Yuklanmoqda...

Jahon mamlakatlari

Bolgariya

 Rasmiy nomi — Bolgariya Respublikasi. Poytaxti — Sofiya. Hududi — 110912 km.kv. Aholisi – 7,9 mln (2012). Davlat tili bolgar. Dini — pravoslavlar (85%), musulmonlar (13%). Pul birligi — lev.
   Geografik joylashuvi va tabiati. Bolqon yarimorolidagi Janubi sharqiy Yevropa davlati. Shimolda — Ruminiya, g’arbda — Yugoslaviya va Makedoniya, janubda — Gretsiya va Turkiya bilan chegaradosh. Shimolda Qora dengiz bilan tutashgan. Hududining katta qismini tog‘ va tepaliklar egallagan. Mamlakat markazida shimoli g‘arbdan Qora dengiz- gacha cho‘zilgan Bolqon togiari joylashgan. Janubda — Rodopi togiari, janubi g‘arbda esa mamlakatning eng yuqori nuqtasi Musala cho‘qqisi (2925 m) joylashgan Rila togiari mavjud. Bolqon togiarining janubiy yonbagirlari va Rodopi togiari orasida Meritsa daryosi vodiysi yastanib yotibdi.
   Iqlimi—mo’tadil kontinental. Asosiy daryolari: Dunay, Iskar va Maritsa. Foydali qazilmalardan boksitlar, mis, qo‘rg‘oshin, ko‘mir, yog‘och mavjud. Mamlakat hududining katta qismini oimonlar egallagan. Vodiylarda bargli, tog`larda esa ignabargli o‘rmonlar ustunlik qiladi. Hayvonlardan quyon, tulki, qobon, bo‘rsiq, yumronqoziq, kiyik, ohu kabilar mavjud.
    Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Bolgariya — prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig‘i — prezident. Ijro etuvchi hokimiyat premyer-ministr boshchiligidagi Ministrlar Kengashiga tegishli. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Xalq yig‘ini tomonidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalari: Demokratik kuchlar ittifoqi, Bolgariya sotsialistik partiyasi, Xalq ittifoqi, Huquq va erkinliklar uchun harakat.
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Rivojlangan sanoat sohalari: mashinasozlik, metallurgiya, oziq-ovqat, to‘qimachilik, kimyo, yog‘ochni qayta ishlash. Mashinasozlik — xalq xo’jaligining muhim tarmog‘idir. Mashinasozlik korxonalari respub- likaning ko‘pgina shaharlarida qurilgan, ulardan eng yiriklari — Sofiya, Varna, Gusa, Burgos, Plovdiv. Bolgariya mineral resurslar bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Qishloq xo’jaligi Bolgariya YMMning 1/8 qismini tashkil etib, iqtisodiy faol aholining 1/5 qismini ish bilan band qilgan. Donli ekinlar uchun haydaladigan yerlarning 3/5 qismi ajratilgan. Makkajo’xori, sholi, arpa, bug‘doy ekiladi. Texnikaviy o‘simliklardan janub­da ekiladigan tamakiga va kungaboqarga alohida e’tibor beriladi. Shuningdek, mamlakat pomidor va uzumning yirik eksportchilaridan biridir. So’nggi yillarda turizm ham yaxshi rivojlanmoqda. 2012-yil YIM miqdori 85,4 mlrd AQSH dollarni (aholi jon boshiga — 11,2 ming AQSH doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari — Rossiya, Germaniya, Italiya, Turkiya, Gretsiya.
    Asosiy portlari: Burgos, Varna.
   Tarixi. M.a. Vlll asrda zamonaviy Bolgariya hududida frakiyaliklar qabilalari istiqomat qilishgan. M.a. VI1 asrda mamlakat qirg’oqlarida grek shaharlari — Apolloniya (zamonaviy Sozopol), Odessos (zamonaviy Varna), Mesembri (zamonaviy Nesebir)ga asos solindi. I asrda bu yerlarning Rim tomonidan bosib olinishi oqibatida Rim provinsiyalari Meziya va Frakiya tashkil topdi. 395-yili Rim imperiyasi inqirozga yuz tutganidan so’ng bu ikki provinsiya Vizantiya imperiyasi tarkibiga kirdi. VI asrdan boshlab mamlakatga slavyan qabilalari kirib kela boshladi. 680-yilda xon Asparux boshchiligida birinchi bolgar qirolligi tashkil etildi. Vizantiya yangi davlatni tan oldi. 894-yilda aka-uka Kirill va Mefodiylar slavyan yozuvini kiritdilar. 1014-yilda Vizantiya imperatori Vasiliy II Bolgaroboysa Belasitsa yonidagi jangda bolgar qo‘shinlarini tor-mor qildi. Tez orada mamlakat Vizantiya tarkibiga qo‘shildi. 1187-yilda mustaqil ikkinchi Bolgar qirolligi tashkil etildi. XIV asr oxirlarida Bolgariya turklar tomonidan ishg‘ol qilindi. 1878-yili rus-turk urushi oqibatida mamlakatning shimoliy qismida mustaqil Bolgar knyazligi tashkil topdi. Janubiy qismi — Sharqiy Rumeliya Turkiyaning avtonom provinsiyasi edi. 1885-yildagi turklarga qarshi ko’tarilgan Plovdiv qo’zg’oloni mamlakatning birlashishiga olib keldi. 1908-yilda Bolgariya Turkiyadan to‘la mustaqilligini e’lon qilib, qirollik sifatida qayta tashkil etildi. I jahon urushida Bolgariya Germaniya tarafida turib urush olib bordi va buning oqibatida Janubiy Dobruja hududini boy berdi. 1940-yili fashistik davlatlar bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi va Janubiy Dobrujani Ruminiyadan qaytarib oldi. 1941-1944-yillarda Bolga­riya  II jahon urushida fashistik blok tarafida ishtirok etdi. 1944-yilda mamlakatga sovet qo‘shinlari kirib keldi. Shu vaqtda Sofiyada davlat to‘ntarilishi o’tkazilib, yangi tuzilgan hokimiyat Germaniyaga qarshi urush e’lon qildi. 1946-yilda monarxiya yo‘q qilinib, Bolgariya Xalq Respublikasi tashkil topganligi e’lon qilindi. Bolgariya 1949-yilda OTYK (SEV)ga, 1955-yilda Varshava Shartnomasi uyushmasiga a’zo bo‘lib kirdi. 40 yildan ortiq vaqt davomida mamlakatda Todor Jivkov boshchiligidagi kommunistik tuzum hukmronlik qildi. 1990-yilda bu tuzum ag‘darilib, Bolgariya demokratik hukumatini tashkil etish jarayoni boshlandi.
    1991-yilda yangi konstitutsiya qabul qilinib, mamlakat nomi Bolgariya Respublikasi deb o‘zgartirildi. Bolgariya 2004-yil 2 aprelidan NATO, 2007-yil  1-yanvaridan esa YI a’zosi.Bolgariya bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida 1992-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatilgan. Ikkala mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar, iqtisodiy va madaniy aloqalar yanada rivojlana boshladi.

  • Xavfsizlik:
  • Narx-navo:
  • Yashash tarzi:
  • Turizm:
  • Iqtisodi:
  • Armiyasi:
  • Biznes:
  • Tozaligi:
  • Joylashgan qit'asi: Yevropa
  • Poytaxti: Sofiya
  • Davlat tili: Bolgar
  • Pul birligi: Lev
  • Davlat tuzumi: Respublika
  • Maydoni: 110912 km.kv.
  • Aholi soni: 7,9 mln (2012).
  • Shaharlar soni: