Идет загрузка...
Идет загрузка...

Sirdaryo viloyati 

6 822

Maydoni 4,3 ming km.kv. Aholisi 829 ming 900 kishidan ortiq (2019-yil 1-yanvar holati). Sirdaryo viloyatida 8 ta tuman, 5 ta shahar va 21 ta shaharcha mavjud. 

Sirdaryo viloyati Mirzacho‘lning o‘zlashtirilgan qismlarini hamda qisman  Qizilqum yerlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatda o‘zlashtirishga yaroqli yerlar  ko‘p. Ammo tabiatiga xos ayrim noqulayliklar tufayli dehqonchilikda ko‘pgina mehnat, mablag‘ sarflashga to‘g‘ri keladi. Tabiatning noqulayliklarini bartaraf  etmoq uchun ihota daraxtzorlari barpo etish, yerosti suvlarini zovurlar qazib  qo  chirish va tuproqni yuvib turish talab etiladi. Sirdaryo viloyatida mamlakat aholisining 2,5 foizi yashaydi. Aholining 90%  dan ziyodi sug‘oriladigan hudud  larda joylashgan. Yangi yerlarni o‘zlash  tirish  maqsadida boshqa viloyatlardan ishchi kuchlari jalb etilgan. Endilikda viloyat  o‘z ishchi kuchlari bilan ma’lum darajada ta’minlangan.

Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, donchilik, polizchilik, go‘sht-sut chorvachiligi.
Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, yengil (paxta tozalash), oziq-ovqat, un-yorma.

Viloyat xo‘jalik negizini qishloq  xo‘jaligi tashkil qiladi. Ekin maydonlarining kattaligi jihatidan viloyat respublikada oldingi o‘rinda  turadi. Ekin maydonlarining deyarli yarmiga paxta ekiladi. Undan  keyingi o‘rinlarda don, ozuqa, meva-sabzavot va poliz ekinlari turadi. Guliston va Xovos tumanlarida sab zavot va poliz ekinlari yetishtiriladi. Bog‘  dorchilik va uzumchilik ham rivojlangan. Viloyatda sanoat zalvori bo‘yi cha  qish loq  xo‘jali gidan keyin turadi.  Bugungi kunda 80 dan ortiq sanoat kor  xonasi mavjud. Viloyat sanoatining asosini elektr energiya ishlab chiqarish tashkil etadi. Shirin shahridagi Sirdaryo IES, Guliston shahridagi yog‘-ekstraksiya zavodi, Yangiyer shahri  dagi qurilish mate  rial  lari va konstruk  siyalari kombinati va  viloyat paxta toza  lash zavodlari yirik sanoat kor  xonalari hisoblanadi. Viloyatda  o‘nlab qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Shaharlari. Viloyatda 5 ta shahar bor. Guliston – viloyatning ma’muriy  markazi. Shahar temiryo‘l va magistral avtomobil yo‘li ustida joylashgan. U  shahar maqomini olganiga yarim asrdan oshdi. Shaharda paxta tozalash, yog‘- ekstraksiya, non zavodlari va elevator ishlab turibdi. Shaharda universitet, bir  necha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari va boshqa madaniy-maishiy muassasalar bor.  

Yangiyer (37 ming kishi) 1957-yilda bunyod bo‘lgan. Shaharda sopol quvurlar hamda yuqori bosimga chidamli quvurlar ishlab chiqaradigan zavod, temir-beton buyumlari kombinati bor. Kombinat elektr machtalari, beton tarnov (lotok)lar va unga mo‘ljallangan taglik ishlab chiqaradi. Shaharning geografik o‘rniga xos noqulayliklar uning rivojlanishiga salbiy ta’sir etmoqda.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.

Оставить комментарий

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив