Shuhrat Zokirov 

5 726

 

Zokirov Shuhrat Solihovich
Mirzo Ulug`bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti geografiya fakulteti tabiiy geografiya va geografiya ta’limi metodikasi kafedrasi dotsenti
  Sh.S.Zokirov tabiiy geografiya va landshaftshunoslik sohasi bo’yicha O’zbekiston va chet ellarda taniqli olim. Uning o’ndan ortiq kitoblari, 150 dan ortiq ilmiy maqolalari tabiiy geografiya va landshaftshunoslik sohasida samarali foydalanish masalalariga bag`ishlangan. Muallif mazkur ishlarida  tabiiy geografiya fanidagi ilmiy-nazariy qarashlarni yanada rivojlantirgan. Umumiy mehnat staji 45 yil. Mazkur lavozimda 1980-yildan buyon ishlab kelmoqda.
 Olim respublikamiz universitetlarining geografiya fakultetida o’qitiladigan "Landshaftshunoslik asoslari”, "Tabiiy geografiyaning asosiy muammolari” fanlarining namunaviy o’quv dasturlarini tuzdi. Uning hammualliflikda yaratgan "Agroklimaticheskiye usloviya selskogo xozyaystva Uzbekistana” monografiyasi,  "Landshaftshunoslik asoslari”, "Antropogen va amaliy landshaftshunoslik”, "Kichik hududlar tabiiy geografiyasi” kabi kitoblaridan oliy o’quv yurtlarida o’quv qo’llanma sifatida foydalanilmoqda.
  So’nggi 5 yil davomida u 8 ta ma’ruzalar matni, 20 ga yaqin ilmiy maqolalar,  undan 4 ta xalqaro  va 16 ta respublika ilmiy anjumanlari tezislarini yaratdi. Hozirda ulardan mamlakatimiz va qo’shni davlatlar oliy ta’lim tizimida  landshaftshunoslik va tabiiy geografiya yo’nalishi bo’yicha  ilmiy tadqiqot ishlari olib boruvchi mutaxassislar   keng foydalanilib kelmoqdalar.
  Uning rahbarligida 2 ta nomzodlik, 100 dan ortiq bakalavrlik ishlari tayyorlangan. Ayni kunda 1 ta aspirant va 2 ta magistr ilmiy tadqiqot ishlarini  Sh.Zokirov rahbarligida olib bormoqdalar.
  Hozirgi kunda Sh.S.Zokirov rahbarligida Orolbo’yi regionini tabiiy geografik rayonlashtirish va tabiiy geografiya sohasi bo’yicha monografiya yaratish ustida ish olib bormoqda. 
  Mustaqillik yillarida yangi ochilgan 10 ga yaqin magistratura mutaxassisliklarining Davlat ta’lim standartlari, namunaviy o’quv rejalari va fanlarning namunaviy dasturlari O’zMUda Sh.Zokirov rahbarligida ishlab chiqilgan. U o’qitishning  zamonaviy pedagogik texnologiyalari asosida zamon ruhi va milliy g`oya tamoyillari bilan uyg`unlashgan  holda talabalarga saboq beradi.  
 Sh.Zokirov O’zbekiston Geografiya jamiyatining axboroti ilmiy jurnali redkollegiyasi a’zosi, himoya kengashi qoshidagi ilmiy seminar a’zosi sifatida jamoat ishlarini sidqidildan bajarib kelmoqda.
 Sh.Zokirov kamtarinligi, insonparvarligi, vatanparvarligi, ayni kunda fidoyi, jonkuyar olim va ilmiy–ijodkorlik qobiliyati bilan respublikamiz ziyolilari orasida hurmat qozongan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.