Yuklanmoqda...

O`zbekistonning tarmoqlararo majmualari 

1254

  Mustaqillikkacha yurtimiz, asosan, paxtachilik va qorako‘lchilikkagina ixtisoslashgan bo‘lsa, endilikda O‘zbekiston iqtisodiyoti yuzlab ixtisoslashgan tarmoqlarga ega.
  Sanoat — milliy iqtisodiyotning moddiy ne’matlar ishlab chiqaruvchi muhim tarmog‘idir. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida texnika taraqqiyoti sanoatga bog‘liq. Sanoatning rivojlanishi bilan yangi aholi punktlari, transport yo‘llari vujudga keladi. Qishloq xo‘jaligi, qurilish, savdo-sotiqning taraqqiyot darajasi o‘sadi, sanoatning rivojlanishi bilan tabiatdan foydalanish ham jiddiy o‘zgaradi.
  Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari singari sanoat ham turli joylardagi korxona (zavod, kon, elektr stansiya kabi)lardan iborat. Sanoat korxonalarining aksariyat qismi davlat mulki bo‘lib keldi va bugungi kunda ular xususiylashtirilmoqda. Xususiylashgan sanoat korxonalari bozor munosabatlariga xos talab va taklif asosida ishlaydi. Bu jarayon sanoatning rivojlanish dinamikasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda 0‘zbekiston sanoatida gaz qazib chiqarish, rangli metallurgiya, mashinasozlik va metallga ishlov berish, yengil va oziq-ovqat sanoatlari yetakchilik qilmoqda.
  Korxonalar har xil kattalikda bo‘ladi. Masalan, aksariyat tikuvchilik kor­xonalari birgina binoga joylashsa, neftni qayta ishlash va metallurgiya kombinatlari kabi korxonalar o‘rtacha kattalikdagi shahar maydoniga teng hududni egallaydi.
 Texnika taraqqiyoti davrida mehnat unumdorligini oshirishda ishlab chiqa- rishni markazlashtirishdan foydalanildi.
 Ishlab chiqarishning markazlashuvi — ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planishi.
  Biroq o‘tgan asming o‘rtalarida vujudga kelgan ishlab chiqarishni tashkil etishning bu shakli endilikda ijtimoiy va ekologik muammolaming kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
  Ma’lumki, mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi qishloqlarda yashaydi. Qishloq aholisini ish bilan ta’minlash uchun ixtisoslashgan korxonalami ko‘proq qishloq joylarda barpo qilgan ma’qul. Shu bois, ulkan kombinatlardan ko‘ra tor ixtisosdagi o‘rtacha hamda kichik korxonalar barpo etishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida ixtisoslashuv, ya’ni ishlab chiqarishning asosan bir xil mahsulot chiqaradigan tashkiliy shakli vujudga keladi. Ixtisoslashgan korxonalarda ishchilarning mehnat malakalaridan yaxshiroq foydalaniladi, mahsulot birligiga qilinadigan sarf kam bo‘ladi va pirovard natijada mehnat unumdorligiga erishiladi. Bunday ixtisoslashgan korxona o‘ziga xomashyo, detallar, mashina qismlari va boshqalami yetkazib beradigan boshqa korxonalar bilan kooperativlashuv aloqalarini o‘matadi.
  Kooperativlashuv (hamkorlik) — tayyor mahsulot tayyorlashda bir qancha korxona qatnashadigan ishlab chiqarish shakli.
  Ixtisoslashuv va kooperativlashuv ijtimoiy mehnat unumdorligini oshiradi. Fan-texnika kashfiyotlarini ishlab chiqarishga peshma-pesh tatbiq qilish uchun ilmiy ishlab chiqarish birlashmalari tashkil qilinadi. Bunda mashinalar va materiallarning yangi turlarini yaratuvchi ilmiy tadqiqot institutlari bilan ularni ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zaro birlashadi. Shu bilan birga turli tarmoqlar o‘rtasida ishlab chiqarish aloqalarining kuchayishi ro‘y beradi. Ishlab chiqarish jarayoni o‘zaro bog‘langan tarmoqlar- dan tarmoqlararo majmualar tarkib topadi. 
  Majmua — ishlab chiqarishni tashkil etishning iqtisodiy samarador- likka qaratilgan muhim shakli.
  Majmuada qaysi tarmoq muhim, yetakchi bo‘lsa, tarmoqlararo majmua shu nomda ataladi. Hozirda 0‘zbekiston milliy iqtisodiyotida bir necha tarmoq­lararo majmualar shakllangan. Keyingi mavzularda ulami birma-bir ko‘rib chiqamiz.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash