Dasturxondagi 6 xil shifobaxsh choy 

2 537



  • Agar sizni uyqusizlik qiynayotgan bo`lsa, kechqurun 1 stakan moychechakli choy ichishga odatlaning. Moychechak asabni tinchlantirib, uyquga elitadi.
  • Ovqatlangach qorin dam bo`lishi qiynayotgan bo`lsa, bir piyola qora yoki ko`k choyga bir-ikkita yalpiz bargini soling-da, ho`plab iching.
  • Yog`li taomdan ko`nglingiz behuzur bo`lsa, bir stakan qora choyga yarim choy qoshiq zanjabil kukunini arashtiring-da, oz-ozdan iching.
  • Organizmdagi moddalar almashinuvi buzilishida ko`k choy asqatadi. Nonushtani ko`k choydan boshlab, so`ng tamaddi qilish mumkin.
  • Asabiylikdan boshingizga og`riq kirsa, qora choyga limono`tni aralashtiring-da, issiqligida qabul qiling. Tinchlanasiz. Og`riq ham engillashadi.
  • Yozda shamollash bezovta qilsa, maymunjon va qorag`at mevasini aralashtirib, qora choyga damlab iching. 

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.