Yoqilg`i sanoati 

17 562

  Gaz sanoati. Yoqilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘i bo‘lgan gaz sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz — yoqilg‘ining juda arzon turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho kimyoviy xomashyo hamdir. Yoqilg‘ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni eng kam ifloslantiradi.
  Mamlakatimizda ko‘mir va neftga nisbatan tabiiy gaz ancha ko‘p. Aniqlangan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin. Gaz konlari neft konlari bilan yonma-yon joylashgan. Gazning ozroq qismi (yo‘ldosh gaz) neft bilan birga qazib chiqariladi, lekin gazning asosiy qismi sof gaz konlaridan olinadi. Respublikamizda o‘tgan asming o‘rtalarida dastlab Farg‘ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‘ldosh gazdan sanoatda va aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi.
  1950-yillarda O‘zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib chiqarilgan bo‘Isa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan ortadi. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‘i balansida jiddiy o‘zgarish yuz berdi. 
  Farg‘ona vodiysidan tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo vilo- yatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz konlari topilishi natijasida O`zbekiston gazni eksport qila boshladi.
 Gaz quvurlar orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday yoqilg‘ini tashishdan arzon tushadi.
  Gaz quvurlarining uzunligi tez oshib bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari Farg‘ona vodiysida qurilgan edi. 0‘zbekistonda issiq kunlar ko‘pligidan faqat qish kunlari gaz ko‘p talab qilinadi. Gazni ko‘p iste’mol qiladigan Toshkent, Farg‘ona, Andijon kabi shaharlarda yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‘ib qo‘yib qishda foydalaniladi. Gaz sifatli yoqilg‘igina emas, balki kimyo sanoatining qimmatli xomashyosi hamdir. Gazga bo‘lgan talab kimyo, issiqlik elektr stansiyalari va maishiy xo‘jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‘ra qo‘shimcha gaz chiqarish yo‘llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz o‘tkazish imkoniyati oshirilmoqda.
  Neft sanoati. Neftsiz hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin emas. Neft xom holida ishlatilmaydi. Qayta ishlash natijasida undan turli xil yoqilg‘i, ya’ni kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qazib chiqarish xarajati ko‘mimi qazib chiqarish xarajatidan o‘rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan keng foydalanish juda ko‘p mablag‘ni tejashga imkon beradi.
  Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 tonna neft qazib chiqarish) uchun ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat mahsulot tannarxi deyiladi.
  Neftning tannarxi u qanday chuqurlikdan olinayotganligidan ko‘ra konning neftga qanchalik boyligiga bog‘liq. Neft qazib olishning eng arzon usuli fontan usuli bo‘lib, bunda neft quduqlardan kondagi bosim tufayli otilib chiqadi. Bosim kamaygan holda uni turli usullar bilan ko‘tarib turiladi. Neftni nasoslar yordamida chiqarib olish ham keng tarqalgan. Gaz singari neftni ham quvurlar orqali yuborish uni tashishning eng arzon va xavfsiz usulidir (temiryo Ida tashishga nisbatan 4 barobar arzonga tushadi). Quvur transporti neftni iste’molchilarga bir maromda yetkazib berishni ta’minlaydi. Turli transport vositalariga ortish- tushirishdagi muqarrar isrofgarchilikka barham beriladi.
  Ilgarigi vaqtda neft qayerda qazib chiqarilsa, o‘sha yerda qayta ishlanar edi. Hozirda neftni qayta ishlash sanoati mahsulotlari qayerda ko‘p iste’mol qilinsa, neft o‘sha yerga yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday qilinmasa, neft mahsulotlarining har bir turini yuborish uchun alohida quvurlar kerak bo‘lib, transport xarajatlari qimmatlashib ketadi.
 Qazib olinayotgan neftni Farg‘ona va Oltiariq neft zavodlari qayta ishlashga ulgurolmay qoldi. Holbuki, mustaqillikkacha zavod quvvatidan to‘la foydalanish maqsadida Turkrnanistondan temiryo‘l orqali neft keltirilardi. Jarqo‘rg‘on konidan olinayotgan neftda moy va parafin ko‘pligidan uni qayta ishlanmay, faqat yo‘l qurilishida foydalaniladi.
  Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida ko‘plab gaz-neft konlari topilmoqda. Jumladan, 1992-yilda Namangan viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. Neftga bo‘lgan ehtiyojning uzluksiz ortayotganligini hisobga olib, Buxoro viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlay oladigan kombinat qurildi. Bu korxona 1997-yildan mahsulot bera boshladi. Hozir 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
  O‘zbekistonda yiliga 3-4 mln tonna neft va gaz kondensati qazib chiqarilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari bir yilda 11 mln tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega.
 Rivojlangan mamlakatlarga qiyoslaganda bizda energiya iste’moli tarkibida neft mahsulotlarining ulushi ancha yuqori. Yoqilg‘i-energetika balansida neft mahsulotlari ulushi kelgusida kamayishi zarur. Buning uchun mavjud avtomobil va traktorlami yangi tejamkor texnologiya bilan jihozlash kerak bo‘ladi. Bu ko‘p mablag‘ talab etadigan va ancha murakkab vazifa. Binobarin, yaqin o‘n yilliklarda ham yoqilg‘i-energetika balansida neftning ulushi barqaror saqlanib turadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.