Qoraqalpog`iston Respublikasi 

20 294

Maydoni 166,6 ming km.kv. Aholisi 1 mln. 869 ming 800 kishidan ortiq. (01.01.2019-yil holati). Qoraqalpog`iston Respublikasida 15 ta tuman, 12 ta shahar va 26 ta shaharcha mavjud.

Qoraqalpog`iston Respublikasi mamlakatimizning shimoli g‘arbida joylashgan. Temiryo‘l, avtomobil va havo transportining yo‘lga qo‘yilishi, respublika  ishlab chiqaruvchi kuchlarining uzluksiz yuksalishiga zamin hozirladi. Qoraqalpog‘iston muxtor viloyat sifatida 1925-yilda tashkil topgan, 1932-yilda muxtor respublikaga aylantirilgan, 1936-yilda O‘zbekiston tarkibiga  kirgan. Qoraqalpog‘istonning O‘zbekiston tarkibiga  kirishi  qoraqalpoq  va  o‘zbek  xalqlari o‘rtasidagi qadimiy do‘stlikni, hudud, til va madaniyatdagi mushtaraklikni yanada mustahkamladi.

Aholisi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida  1,8 mln.dan ortiq kishi yashaydi. Aholining 1/3 qismini o‘zbeklar, deyarli yana shuncha qismini qoraqalpoqlar, qolganlarini qozoqlar va  boshqa millatlar tashkil etadi. Oliy o‘quv yurtlarida minglab mutaxassislar  tayyorlanmoqda. Nukusda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining filiali va bir qancha ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Qoraqalpog‘istonda olimlarning katta guruhi yetishib chiqdi. Ular fan va milliy iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, qishloq xo‘jaligi sohasida sug‘orish  ning yangi usullarini ishlab chiqmoqda.


Xo‘jaligi. Qoraqalpog‘iston Respub  likasi xo‘jaligining asosi agrosanoat majmuyidan  iborat. Bu yerda obikor dehqonchilik mehnat va mablag‘ni 2ko‘proq  talab  etadi. Jumladan, Amu  daryo mansabida  sug‘orish kanali qazilishi suv bosib ketishidan saqlovchi dambalar va botqoqliklarni qurituvchi zovurlar qazishga majbur etgan. O‘tgan yillarda irrigatsiya tarmoqlari qayta qurildi hamda kengaytirildi. Qizketgan, Paxta-arna kabi yangi kanallar  qurildi. Amu  daryoning har ikkala qirg‘og‘i bo‘ylab cho‘zilib ketgan toshqinga qarshi dambalar barpo etildi. Ulkan gidrotexnika inshooti – Taxiatosh gidrouzeli 1973-yilda ishga tushirildi.


Qoraqalpog‘iston  ekin maydonining  katta  qismida  paxta  va  g‘alla yetishtiriladi. Amudaryo mansabida  beda va sholi yetishtirish qulay. Qoraqalpog‘iston O‘zbekistondagina emas, balki O‘rta Osiyoda urug‘lik beda yetishtiradigan eng yirik mintaqadir. Beda urug‘ining Qoraqalpog‘iston navi eng sifatli hisoblanadi. G‘alla ekinlaridan sholi, oq jo‘xori va makkajo‘xori ko‘p  ekiladi. Sholikorlik katta o‘rin tutadi. O‘zbekistondagi sholi maydonlarining katta qismi Qoraqalpog‘istondadir.

Qishloq ­xo‘jaligining­ asosiy ­tarmoqlari: sholichilik, paxtachilik, polizchilik, qo‘ychilik.

Chorvachilik Qoraqalpog‘iston Respublikasi  xo‘jaligining muhim tarmog‘idir. Keng yaylovlar va Amudaryo mansabidagi o‘tloqlar chorvachilikning qadimdan yem-xashak bazasi bo‘lib kelgan. Mollarni boqish uchun beda, makkajo‘xori va oq jo‘xoridan tashqari, paxta tozalash, yog‘, sut-moy sanoati  korxonalari  chiqindilaridan  ham  foydalaniladi. Cho‘l yaylovlarida yil bo‘yi qorako‘l qo‘ylari boqiladi. Cho‘ldagi xo‘jaliklarda qisman tuya ham boqiladi. Qoramollar obikor dehqonchilik mintaqalarida – Amudaryo mansabida sut, go‘sht uchun boqiladi.

Qoraqalpog‘istonda parranda, ayniqsa, suv parrandalarini ko‘paytirish uchun keng imkoniyat bor. To‘rtko‘l tumanida xo‘jaliklararo parrandachilik fermasi barpo etildi. Pillachilik To‘rtko‘l va Amudaryo tumanlarida rivojlangan. Bu ikki tuman Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi jami pillaning asosiy qismini beradi.

Sanoati. Qoraqalpog‘iston sanoatining rivojlanishida Chorjo‘y–Qo‘ng‘irot temiryo‘lining ishga tushirilishi muhim  rol o‘ynadi. Sanoatning energetika, metallsozlik, kimyo, binokorlik kabi yangi tarmoqlari vujudga kela boshladi. Qo‘ng‘irotda yiliga 160 ming tonna kalsiyli soda, 150 ming tonna kaustik soda, 20 ming tonna oziq-ovqat sodasi va 400 ming tonna  osh  tuzi ishlab chiqara  oladigan ulkan zavod ishga tushirildi.

Oziq-ovqat  sanoati  jadal  rivojlanmoqda. Qoraqalpog‘istonda umum foydalaniladigan va ayrim korxonalarga  tegishli elektr  stansiyalar bor. Taxiatosh IES shular ichida eng yirigidir. Korxona va aholi punktlari asosan gazlashtirildi. Taxtako‘pir tumanida suvni chuchuklashtirish qurilmasi ishga tushirildi.

Binokorlik materiallari sanoati g‘isht, ohak, qamish, plita ishlab chiqaradi. Ular, asosan, Xo‘jayli, Nukus, Taxiatosh shaharlaridadir. Qoraqalpog‘istondagi  sement xomashyosi binokorlik materiallari ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirishga imkoniyat yaratadi.

Metallsozlik qishloq xo‘jaligi, sa  noat va transport ehtiyojlariga xizmat qiladi. Taxia  tosh  dagi mexanika  zavodida  suzib yuradigan nasoslar  tuzatiladi. Buxoro gazi va undan chiqqan neft, kaliyli, magniyli tuz konlari, ohak va fosforit konlari negizida kimyo sanoati rivojlanmoqda.

Sanoatning ­asosiy­ tarmoq­lari: elektroenergetika, kimyo va gaz-kimyo, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat, un-yorma.

Shaharlari. Respublikada 12 ta shahar bor. Nukus – Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti, sanoat va madaniyat markazi hisoblanadi. Shahar 1932-yilda kichik ovul o‘rnida barpo bo‘ldi. Geografik o‘rnining qulayligi tufayli 1939-yilda respublikaning poytaxti To‘rtko‘ldan Nukusga ko‘chdi. Amudaryoda  qurilgan  gidrotexnik  to‘g‘on  orqali Nukusga temiryo‘l va avtomobil yo‘li o‘tkazildi. Shaharda poligrafiya kombinati, motor tuzatish, g‘isht zavodlari, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Nukusda 6 ta oliy o‘quv yurti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Nukus davlat pedagogika  instituti, shuningdek, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Nukus filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Taxiatosh  shu  nomdagi  IES  qurilishi munosabati  bilan  1952-yilda qad ko‘tardi. U energetiklar, gidrotexniklar, muhandislar va suvchilar shahridir. Taxiatosh  yaqinida Amudaryoga qurilgan  yirik  gidrotexnik to‘g‘on shahar xo‘jaligini yanada yuksaltirdi. Kelajakda Taxiatosh, asosan, binokorlik materiallari ishlab chiqaruvchi markaz sifatida yanada rivojlanadi, unda yangi korxonalar quriladi.

Mo‘ynoq Orol dengizi sohilidagi sobiq port shahar. Orol suv sathining keskin pasayib ketishi oqibatida shahar dengizdan uzoqda qolib ketdi. Natijada shahar xo‘jaligi butkul o‘zgardi.

Beruniy Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida  joylashgan muhim sanoat markazidir. Shahar avtomobil yo‘li orqali Nukus bilan bog‘langan. Paxta tozalash va yog‘ zavodlari shaharning asosiy korxonalari hisoblanadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.