Xurmoning salomatlik uchun foydali jihatlari 

4 315

Kuz ne'mati – xurmo tarkibidagi glyukoza va fruktoza kabi engil hazm bo'luvchi moddalarning ko'pligi tufayli uning ikki-uch donasi ham qorningizni to'ydirishi mumkin.

 
Bu meva tarkibidagi natriy, kaliy, magniy, kaltsiy, temir moddalari bo'yicha birinchi o'rinda turadi. Pishgan xurmo me'da-ichak tizimi, jigar faoliyati, ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi, teri va jinsiy bezlar faoliyatiga ijobiy ta'sir etadi.
 
Xurmo qovoq, chakanda, o'rik va boshqa sariq-zarg'aldoq tusli sabzavotlar va mevalar kabi yosh o'tishi bilan yuzaga keladigan o'simtalarning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. U hujayra tuzilmalarini shikastlovchi erkin radikallarga qarshi juda kuchli antioksidant hisoblanadi. Xurmo terining keksayish belgilariga qarshi kurashadi, buyrakdagi toshlardan xalos etadi. Tarkibidagi magniy moddasi buyrakda toshlar hosil bo'lish ehtimolini kamaytiradi. Organizmdan natriy tuzlari chiqishiga yordam beradi. Shuningdek, xurmo yurak kasalliklariga juda foydali. Yana shifokorlar ushbu mevani varikoz va milklar qonashidan aziyat chekuvchi kishilarga tavsiya etadi. Xurmo ichak tayoqchasi, oltinrang stafilokokga qarshi bakteritsid ta'sirga ega. Uning sharbati surunkali diareyadan xalos bo'lishda yordam beradi. Bundan tashqari, u asab tizimini tinchlantiradi, kishining ish layoqatini oshiradi.
 
Buning uchun 6 ta pishgan mevani bo'laklarga bo'lib, qaynab turgan suvga soling va 20 daqiqa davomida qopqog'i yopiq holda saqlang. Qaynatmani dokada suzib, 0,5 litrdan har 4 soatda iching.
 
Xurmo tarkibida engil o'zlashtiriladigan qandlar miqdori ko'p bo'lgani bois, u semirish va qandli diabet kasalliklariga chalingan kishilarga tavsiya etilmaydi. 
Vasila PO'LATOVA
manba: soglom.uz

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.