​Gilos, o`rik va malina yordamida davolaning! 

4 091

Gilos, o`rik, malina… jannatmakon yurtimizning bog`lariyu rastalarini to`ldirib turgan bu mevalar organizmimizni vitamin va minerallar bilan to`yintiradi. Shu bilan birga, ularning tarkibidagi shifobaxsh moddalar, turli kasalliklarni davolashda foydali.


Oshqozonga, yuqori qon bosimiga foydali GILOS

Yuqori qon bosimidan qiynaluvchilar kuniga R-faol moddalarga boy bo`lgan gilosdan 250-300 gr. eyishlari kerak. Artrit, revmatizm, podagra kabi kasalliklar bo`g`inlaringizga og`riq bersa, kuniga hech bo`lmaganda 10-15 dona gilos eng. Shuningdek, gilosning mevabandi ham foydali: bir litr suvni qaynating, unga bir hovuch mevabandini solib, past olovda 7 daqiqa qaynating va olovdan oling. 20 daqiqa tindirgach, dokadan suzib oling. Damlamani kuniga yarim litrdan bir litrgacha ichish mumkin.

Ovqat hazmini yaxshilash uchun esa gilosli kompot foydali. Shu sababli agar hazm borasida muammo his qilsangiz, qish kunlariga bir necha banka gilos kompoti g`amlaganingiz ma`qul. Tarkibidagi kislota past bo`lgani sababli olchadan farqli o`laroq, gilos jig`ildonni qaynatmaydi. Shu bois gastrit, oshqozon yoki o`n ikki barmoqli ichak yarasi bilan og`rigan bemorlar ham qo`rqmay gilos eyishlari mumkin.

Mumkin emas! Qandli diabet va ichak tiqilishi bilan bog`liq kasalliklarga chalingan bemorlarga tavsiya qilinmaydi.


Yurakka quvvat O`RIK

O`rik sharbati ortiqcha vaznli ayollar uchun foydali. Shuningdek, u siydik haydaydi hamda infeksiyalarga qarshi ta`sirga ega. Kamqonlik yoki ich qotishidan aziyat chekkan bemorlar uchun ham yaxshi foyda beradi. Qon tomirlaringiz baquvvat, immunitetingiz baland, yuragingiz baquvvat va qon bosimingiz me`yorida bo`lishini istasangiz, kuniga 3-4 dona o`rik eng.

Ko`rish qobiliyatingiz past bo`lsa, kuniga yarim stakan o`rik shartabi iching. Bu kamqonlikni ham davolaydi.

Qandli diabet va yurak kasalliklarida: 50 gr. o`rikni 1 stakan qaynagan suvga solib, 2-4 soat tindirib qo`ying. Damlamani kuniga 3 mahal yarim stakandan iching.

Mumkin emas! Qandli diabet, oshqozon-ichak yarasi bilan og`rigan bemorlar o`rikni iste`mol qilishda ehtiyotkor bo`lishlari lozim.


Qonni ko`paytiruvchi MALINA

Shamollashga qarshi beqiyos shifo manbai hisoblangan malina fitosterin moddalariga boy. Bu modda ateroskleroz rivojlanishining oldini oladi. Ba`zi uy bekalari malinadan murabbo hozirlaganda uni ezib, doka (yoki elak)dan chiqarib, urug`chalaridan tozalashadi. Bunday qilmaganingiz ma`qul, chunki sterin moddasi malinaning aynan urug`chalarida joylashgan.

Malina barglari ham teri kasalliklariga davo bo`ladi. Tibetda malina barglari bilan prostata bezini davolashda yordamchi damlama tayyorlashadi: yarim litr suvga 2 osh qoshiq quritilgan malina barglarini solib, yarim soat davomida past olovda qaynatiladi. Damlamani bir soat tindirib, yarim stakandan kuniga 3 mahal ichiladi.

Mumkin emasMalina allergiyani qo`zg`atishi mumkin. Shuningdek, podagra, buyrak kasalliklari, gastrit va oshqozon yarasiga chalingan bemorlar ehtiyot bo`lganlari ma`qul.

Kavsar ASHOBOVA tayyorladi




Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.