Yuklanmoqda...

Jahon mamlakatlari

Albaniya

  Rasmiy nomi — Albaniya Respublikasi. Poytaxti — Tirana. Davlat tili — alban. Hududi — 28748 km.kv. Aholisi – 3,6 mln kishi (2012). Dini — musulmonlar (70%), pravoslavlar (20%), katoliklar (10%). Pul birligi — lek.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Bolqon yarimorolining g‘arbiy qismida, Janubiy-sharqiy Yevropada joylashgan davlat. Shimolda va shimoli g‘arbda Serbiya va Chemogoriya, sharqda Makedoniya, janubi sharqda va janubda Gretsiya bilan chegaradosh. G‘arbda Adriatika dengizi, janubi g‘arbda Ion dengizi suvlari qirg‘oqlarini yuvib turadi. Qirg‘oqbo‘yining markaziy qismini tekisliklar, hududning qolgan qismini Shimoliy Alban Alplari, Korabi va Tomori tizmalari egallaydi. Albaniyada kontinental — O`rta Yer dengizi iqlimi hukm suradi. Albaniya hududining uchdan bir qismini o’rmonlar va butazorlar qoplagan, to‘rtdan bir qismi esa tog‘ yaylovlaridan iborat. Aholi kam yashaydigan joylarda bo‘ri, shoqol, qobon va qirg’oq bo‘ylarida turli qushlami uchratish mumkin.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — demokratik respublika. Ma’muriy-hududiy bo‘linishi — 26 reti (viloyat). 1912-yil 28-noyabrda Turkiya I Bolqon urushida mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Usmoniylar imperiyasidan ozod bo‘lib, mustaqilligini e’lon qilgan. Milliy bayrami — 28-noyabr — Mustaqillik kuni. Bir palatali parlamenti — Xalq yig‘ini. Eng nufuzli siyosiy partiyalari: Alban sotsialistik partiyasi (ASP), Albaniya demokratik partiyasi (DP), Alban respublika partiyasi (RP), Inson huquqlari uchun ittifoq (Olmoniya, INR).
   Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. 40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakat iqtisodi markazdan rejalashtirish va ishlab chiqarish vositalari davlat mulki hisoblanishi tamoyillariga asoslangandi. 1991-yildagi saylovlarda g‘alaba qozongan yangi demokratik hukumat «shok terapiyasi» va mamlakat iqtisodini tubdan isloh qilish dasturini qabul qiladi. Sanoatning asosiy tarmoqlari: tog‘-konchilik, oziq-ovqat, yengil sanoat, neft, kimyo, metallurgiya, gidroenergetika. Qishloq xo‘jaligi YMMning 55% ini ta’minlaydi. 2012-yil YIM miqdori — 20,9 mlrd dollarni (aholi jon boshiga — 6,6 ming doll.) tashkil etgan. Asfalt, neft va neft mahsulotlari, metall va metall rudasi, elektr energiyasi, meva va sabzavotlar, tamaki eksportga chiqariladi. Mamlakatga mashinalar, asbob- uskunalar, temir va po’lat mahsulotlari, to‘qimachilik, farmatsevtika, kimyoviy o‘g‘itlar import qilinadi. Asosiy savdo hamkorlari: Italiya, sobiq Yugoslaviya davlatlari, Germaniya, Chexiya, Slovakiya.
Temiryoilar qurilishi sust rivojlangan (543 km), avtomobil yo‘llari uzunligi — 18450 km. Asosiy portlari: Durres, Saranda, Viera.
   Tarixi. M.a. VII asrda greklar hozirgi Albaniya hududida o‘z koloniyalarini tuzgan. Albaniya Makedoniya, Rim (m.a. II asr) va Vizantiya (IV asr) imperiyalari tarkibiga kirgan. IX asrda mamlakat Bolgariya qirolligi, XI asrdan esa yana Vizantiya ta’sirida boigan. 1425-yildan Usmoniylar imperiyasining bir qismi hisoblangan. Turkiyaning I Bolqon urushidagi magiubiyatidan so‘ng 1912-yil Albaniya mustaqillikka erishgan. 1939-yil Albaniyani fashist Italiyasi bosib oladi. 1946-yili esa Albaniya Xalq Respublikasi e’lon qilinib, kommunistik tuzum o‘rnatiladi va ko‘p yillarga Albaniya boshqalar uchun yopiq mamlakatga aylanadi. 1976-yil mamlakat Albaniya Xalq Sotsialistik Respub­likasi, 1991-yil aprelida esa Albaniya Respublikasi deb e’lon qilinadi.
   Albaniya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1993-yilda o‘rnatil­gan.

  • Xavfsizlik:
  • Narx-navo:
  • Yashash tarzi:
  • Turizm:
  • Iqtisodi:
  • Armiyasi:
  • Biznes:
  • Tozaligi:
  • Joylashgan qit'asi: Yevropa
  • Poytaxti: Tirana
  • Davlat tili: Alban
  • Pul birligi: Lek
  • Davlat tuzumi: Demokratik Respublika
  • Maydoni: 28748 km.kv.
  • Aholi soni: 3,6 mln kishi (2012).
  • Shaharlar soni: