Malinaning 6 shifobaxsh xususiyati
1.100 gr. mevasida 42 kilokaloriya mavjud bo`lgan bu meva qomatingizga xavf solmasdan, salomatligingizga koni foyda bo`ladi.
2. Yangi mevasi, quritilgani, murabbosi va bargi gripp, shamollash kabi xastaliklarni davolashda eng samarali vosita sifatida foydalaniladi. 1-2 choy qoshiq quritilgan malina mevasini 1 stakan qaynagan suvga solib, biror daqiqalardan so`ng issiq holida iching. Yoki malina murabbosi solingan choy ichib, o`ranib yotsangiz, shamollash oson chekinadi.
3. Ushbu rezavor meva gastrit, kamqonlik, gipertoniya, yurak qon-tomir xastlaliklarini davolashda ham qo`llaniladi. Ichak yallig`lanishlari, gastrit bezovta qilsa, malina sharbati iching. Malinani ezib, dokadan o`tkazing. Kuniga 50-100 ml.dan 3 marta ovqatdan oldin qabul qiling.
4. Bargi va guli ayollarga xos kasalliklarga davo bo`ladi. 10 gr. quritilgan guli va bargini 200 ml. qaynagan suvda qaynatib, 30 daqiqa tindiring. Keyin suzgichdan o`tkazib, iching.
5. Doimiy bosh og`rig`idan shikoyat qilsangiz, malina mevasini suvga solib qaynating-da, tayyor bo`lgan kompotdan kuniga 1-1,5 litr iching.
6. Hayz kunlarida ham malinali choy joningizga oro kiradi. U og`riqni pasaytirib, nozik davringiz engil o`tishiga ko`maklashadi. Shu bilan birga, asablaringizni ham tinchlantiradi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.