Nikolay Prjevalskiy 

3 771

Nikolay Mixaylovich Prjevalskiy - taniqli rus sayyohi va tabiatshunosi, Rus geografiya jamiyati va Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi, Markaziy Osiyoga bir necha ekspeditsiyalarni tashkil etgan olim. U Smolensk guberniyasi Pochinkovo uyezdidagi Kimborovo qishlog`ida harbiy oilasida tug`ilgan. Yoshligidanoq sayohat qilishga qiziqqan Nikolay 1855-yilda Smolensk gimnaziyasini tugatdi. Keyinchalik besh yil davomida armiyada xizmat qilgan. Bu vaqtda bir necha bor ilmiy tadqiqot o`tkazish uchun Amur viloyatiga o`tkazishlarini surab murojaat qilgan va har safar rad javobini olgan.

  1861-yilda Bosh shtab akademiyasiga o`qishga kirib, shu yerda o`zining birinchi geografik asari «Amurbo`yi o`lkasining harbiy-geografik tavsifi»ni yozgan va bu ishi uchun Rus geografiya jamiyatining a’zosi etib saylangan. 1863-yilda akademiyani tugatib, Polshada Varshava yunkerlar bilim yurtida geografiya va tarixdan dars berdi. Shu bilan birga saviyasini oshirish uchun mustaqil ravishda ilmiy tadqiqotlar olib borishni ham to`xtatgani yo`q. Sayyoh bu yerda Afrikani tadqiq qilish tarixini chuqur o`rgangan hamda keyinchalik Pekinda nashr etilgan geografiya darsligini yozgan. Kam o`rganilgan mamlakatlar hududini geografik jihatdan chuqur tadqiq qilish olimning orzusi edi.
  N.Prjevalskiy 1867-yildan 1886-yilgacha ketma-ket beshta yirik ekspeditsiyani tashkil etgan: Ussuri o`lkasiga (1867-1869), Mo`g`uliston, Xitoy va Tibetga (1870-1873), Lobnor ko`li va Jungoriyaga (1876-1877), Markaziy Osiyoga va birinchi Tibet (1879-1880) va ikkinchi Tibet (1883-1885) sayohatlari.
  1867-yilda Prjevalskiy o`zi orzu qilgan Sharqiy Sibirga - Ussuri o`lkasiga xizmatga yuborilgan. Bu yerda u o`zining birinchi ekspeditsiyasini uyushtirib, Ussuri o`lkasi bo`ylab Busse stanitsasigacha bordi. Qushlarning quchib yurishi vaqtida unga boy ornitologik materiallar bergan Xanqa ko`lini o`rgangan. 1867- yilning oxirida sayyoh Janubiy Ussuri o`lkasini tadqiq qilib, uch oy da­vomida 1060 chaqirim, ya’ni qariyb 1100 km yo`l bosgan. Mazkur sayohati davomida olim aksariyati fanga noma’lum 300 dan ortiq o`simliklar va qush turlarini tasvirlagan. Uning bu sayohati natijasida «Amurbo`yi viloyati janubining chetdan kelgan aholisi haqida» va «Ussuriy o`lkasiga sayohat» asarlari yozilgan.
  1870-yilda N.Prjevalskiy Xitoy, Mo`g`uliston va Tibetga birinchi sayohatini amalga oshirdi. Safar Pekin shahridan boshlanib, Dalay-Nor ko`lining shimoliy qirg`oqlariga tomon bo`lgan. Kalgan shahrida bir oz fursat dam olgach, Suma-Xodi va In-Shan tog`larini tadqiq etgan. Olim Sarik daryo (Xuanxe) oki- mini o`rganib, Xitoy manbala- rida kursatilgan ushbu daryoning tarmoqlanishi haqidagi fikrning noto`g`ri ekanini isbotladi. So`ng sayyoh Ala-Shan chuli va Ala- Shan tog`laridan o`tib, Kalganga qaytib kelgan. 10 oy davom etgan bu sayohati davomida M. Prje­valskiy 3500 chaqirim (3700 km) yo`lni bosib o`tdi. 
  1872-yilda Prjevalskiy Ti­bet tog`lariga borish maqsadida Kuku-Hop kuli tomon yo`lga chi­qib, Saydam cho`li orqali Mur- Usu (Ko`kdaryo) daryosining yuqori qismiga chiqqan. 1873-yilda Tibetga o`tish bo`yicha qilingan muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin, N.Prjevalskiy Gobi cho`lining markaziy qismi va Urgu shahri orqali Kaxti shahriga qaytib kelgan. Mazkur sayohati natijasida olim «Mo`g`uliston va tangutlar mamlakati», deb nomlangan geografik asarini yozdi. O`zining uch yillik mazkur sayohati davomida Prjevalskiy 11000 chaqirim, ya’ni 11700 km yo`lni bosib o`tgan.
  1876-yilda N.Prjevalskiy Kuljadan Tyan-Shan va Jung`oriya tog`lari orqali Ili daryosiga, Torim daryosi bo`ylab Lobnor ko`li tomonlarga o`zining ikkinchi sayohatini amalga oshirdi. Manbalarga ko`ra, N.Prjevalskiy Marko Polodan keyin sirli Lobnor ko`li bo`ylariga borgan ikkinchi yevropalik sayyohdir. XVIII asrning boshlaridagi Xitoy xaritalarida Lobnor ko`li Prjevalskiy top­gan yerda emas, undan shimolroqda ko`rsatilgan edi. Olim ko`lni tadqiq etib, uning aniq joylashgan yerini xaritaga tushirgan va ushbu suv xavzasidan janubroqda Oltintog` tizmasini kashf etgan. 1877-yilning bahorini Lobnor ko`lida o`tkazib, ornitologik kuzatishlar olib borgan, so`ng Kurlu va Yo`ldus orqali Kuljaga qaytib kelgan. Ushbu sayohatining natijasi sifatida N.Prjevalskiy «Kuljadan Tyan-Shan orti va Lobnorga», deb nomlangan asari­ni yozib, nashr ettirgan.
 1879-yilda esa N.Prjeval­skiy 13 kishi hamrohligida Zaysan shahridan o`zining uchinchi, Markaziy Osiyo ekspeditsiyasiga yo`l oldi. Dastlab, Urungu daryo­si bo`ylab, keyin Hami vohasi, Sa-Chjeu vohasi va Nan-Shan tizmasi orqali Tibetga, Mur-Usu daryosi vodiysiga chiqdilar. Tibet hukumati M.Prjevalskiyning Lxasaga kirishiga ruxsat bermadi va mahalliy aholining darg`azab bo`lganini ko`rgan sayyoh, Lxasaga atigi 250 chaqirim yetmasdan Tang-La dovonidan o`tib, Urguga qaytishga majbur bo`ldi. 1881-yilda Rossiyaga qaytgach, Prjevalskiy o`zining uchinchi sayohati natijalarini tizimlashtirib, ularni 1883-yilda «Zaysandan Hami orqali Tibet­ga va Sariq daryoning yuqori qismlariga» nomi bilan chop ettirgan. Bu asarda sayyoh tomonidan o`sha vaqtgacha fanga noma’lum bo`lgan va keyinchalik olimning nomi berilgan yangi ot turi tasvirlangan.
  1883-yilda N.Prjevalskiy o`zining 21 kishilik to`rtinchi Markaziy Osiyo sayohatiga chiqdi. U Kaxtidan Urgu orqali avval yurgan yo`li bo`ylab Tibet tog`iga yo`l olgan va Sariq (Xuanxe) daryosi­ning boshlanish qismini hamda uning Mur-Usu daryosi o`rtasidagi suvayirg`ichni tadqiq qilgan. Sayyoh yevropaliklarga o`sha vaqtgacha noma’lum bo`lgan Tibetning shimoliy qismidagi baland cho`qqilarga ega bo`lgan o`lkan tog`li o`lkani tadqiq qilgan va xaritaga tushirgan. Shu yerdan olim Saydam cho`li orqali Lobnor ko`liga, so`ng Issiqko`l bo`yidagi Korakul (avvalgi Prjevalsk) shahriga yetib keldi.
  Mazkur sayohati davomida olim 7800 kmdan ortiq yo`lni bosib o`tgan. Sayyoh,ning turtinchi sayohati uzoq davom etib, Faqat 1885 yilning oxiridagina o`z nihoyasiga yetdi. Ushbu sayohat natijalari esa «Kaxtidan Sariq daryoning boshlanish qismiga», deb nomlangan kitobda o`z aksini toptan.
 1988-yili N.Prjevalskiy Markaziy Osiyoga navbatdagi sayohatini tashkil etdi. Ekspeditsiya Samarqand orqali Xitoy chegaralari tomon yo`l olgan. Ammo Korabolta daryosi vodiysida sayyoh ich terlama kasalligiga chalindi. 1888-yilning 1-noyabrida Issiqko`l bo`yidagi Qorako`l shahri yaqinidagi Pristan-Prje- valsk shaharchasida vafot etgan. Olimning qabri ustiga haykal o`rnatilgan bo`lib, unda oddiygina qilib «Sayyoh N.M.Prjeval­skiy», deb yozib qo`yilgan.
  N.Prjevalskiyning fan oldidagi eng yirik xizmati uning Kun-Lun tog` tizimini, Shimoliy Tibetning tizmalarini, Lob­nor, Kuku-Hop ko`llari xavzasini hamda Xuanxe daryosining bosh­lanish qismlarini geografik va tabiiy-tarixiy jihatdan chuqur tadqiq etganligidadir. Shuningdek, Prjevalskiy Gobi cho`li, Ordos va Ala-Shan tog`lari hamda Saydam botig`ini geografik jihatdan tasvirlab, Markaziy Osiyodagi fanga noma’lum 20 ta tog` tizmasi, yettita katta va qator kichik ko`llarni birinchi bo`lib xaritaga tushirgan.
  Olim birinchi bo`lib kashf etgan yerlarining aksariyatini xaritaga tushirishda ularning mahalliy xalq tilida aytiladigan nomlarini saqlab qolgan. Shuning uchun ham Britaniya geografiya jamiyati N.Prjevalskiyni «dunyoning eng buyuk sayyohi», deb ta’riflagan. Peterburg Akademiyayei esa sayyohni «Markaziy Osiyo tabiatining birinchi tadqiqotchisiga» medali bilan taqdirlagan. Shuningdek, u Markaziy Osiyodagi tadqiqotlari uchun Parij geo­grafiya jamiyatining oltin medaliga sazovor bo`lib, uning nomi dunyoning mashhur sayyohdari qatorida tilga olinadi.
  Mashhur sayyoh, va olimning xotirasi turli geografik ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Jumladan, Issiqko`l bo`yidagi pris­tan - shaharchaga, tog` tizmasi, Oltoy tog`laridagi muzlik, turli hayvon va o`simlik turlari, Issiqko`l bo`yidagi Qorako`l shahriga (1889-1922 va 1939-1992-yillarda) va boshqa ko`plab ob’ektlarga Prjevalskiyning nomi berilgan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.