Toshkent shahri 

31 420

Toshkent –  O‘zbekistonning  poytaxti, Мarkaziy Оsiyodagi eng yirik siyosiy-iqtisodiy va madaniy markaz bo‘lib, unda 2,3 mln kishi  yashaydi. Bugun Тоshkеnt nafaqat stratеgik хalqarо mavqеga ega bo‘lgan siyosiy markaz, balki Мarkaziy Оsiyoning yirik sanоat-transpоrt chоrrahasidagi  muhim iqtisоdiy mеgapоlisdir.

O‘zbekiston Prezidentining qarorgohi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy  Majlisi, Vazirlar Mahkamasi, shuningdek, xorijiy elchixonalar, BMT va uning  tarkibidagi xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari Toshkentda joylashgan. Shaharsharqona tafakkur bo‘yicha qayta qurilmoqda.

Toshkent shahri mamlakat iqtisоdiyotiningturli  sоhalarida yеtakchi o‘ringa ega. Хususan, rеspublikada ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki  mahsulоtning 16,9 fоizi, sanоat ishlab chiqarishning 14,7 fоizi, invеstitsiyalarning 19,9 fоizi, savdо aylanmasining 26,8 fоizi, хizmatlarning  29,3 fоizi, tashqi savdо aylanmasining 35 fоizi, ekspоrtning 27,5 fоizi  pоytaхt hissasiga to‘g‘ri kеladi (2012-yil).

Pоytaхt iqtisоdiyotining yеtakchi tarmоg‘i hisоblangan sanоatning o‘rni har  dоimgidеk salmоqli bo‘lib qоlmоqda. Sanоat kоrхоnalari nafaqat katta quvvatga ega, balki ishlab chiqarish tехnоlоgiyasi ham yuqoridir.  
Shahar energetikasi Chirchiq–Bo‘zsuv gidroelektrostansiyalar tizimi va Toshkent IESga tayanadi. Ular mamlakat yagona energetika tizimiga ulangan. 

Toshkent muhim transport tugunidir. O‘rta Osiyo davlatlarini boshqa mamlakatlar bilan bog‘laydigan temiryo‘l, avtomobil yo‘llari Toshkent orqali o‘tadi.  Shahar atrofidagi rayonlar bilan elektrpoyezd orqali ham bog‘langan. Toshkent  havo yo‘li orqali xorijiy davlatlarning 40 dan ortiq shaharlari bilan bog‘langan.Shaharda 2 ta temiryo‘l vokzali, 3 ta aeroport va Markaziy Osiyoda yagona  metropoliten mavjud. Umumiy uzunligi 36 km dan ortiq bo‘lganmetropoliten orqali yiliga 60 mln dan ortiq yo‘lovchi tashiladi. 

Toshkent - butun Markaziy Osiyoda eng yirik ilmiy-madaniy markaz hisoblanadi. Toshkentda O‘zbekiston Fanlar akade  miyasi, Qishloq xo‘jaligi Fanlar  akademiyasi, o‘nlab ilmiy-tadqiqot  institutlari, 32 ta oliy o‘quv yurti bor.  UNESKO tashkiloti tomonidan 2007-yilda Toshkent Islom madaniyati poytaxti deb e’tirof etildi. Shaharda 500  ga yaqin maktab, akademik litsey va  kasb-hunar kollejlari, ko‘plab teatr va konsert zallari, sirk, zamonaviy stadion va boshqalar mavjud. Toshkent ta’sirida, poytaxtga tutash tumanlarda urbanizatsiya jarayoni  jadallashmoqda.

Urbanizatsiya – ijtimoiy-iqtisodiy yuksalish va shahar aholisi salmog‘ining ortishi natijasida mamlakat hayotida shahar rolining kuchayishi.
Endilikda shahar maydoni 330 kv. km dan ortib, atrofidagi avtomobil halqa  yo‘lidan (64 km) tashqaridagi hududlarni ham qamrab olmoqda. 
Poytaxtning iqtisodiy va ijtimoiy ta’siri negizida undan 60–70 km radiusdagi hudud bo‘ylab 10 ta shahar va 20 ga yaqin shaharchadan iborat Toshkent  aglomeratsiyasi vujudga kelgan.

Aglomeratsiya – shaharlarning yirik shahar atrofida to‘planishi. Bu aholi punktlari asosan Chorvoqdan Sirdaryogacha bo‘lgan oraliqdagi  yo‘llar atrofida joylashgan. Ular Toshkent taraqqiyotini tartibga solish uchun muhim qulayliklar yaratadi.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.