Quyi Amudaryo iqtisodiy geografik rayoni 

11 464

Iqtisodiy geografik o‘rni. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat.


Aholisi. Quyi Amudaryo  iqtisodiy  rayonining obikor  yerlari  qadimdan  aholi  zich  yashab kelgan vohalardandir. Xorazm vohasida qadim zamonlardan buyon dehqonchilik  bilan shug‘ullanib  kelingan. Aholi  rayon  hududida  notekis  joylashgan. Tabiiy tafovutlar aholining joylashuviga ta’sir etgan. Aholi Orol dengiziga tomon kamayib boradi.

Nukus, Chimboy, Urganch, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jayli shaharlarining o‘sishi hamda qishloqlarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi hisobiga shaharchalarning  vujudga kelishi natijasida shahar aholisi tobora ko‘payib bormoqda.


Xo‘jaligi. Iqtisodiy rayon xo‘jaligining asosini qishloq xo‘jaligi tashkil etadi. O‘zbekistondagi qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning 6 foizi shu rayon hissasiga to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlarning deyarli 90 foizi yaylovlardan iborat. Sho‘rxok yerlar, qumlar, ko‘llar, botqoqliklar ham katta maydonlarni tashkil etadi.

Aholi paxtadan tashqari pillachilik, qorako‘lchilik, mevachilik, uzumchilik, polizchilik, sholi yetishtirish bilan ham shug‘ullanadi. Iqtisodiy rayon mamlakatda yetishtirilayotgan sholining yarmidan ko‘pini beradi.

Amudaryo  etaklarida  dehqonchilik  negizida  chorvachilik  ham  rivojlangan. Qadimgi  va serdaromad  tarmoqlardan  biri  pillachilik  paxtachilik bilan bog‘liq holda obikor dehqonchilik xo‘jaliklarida olib boriladi. Cho‘l yaylovlarida yil bo‘yi qorako‘l qo‘ylari boqiladi. To‘qaylarda yilqi boqiladi.

Sanoati.  Iqtisodiy  rayon  sanoati  oziq-ovqat va yengil sanoat tarmoqlaridan iborat. Yengil sanoatda  paxta  tozalash  zavodlarining salmog‘i katta.

Energiya  tanqisligini bartaraf qilish, rivojlanayotgan  sanoat  va  qishloq  xo‘jaligini  energiya bilan  ta’minlash uchun Taxiatosh  IES va  tarkibida GES bo‘lgan Tuyamo‘yin  gidrouzeli barpo etildi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni mamlakat energetika tizimidan energiya oladi.

Мustаqillik  yillаridа  bu  zаmindа  аmаlgа  оshirilgаn  ulkаn  iqtisоdiy-ijtimоiy  o‘zgаrishlаr, qurilish  vа  оbоdоnchilik  ishlаrini  sаnаb  аdоg‘igа yеtib bo‘lmаydi. O‘rtа Оsiyodа yagоnа bo‘lgаn, sаhrо bаg‘ridаgi mo‘jizа dеb nоm оlgаn Qo‘ng‘irоt sоdа zаvоdi, Хo‘jаyli shishа zаvоdi, «Маrkаziy Оsiyo bеzаk tоshlаri» qo‘shmа kоrхоnаsi, Qo‘ng‘irоtdаgi kаrbid, Nukusdаgi mаrmаr vа kаbеl  zаvоdlаri, O‘rgа gаz kоni, «Eltеks» vа «Каtеks» mаjmuаlаri kаbi zаmоnаviy ishlаb chiqаrish оbyеktlаri, 345 kilоmеtrlik Nаvоiy – Nukus tеmir yo‘li, Nukus bilаn Хo‘jаylini bоg‘lаydigаn ulkаn ko‘prik, Qo‘ng‘irоt аvtоmоbil yo‘li, o‘nlаb umumtа’lim mаktаblаri, litsеy vа kоllеjlаr,  bоlаlаr  spоrti,  bоlаlаr musiqа  vа  sаn’аt mаktаblаri  singаri ko‘plаb inshооtlаr – bulаrning bаrchаsi istiqlоl mеvаsidir.

Мilliy аvtоmаgistrаl qurilishidа ro‘y bеrgаn ulkаn vоqеаlаrdаn biri – bu shu yo‘lning Nukus shаhrigа kirаvеrishidа yangi ko‘prik vа chоrrаhа yo‘lning qurilishidir.

Ustyurt  gаz-kimyo mаjmuаga  gazni  taqsimlaydigan,  etilen,  polietilen,  polipropilen  ishlab chiqaradigan  va  energiya manbalari  bilan ta’minlaydigan  jami beshta  zavod,  shuningdek, zamonaviy  infratuzilma obyektlari barpo etilgan.

Iqtisodiy rayon ichki hamda tashqi aloqada transportning deyarli barcha turlaridan foydalaniladi. Temiryo‘l va avtomobil transportining yuksalishi tufayli suv transporti ahamiyatini yo‘qotib bormoqda. Iqtisodiy rayonning mamlakatimizning  boshqa  hududlari  va xorijiy  davlatlar  bilan  aloqalari yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.