Vitus Bering 

7 613

 

Vitus Bering
(1681-1741)
  Vitus Ionassen Bering (ruscha nomi - Ivan Ivanovich Bering) mashhur rus dengizchi- sayyohi, rus flotining komandori. Asli kelib chiqishi daniyalik, ammo umrining asosiy qismini Rossiyada o`tkazgan. Osiyo bilan Shi­moliy Amerika o`rtasidagi bo`g`izning mavjudligini boshqa bir rus sayyohi Semyon Dej­nyov 1648-yilda isbotlagan bo`lsa-da, Vitus Bering dunyo geografik tadqiqotlar tarixiga ushbu bo`g`izni topgan sayyoh sifatida kirgan.
  Vitus Bering 1681-yilda Daniyaning Xorsens shahrida tugilgan. Yoshligidayok golland kemalari jamoasi tarkibida ikki marta Hindistonga dengiz sayohatini amalga oshirgan. 1703 yilda Amster­dam shahridagi dengiz kadetlik korpusini tugatgach, Rossiyaning Boltiq flotiga leytenant sifatida xizmatga qabul qilindi. 1710-yilda kapitan-leytenant Bering Azov flotiga xizmatga o`tkazilib, bu yerda Pyotr I ning 171-yildagi Prut safarida ishtirok etgan. Dengizchilik kasbidan yaxshi xabardor V.Bering 1712-1723-yillarda Rossiyaning Boltiq flotidagi turli kemalarga qumondonlik qilgan. 1724-yilning fevral oyida o`z xohishiga binoan flotdan bo`shagan V.Bering shu yilning avgust oyida Pyotr I ning buyrug`i bilan birinchi darajali kapitan (flot polkovnigi) unvonida yana qayta flotga qabul qilingan.
  V.Bering 1725-1730 va 1732-1742-yillarda rus floti tomoni­dan amalga oshirilgan birinchi va ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyalariga boshchilik qildi. Birinchi Kamchatka ekspeditsiyasining asosiy vazifasi «Osiyo Amerika bilan tutashganmi yoki ular o`rtasida den­giz bormi?», degan savolga javob topish edi. Shu maqsadda sayyoh 1728-yilning 8-iyunida «Muqaddas Gavriil» kemasida Nijnekamchatsk bandargohddan yo`lga chiqqan. 1728 yilning iyul va avgust oylari davomida Shimoli-Sharqiy Osiyoning Tinch okeani qirg`oqlarini, shu jumladan Kamchatka, Karagin va Krest qo`ltiqlarini, Provideniya buxtasini, Muqaddas Lavrentiy orolini haritaga tushirgan.
  Ekspeditsiya Chukotka dengizida suzish davomida Bering bo`g`izidan o`tgan va 67°24' shimoliy kenglikkacha borgan. Ammo Bering quyuq tuman tufayli Amerika qirg`oqlarini ko`rmagan. Shu bois, Osiyo va Ame­rika o`rtasidagi bo`g`izdan o`zi bilmagan holda o`tganini sezmagan va ortga qaytgan. 1729-yilning yozida Bering Kamchatkadan Sharq tomonga qarab 200 km uzoqqa suzishga muvaffaq bo`lgan, ammo kuchli shamol va quyuq tuman tufayli yana ortiga qaytishga majbur bo`ldi. Shimoli-sharqiy Osiyoning Tinch okeani qirg`oqlarini tekshira turib, Be­ring Avachin qo`ltig`i va buxtasini kashf etgan. Keyinchalik Bering dengizi, deb nomlangan noma’lum baxrning 3,5 ming kilometrlik g`arbiy qirg`oqlarini birinchi bo`lib xaritaga tushirdi.
V.Bering Peterburgga qaytganidan so`ng ikki oy o`tgach, ya’ni 1730-yilning aprelida Osiyoning shimoliy qirg`oqlarini tadqiq etish va u orqali Yaponiya va Amerikaga boradigan dengiz yo`lini topish rejasini taklif etdi. Shu maqsadda 1732-yilda Ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasiga tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
  Ekspeditsiya uzoq vaqt davomida Sharqiy Sibir va Kamchatkaning turli qismlarini o`rgandi. Ammo ekspeditsiyaning asosiy maqsadiga erishish - Osiyo va Amerikani ajratuvchi bo`g`izni topish uchun 1741-yilning iyunida ikkita kema, ya’ni ikkinchi Kamchatka ekspeditsiyasi safarga jo`nagan. Dengizchilar Avachin qo`ltig`idan chiqib, XVIII asrning ba’zi haritalarida 46° va 50° shimoliy kenglik oraligida tasvirlangan Juan da Gama orolini izlab to­pish maqsadida janubi-Sharqka qarab yo`l oldilar. Bir xafta ochik dengizda suzgan dengizchilar Tinch okeanining shimoliy qismida, hatto, kichkinagina yer ham yo`qligiga amin bo`lishgach, shimoli-sharq tomonga suza boshlagan. Ammo 1741-yil 20-iyunda ikkala kema bir-birini yo`qotib qo`ydi va Bering «Muqaddas Pyotr» kemasida uch kun ikkinchi kemani izlaydi. Kidiruv chog`ida kema oldin 400 km janubga, keyin shimoli-sharqqa qarab suzdi va Alyaska qo`ltig`ining markaziy qismini birinchi bo`lib kesib o`tdi.
   1741-yilning 17-iyulida dengizchilar 58° shimoliy kenglikdan yuqoriroqda baland tog` tizmasini ko`rdilar. Bu Shimoliy Amerika edi. O`sha yili 20 iyulda sayyohlar Kayak oroliga kelib, ekspeditsiya geografi Steller va kema shturmani qirg`oqqa tushishgan. Ammo oziq-ovqat tanqisligi ekspeditsiyani ertasigayoq ortiga qaytishga majbur qilgan.
   Bering bo`g`izini xaritaga tushirgach, sayyoh qirg`oq bo`ylab g`arbga tomon suzgan va tuman tarqagan paytlarda baland Chugach tog`larini kuzatgan. Xuddi shu vaqtda Bering Tumanli (Chirikov), beshta oroldan iborat Yevdokeev orollarini, «Katta yerdagi» (Aleut yarimoroli) qorli tog`larni (Aleut tog`lari) kashf etgan va Aleut yarimoro­lining chekkasida Shumagin orollarini ochgan va bu yerda mahalliy aholi - aleutlarni uchratgan. Yearb tomon suza turib, Bering ba’zan quruqlik (Aleut zanjir orollari)ni kuzatgan.
   1741-yilning 4-noyabrida kema keyinchalik Bering nomi bi­lan atalgan noma’lum orolga yetib keldi. Xuddi shu yerda Bering va ko`plab ekipaj a’zolari kasallik tufayli vafot etgan. Eks- peditsiyaning qolgan 46 nafar a’zosi juda Qattiq va ogir kishni utkazishgach, kema qoldiqlaridan kichikroq kema yasab, yelkansiz, Faqat eshkaklar yordamida uzoq suzib, 1742-yilning avgustida Petropavlovsk (hozirgi Rossiyaning Petropavlovsk-Kamchatskiy) shahriga yetib olishgan.
   Ekspeditsiya hisoboti esa butunjahon geografik tadqiqotlari tarixiga zarhal saxifa bo`lib kirib, Beringni dunyoga mashhur qildi. Bering olib borgan geografik tadqiqotlar naqadar to`g`riligini birinchi bo`lib ingliz sayyohi Jeyms Kuk e’tirof etgan.
   Chukotka va Alyaska o`rtasidagi bo`g`izni Bering nomi bilan atashni x,am aynan J. Kuk taklif qilgan. Geografik tadqiqotlarga qo`shgan xissasiga ex,tirom sifatida Tinch okeanidagi dengiz, orol, muzlik, qo`ltiq, Osiyo va Shimoliy Amerikani qadimda boglab to`rgan va keyinchalik yuqolib ketgan quruqlik (Beringiya), kul, daryo va yarimorol sayyoh, nomi bilan atalgan. Tinch okeanidagi sayyoh vafot etgan Bering orolida uning haykali o`rnatilgan.
   Keyingi vaqtlarda Semyon Dejnyov va Vitus Bering kashf etgan kengligi 86 km bo`lgan Bering bugozi orqali Yevrosiyo va Shimoliy Amerikani boglaydigan avtomobil ko`prigi yoki suv osti tunneli ko`rish takliflari oldinga surilmokda. Ammo bu masalada turli xil fikrlar mavjud. Ba’zilar bunday inshootlarni ko`rish hozirgi zamon imkoniyatlaridan yuqori, deb aytsa, boshqalari bo`g`izning kok o`rtasida joylashgan Ratmanov orolini (har ikkala qirg`oqdan uzoqligi 42-43 km) hisobga olinsa, loyiha inshootining uzunligi Shveysariyaning Alp tog`laridagi 57 km.li Gotard yoki Yaponiyaning Xonsyu va Xokkaydo orollarini tutashtiruvchi 53,9 km.li Seykan suv osti tunnellaridan birmuncha kiska va uning amalga oshirilishi nisbatan oson bo`lishini aytishmoqda.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.