Yuklanmoqda...

Aholi punktlari 

1816

 Tabiiy sharoit, kishilar mashg‘uloti hamda turli iqtisodiy-ijtimoiy, tarixiy omillar ta’sirida shahar, shaharcha, qishloq, ovul ko‘rinishidagi aholi punktlari tarkib topgan.
  Mamlakatimizda119 ta shahar, 1065 ta shaharcha hamda 11 mingdan ortiq qishloq va ovulbor.
 Shahar qiyofasidagi Samarqand, Qo‘qon, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi aholi punktlari hunarmandchilik va savdo-sotiq paydo bo‘lganidan so‘ng vujudga kelgan. Ular dunyodagi eng qadimiy shaharlardan hisoblanadi.
  XX asr boshlarida 0‘zbekiston hududida 20 ga yaqin shahar bo‘lgan, ular daryo hamda soy bo‘ylarida yoki karvon yo‘llarida vujudga kelgan. Jahongashta arab sayyohi Ibn Battuta o‘rta asrdagi shaharlarimiz go‘zalligini tasvirlagan, undan zavq olgan: «Biz sahroni kesib о ‘tib Xorazmga keldik. Bu turkiylarning katta, muhim, chiroyli va ulug ‘vor shahri bo ‘lib, ajoyib bozorlari, keng ко ‘chalari juda ко ‘p, imoratlari jozibador, ко ‘rkam joylari bor. Shaharda hayot qaynaydi, aholisi shunchalik kо‘pki, u mavjlanib turgan dengizni eslatadi». Ibn Battuta Samarqand shahri bo‘ylab sayr etarkan, uni shunday ta’riflaydi: «Samarqand — juda yirik va g ‘oyat go ‘zal shaharlardan biridir. U Voha al-Qassirin daryosining qirg‘og‘ida joylashgan. Daryo qirg‘og‘ida shunday ulkan saroylar va binolar qad ko‘tarib turadiki, ular Samarqand aholisining yuksak mahorat sohibi ekanligidan dalolatdir».
  Endilikda qadimiy shaharlarda turli davr me’morchilik namunalari bilan ko‘p qavatli ko‘rkam binolar, to‘g‘ri va keng ko‘chalar uyg‘unlashib ketdi.
  Shaharlar aholi soniga qarab katta shaharlar (aholisi 100 mingdan ortiq), yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq), juda yirik shaharlar (aholisi 500 mingdan ortiq) va «millioner shaharlar»ga ajratiladi. Ular bir qancha vazifalami (funksiyalami) bajaradi. Bunday shaharlar ko‘p funksiyali shaharlar deyiladi. Masalan, Toshkent - mamlakat poytaxti, sanoat shahri, transport tuguni, tarixiy-madaniy markaz. Samarqand esa viloyat markazi, sanoat markazi va tarixiy-madaniy markazdir.
  Ko‘p funksiyali shaharlar juda tez rivojlanadi, ular yonida yo‘ldosh shahar­lar vujudga kelib, aglomeratsiyalarni hosil qiladi. Toshkent mamlakatimizda eng katta shahar aglomeratsiyasidir.
  Aholi punktining shahar maqomini olish sharti turli mamlakatlarda turlichadir.
0‘zbekistonda aholi punkti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko‘p bo‘lishi, yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi va xizmatchilar hamda ulaming oilalaridan iborat bo‘lishi kerak.
 Aholi punktiga shahar maqomini berishda unda shahar turmush tarzi (urbanizatsiya)ning holati ham hisobga olinadi.
  Shaharchalar sanoat rivojlanayotgan, yangi o‘zlashtirilayotgan yerlarda vujudga keladi. Iskandar, Kegayli, Ulug‘bek, G‘ozg‘on, Zomin shaharchalari shular jumlasidandir. Bunday shaharchalaming ko‘pchiligida aholining aksariyati muayyan tarmoqdagina xizmat qiladi (neftchilar shaharchasi, konchilar shaharchasi).
 Yangi shaharlar va shaharchalar (Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq, Yangiobod, Navoiy, Gazli, Uchquduq, Taxiatosh, Zarafshon, Shirin va boshqalar) asosan foydali qazilmalar va suv quvvati boyliklari mavjud hududlarda bunyod bo‘lgan. Tohchiyon shaharchasi (Surxondaryo viloyati) ko‘mir koni negizida vujudga kelgan. Ular sanoat markazlaridandir. Yangi yerlarni o`zlashtirish, qishloq xo`jalik xomashyosini qayta ishlovchi sanoat negizida Yangiyo‘l, Guliston, Yangiyer kabi shaharlar qad ko‘tardi.
  Qishloq joylarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlantirilishi tufayli ko‘plab kichik sanoat korxonalari barpo etilmoqda. Yuqoridagi omillar tufayli endilikda ko‘pgina qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi. Natijada mustaqillikkacha 60 foiz aholisi qishloqda istiqomat qilgan agrar respublikada urbanizatsiya darajasi ko‘tarilib aholining yarmidan ortig‘i shaharlarda yashamoqda.
  Qishloq va ovullarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi kishilar, qishloq ziyolilari (agronom, shifokor, o‘qituvchi, madaniyat xodimlari) yashaydi. Tabiiy, iqtisodiy va tarixiy sabablarga ko‘ra mamlakatimizda qishloqlar bir-biriga yaqin joylashgan va aholisi ko‘p. Katta qishloqlarda zamonaviy maktablar, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, madaniy-maishiy muassasalar, shifoxonalar jadal qurilmoqda. Ular tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. Shu tariqa qishloq aholisining turmush sharoiti shaharliklaming turmush tarziga yaqinlashmoqda.
   Aholi punktlarini yuksaltirishda quyidagilar e’tiborda bo‘ladi:
  • shaharlami rejalashtirishda kishilarning turarjoyi bilan ish joyi orasi 4-5 km dan uzoq bo‘lmasligi;
  • qadimiy shaharlami zamonaviy qulayliklarga ega qilib qayta qurish;
  • yirik shaharlarda aholi ko‘payib ketishi hamda ekologik vaziyatning buzilishiga sabab bo‘ladigan korxonalar qurilishini cheklash va borlarini ko‘chirish.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash