Yoqilg`i sanoati
Gaz
sanoati. Yoqilg‘i sanoatining eng yosh tarmog‘i bo‘lgan gaz
sanoati keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Gaz — yoqilg‘ining juda arzon
turi. Gazdan sanoatda ham, maishiy hayotda ham foydalaniladi. Gaz qimmatbaho
kimyoviy xomashyo hamdir. Yoqilg‘ining boshqa turlariga qaraganda gaz havoni
eng kam ifloslantiradi.
Mamlakatimizda ko‘mir va neftga nisbatan tabiiy gaz
ancha ko‘p. Aniqlangan gaz zaxiralari 2 trillion kub metrga yaqin.
Gaz konlari neft konlari bilan yonma-yon joylashgan. Gazning ozroq qismi
(yo‘ldosh gaz) neft bilan birga qazib chiqariladi, lekin gazning asosiy qismi
sof gaz konlaridan olinadi. Respublikamizda o‘tgan asming o‘rtalarida dastlab
Farg‘ona vodiysidagi neft konlarida uchraydigan yo‘ldosh gazdan sanoatda va
aholining maishiy ehtiyojida foydalanila boshlandi.
1950-yillarda O‘zbekistonda jami 9 mln kub metr tabiiy gaz qazib
chiqarilgan bo‘Isa, endilikda yiliga qazib olinayotgan gaz 60 mlrd kub metrdan
ortadi. Tabiiy gazdan foydalanish tufayli mamlakat yoqilg‘i balansida jiddiy
o‘zgarish yuz berdi.
Farg‘ona vodiysidan
tashqari Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo vilo- yatlari hamda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidan boy tabiiy gaz konlari topilishi natijasida
O`zbekiston gazni eksport qila boshladi.
Gaz quvurlar
orqali yuborilishi sababli transport xarajati har qanday yoqilg‘ini tashishdan
arzon tushadi.
Gaz quvurlarining
uzunligi tez oshib bormoqda. Dastlabki tabiiy gaz quvurlari Farg‘ona vodiysida
qurilgan edi. 0‘zbekistonda issiq kunlar ko‘pligidan faqat qish kunlari gaz
ko‘p talab qilinadi. Gazni ko‘p iste’mol qiladigan Toshkent, Farg‘ona, Andijon kabi shaharlarda
yozda tejalgan gazni yerosti omborlariga yig‘ib qo‘yib qishda foydalaniladi.
Gaz sifatli yoqilg‘igina emas, balki kimyo sanoatining qimmatli xomashyosi
hamdir. Gazga bo‘lgan talab kimyo, issiqlik elektr stansiyalari va maishiy
xo‘jalikda tobora ortib bormoqda. Shunga ko‘ra qo‘shimcha gaz chiqarish
yo‘llari izlanmoqda, gaz quvurlarining gaz o‘tkazish imkoniyati oshirilmoqda.
Neft sanoati. Neftsiz
hozirgi zamon iqtisodiyotini yuritish mumkin emas. Neft xom holida
ishlatilmaydi. Qayta ishlash natijasida undan turli xil yoqilg‘i, ya’ni
kimyoviy mahsulotlar olinadi. Neftni qazib chiqarish xarajati ko‘mimi qazib
chiqarish xarajatidan o‘rta hisobda 4 barobar kam. Milliy iqtisodiyotda neftdan
keng foydalanish juda ko‘p mablag‘ni tejashga imkon beradi.
Mahsulot birligini olish (aytaylik, 1 tonna neft qazib
chiqarish) uchun ketadigan pulda ifodalangan hamma xarajat mahsulot tannarxi deyiladi.
Neftning tannarxi u
qanday chuqurlikdan olinayotganligidan ko‘ra konning neftga qanchalik boyligiga
bog‘liq. Neft qazib olishning eng arzon usuli fontan usuli bo‘lib, bunda neft
quduqlardan kondagi bosim tufayli otilib chiqadi. Bosim kamaygan holda uni
turli usullar bilan ko‘tarib turiladi. Neftni nasoslar yordamida chiqarib
olish ham keng tarqalgan. Gaz singari neftni ham quvurlar orqali yuborish uni
tashishning eng arzon va xavfsiz usulidir (temiryo Ida tashishga nisbatan 4 barobar
arzonga tushadi). Quvur transporti
neftni iste’molchilarga bir maromda yetkazib berishni ta’minlaydi. Turli
transport vositalariga ortish- tushirishdagi muqarrar isrofgarchilikka barham
beriladi.
Ilgarigi vaqtda neft
qayerda qazib chiqarilsa, o‘sha yerda qayta ishlanar edi. Hozirda neftni qayta
ishlash sanoati mahsulotlari qayerda ko‘p iste’mol qilinsa, neft o‘sha yerga
yetkazilib, qayta ishlanadi. Bunday qilinmasa, neft mahsulotlarining har bir turini yuborish uchun alohida quvurlar kerak bo‘lib, transport xarajatlari qimmatlashib ketadi.
Qazib olinayotgan neftni Farg‘ona va Oltiariq neft zavodlari qayta ishlashga ulgurolmay qoldi. Holbuki, mustaqillikkacha zavod quvvatidan to‘la foydalanish maqsadida Turkrnanistondan temiryo‘l orqali neft keltirilardi. Jarqo‘rg‘on konidan olinayotgan neftda moy va parafin ko‘pligidan uni qayta ishlanmay, faqat yo‘l qurilishida
foydalaniladi.
Mamlakatimizda olib borilgan geologiya qidiruv ishlari natijasida
ko‘plab gaz-neft konlari topilmoqda. Jumladan, 1992-yilda Namangan viloyatida yirik Mingbuloq neft koni ochildi. Neftga bo‘lgan ehtiyojning uzluksiz ortayotganligini hisobga olib,
Buxoro viloyatida yiliga 5 mln tonna neftni qayta ishlay oladigan kombinat qurildi. Bu korxona 1997-yildan mahsulot bera boshladi. Hozir 50 turdan ortiq neft mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
O‘zbekistonda yiliga 3-4 mln tonna neft va gaz kondensati qazib
chiqarilmoqda. Neftni qayta ishlash korxonalari bir yilda 11 mln tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega.
Rivojlangan
mamlakatlarga qiyoslaganda bizda energiya iste’moli tarkibida neft
mahsulotlarining ulushi ancha yuqori. Yoqilg‘i-energetika balansida neft
mahsulotlari ulushi kelgusida kamayishi zarur. Buning uchun mavjud avtomobil va
traktorlami yangi tejamkor texnologiya bilan jihozlash kerak bo‘ladi. Bu ko‘p
mablag‘ talab etadigan va ancha murakkab vazifa. Binobarin, yaqin o‘n
yilliklarda ham yoqilg‘i-energetika balansida neftning ulushi barqaror saqlanib
turadi.
Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.