Yoqilg`i-energetika-kimyo majmuasi 

1895

  Bu majmuaga yoqilg‘i (yoqilg‘ini qazib olish va unga ishlov berish), elektroenergetika hamda kimyo sanoatlari kiradi. Elektr energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish mamlakat iqtisodiyoti yuksalishining muhim omili hisoblanadi. Olimlar quyosh, shamol, geotermal, issiq buloqlar energiyasi kabi bitmas-tuganmas energiya manbalaridan keng miqyosda foydalanish yo‘llarini izlamoqda.
 Energetika boyliklariga yoqilg‘i boyliklari (ko‘mir, neft, gaz, torf, slanes, o‘tin) va gidroenergiya boyligi (daryoning yuqoridan tushayotgan suvining energiyasi) kiradi. Yoqilg‘i boyliklari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlari uchun energiyaning asosiy manbayidir. Yoqilg‘i turli xillarining salmog‘ini taqqoslash uchun ular shartli yoqilg‘iga aylantiriladi.
  Shartli yoqilg`i deb 1 kg toshko‘mir yonganda hosil bo‘ladigan С (7 mln kal) energiyaga aytiladi. Uning issiqlik koeffitsient darajasi 1 ga teng. Boshqa yoqilg‘ilar yonganda hosil qiladigan issiqlik 1 kg toshko‘mirning issiqlik koeffitsienti, ya’ni 1 ga qiyosan baholanadi (1-jadval).
  Issiqligi (kaloriyasi) kam bo‘lgan yoqilg‘ilar (torf, slanes, qo‘ng‘ir ko‘mir) qazib olingan joyda foydalanilishi maqsadga muvofiq. Chunki ular uzoq masofalarga tashilganda qimmatga tushadi. Shu sababli ular mahalliy yoqilg‘i hisoblanadi. Yoqilg‘i boyliklarining qiymati faqat kaloriyasigagina bog‘liq bo‘lmay, foydalanish imkoniyatiga, qazib chiqarish xarajatiga ham bogiiq. Eng tejamli yoqilg‘i neft va gazdir, chunki ulami qazib chiqarish va ishlatiladigan joyga quvurlar orqali yuborish arzon tushadi. Shunga ko‘ra turli xil yoqilg‘ini qazib chiqarish va undan foydalanish ko‘lami davriy o‘zgarib turadi.
Turli xil yoqilg‘ilami qazib chiqarish va ishlab chiqarilgan energiya (kirim) hamda ulardan iqtisodiyotda foydalanish (sarf qilish) nisbati yoqilg‘i-energetika balansi deyiladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash