Foydaliligi jihatidan birinchi raqamli meva 

3 966

Ramazon dasturxonini quritilgan xurmosiz tasavvur etib bo’lmaydi. Yurtimizda ham ushbu mevani yoshu qari birdek sevib iste’mol qiladi. U mazali bo’lish bilan birga inson organizmi uchun juda foydalidir.

Bilasizmi, quritilgan xurmo foydaliligi jihatidan birinchi raqamli meva sanaladi. U yurak xuruji, qon bosimining ortishi (gipertoniya) va tanada ortiqcha xolesterinning vujudga kelishiga qarshi samarali vositadir. Ayniqsa, bu meva yurak faoliyatiga ijobiy ta’sir etadi. Yurak bilan boғliq bo’lgan xastaliklarda xurmoning bir necha donasini kechki payt hamda kunduzi och qoringa suv bilan iste’mol qilish tavsiya etiladi.

Қolaversa, organizmdagi xolesterin miqdorini nazorat qilish xususiyati bilan ham o’ziga xos ahamiyatga ega. Sababi u tanadagi qon aylanishini yaxshilaydi.

Kaliyga boy mahsulot bo’lgani bois, xurmo insult xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga u asab tizimi faoliyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Shu sabab kun davomida oz bo’lsa-da, xurmo yeb yurish koni foyda.

Қuritilgan xurmo mevasi tarkibida magniy va kaliy mavjudligi sabab yuqori qon bosimi mavjud bemorlarga ijobiy ta’sir etadi. Shuningdek, u ichaklar mikroflorasini yaxshilashi bois, diareyada(ich ketishi)da samarali ta’sir ko’rsatadi.

Ortiqcha vaznli insonlar ham bu mevani ertalab och qoringa tanovul qilishsa foydasini tezda sezadi.
Xurshida BONU
Manba: soglom.uz

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.