Monako 

7 446

  Rasmiy nomi — Monako Knyazligi. Poytaxti — Monako. Hududi — 1,9 km.kv. Aholisi — 32 mingdan ortiq (2012). Davlat tili — fransuz. Dini — katolik (95%). Pul birligi — yevro.
  Geografik joylashuvi va tabiati. Yevropaning janubida, 0‘rtayer dengizi qirg‘oqlarida joylashgan davlat. G‘arbda, shimolda va sharqda Fransiya bilan chegaradosh. Chegarasining uzunligi — 4,4 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi esa 4,1 km. Monako hududi bo‘yicha dunyoning eng kichik davlatlaridan biri hisoblanadi. Mamlakat landshafti tepaliklardan iborat.
  Iqlimi — qishda yumshoq va zax, yozda issiq va quruq.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Mamlakat Monako, Monte-Karlo, La-Kandamin, Fontevey ma’muriy hududlariga boiingan. Monako 1419-yildan buyon mustaqil davlat hisoblanadi. Qonunchilik fransuz qonunlariga asoslangan. 19-noyabr — Milliy bayram kuni. Davlat boshlig‘i — knyaz (knyaz Rene III Grimaldi mamlakatni 1949-yil noyabrdan 2005-yilga qadar idora qilgan). Hozirgi kunda knyaz Albert I (1958-yil 14-martda tug‘ilgan) mamlakatni idora qilmoqda. Ijroiya hokimiyat, shuningdek, hukumat kengashining boshlig‘i davlat ministriga ham tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat Milliy Kengash tomo­nidan amalga oshiriladi. Yirik siyosiy partiyalari: Milliy-demokratik ittifoq, Demokratik ittifoq harakati, Monegas sotsialistik partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Davlat xazinasiga daromad asosan chet ellik turistlar (Monako Yevropaning eng yaxshi kurortlaridan biri hisoblanadi) va kazinolarga tashrif buyuruvchilardan keladi. Davlat o‘z fuqarolaridan daromad solig‘i olmaydi. Davlat xarajatlari bu yerda doimiy istiqomat qiladigan tadbirkorlardan, shuningdek, Monako bilan imtiyozli soliqlar asosida hamkorlik qilayotgan chet el kompaniyalaridan olinadigan soliqlar hisobidan qoplanadi. Monako daromadining qariyb yarmini korxonalar, banklar va mehmonxonalardan olinadigan qo‘shimcha qiymat solig‘i tashkil qiladi. 2012-yil YIM miqdori 1,2 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga – 37,6 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Monakoda yashovchilaming yashash darajasi G‘arbiy Yevropa davlatlaridagi yashash darajasi bilan tenglasha oladi. Fransiya bilan tuzilgan bojxona ittifoqi orqali Monako YI davlatlari bilan hamkorlik qiladi.
  Temiryo‘llarining umumiy uzunligi — 1,7 km, avtomobil yo`llari yo‘q, faqat shahar ko‘chalarida bor. Asosiy porti: Monako.
  Tarixi. Hozirgi Monako hududidagi birinchi davlat tuzilmasi finikiyaliklarning shahar-davlati bo`lib, u keyinchalik greklarning mustamlakasiga aylantirilgan. 1070-yili Monako genuyalik Grimaldilar oilasining mulkiga aylandi. 1524-yildan 1641-yilgacha Monako Ispaniya tomonidan anneksiya qilingan, 1873-yili esa Fransiya boshqaruvi ostiga o‘tdi. Monako 1861-yili mustaqil knyazlik bo`ldi, biroq tez orada Fransiya protektoratiga aylandi. 1949-yildan beri Grimaldilarning gerbi va nomini saqlab qolgan Polinyaklar oilasi Monakoga egalik qilib kelmoqda.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.