday nonushta bejiz emas. Sababi uzumning kaloriyasi biz o`ylaganimizdan ko`ra ko`proq. Bunday nonushtadan so`ng tushlikkacha qorin ochmaydi. Uzumning foydalari va organizmga juda kam hollarda uchraydigan ba`zi zararlari haqida dorishunos Gulchehra Umarova so`z yuritadi.

1.  Uzumni oshqozon-ichak kasalliklari bilan og`rigan bemorlar kamroq eganlari ma`qul. Bir qarashda meva — engil taom ko`ringani bilan uzum ancha qiyin hazm bo`ladi. Bundan tashqari uzumda juda ko`p miqdorda glyukoza va fruktoza mavjud bo`lib ular qonga juda tez so`riladi va qondagi insulin ortib ketadi. Shuning uchun ham oshqozon osti bezi kasalliklari yoki qandli diabet, ortiqcha vazn bilan og`riydigan bemorlar uzumni umuman iste`mol qilmaganlari ma`qul.

2.  Uzumning foydasi shundaki, uning tarkibida A, C, V6 vitaminlari va folat(folat kislotasi), shu bilan birga organizm uchun zarur bo`lgan kalsiy, kaliy, temir magniy va fosfor minerallari mavjud. Bundan tashqari uzum tarkibida kamyob modda — flavonoidlar bo`lib, ular qarishga va erkin radikallarga qarshi kurashuvchi juda kuchli antioksidantdir.

3.  Uzumni, u tabiiy mahsulot bo`lsada istagancha eb bo`lmaydi. 0,5 kg butunlay sog`lom odam uchun ham juda ko`p. Yuqori kalloriyasi tufayli u ozish uchun parhez tutadiganlarga umuman to`g`ri kelmaydi. Me`yorda uzumni kuniga 10-15 dona iste`mol qilgan ma`qul.

4.  Uzum kuchli allergenlar qatoriga kiradi. Uzum qanchalik to`q rangda bo`lsa allergiya chaqirish havfi ham shuncha yuqori bo`ladi. Biroq shu bilan birga to`q rangli turlarda inson organizmi himoya kuchlarini mustahkamlovchi antioksidantlar birmuncha ko`p bo`ladi.

5.  Uzumning u yoki bu turi kalloriyasi ko`proq deb hisoblaydiganlar — xato qilishadi. Aslida uzumning och va to`q ranglilari kalloriyasi bir xil: 65kkal/100gr.

6.  Ko`pchilik uzumni eganda urug`larini chiqarib tashlaydi. Aytish joizki, uzum danakchalari A, E, K vitaminlari, hamda katta miqdorda tabiiy yog`lar manbaidir. Bu moddalar esa inson organizmi hujayralarini mustahkamlab, kishini yoshartiradi. Shuning uchun ham dietologlar uzumni urug`i va po`sti bilan eyishni buyuradilar.

7.  Ayrimlar uzum semirtiradi, deb bu mevani umuman iste`mol qilmaydilar. Gap shundaki, uzum ishtahani ochadi. Agarda siz to`yimli taomnomangizga uzumni ham kiritsangiz u albatta semirishga olib keladi. Ammo engil taomlar qatorida, oz miqdorda iste`mol qilingan uzum qomatingizga hech qanday zarar etkazmaydi.

8.  Uzum o`zining shifobaxsh xususiyatlari bilan ko`pgina kasalliklarga davo bo`ladi. U inson organizmini umumiy mustahkamlaydi. Shu bilan birga uzum sharbati — nafas siqishi(astma)da yordam beradi. Uzum sharbati yurak muskullarini mustahkamlaydi va qondagi azot oksidi miqdorini oshirib, qon quyulishi va tromblarning oldini oladi. Uzum — peshob haydaydi hamda buyraklar va o`t pufagi faoliyatini yaxshilaydi.

Ma`lumot uchun:
Uzum tarkibida 150 dan ortiq biologik faol moddalar mavjud. Turlariga qarab, tarikbida 20 foizgacha qand, oqsil, yog`, shuningdek organik kislotalar, turli darmondorilar mavjud. 

Uzumning asosiy xususiyati—uning tarkibida kislotalarning ko`pligi. Ular nafas olish yo`llarini engil qitiqlaydi. Shu sababli, balg`am ko`chishini osonlashtiradi va yo`talni yumshatadi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.