Pyotr Semyonov-Tyanshanskiy 

6 036

 

 

Pyotr Semyonov-Tyanshanskiy
(1827-1914)
  Pyotr Petrovich Semyonov-Tyan-Shanekiy mashhur rus geografi, botanik va entomolo­gi, statist, davlat va jamoat arbobidir. U Tyan-Shan tog`larini chuqur o`rgangan, Markaziy Osiyoga bir necha bor ilmiy ekspeditsiya tashkil etgan va Rossiyada 1897-yilda o`tkazilgan birinchi aholini ruyxatga olishning tashkilotchisi bo`lgan. Olimning asli familiyasi Semyonov bo`lib, fanga qo`shgan o`lkan xissasi va Tyan-Shan tog`larining kashfiyotchisi sifatida rus imperatorining 1906-yil 23-noyabrdagi farmoniga muvofiq familiyasiga Tyan-Shanskiy qo`shila boshlagan.
  Tyan-Shanskiy 1827-yilda Rossiyaning Ryazan shahri yaqinidagi Urusovo qishlog`ida tug`ilgan. Dastlabki ta’limni o`z qishlog`ida olgan, so`ngra yunkerlar maktabiga o`qishga kirgan. Yoshligidanoq geografiyaga havas uyg`ongan va olimning yozishicha, bolaligida uning eng yaxshi ko`rgan o`yini materik, davlat, shahar, daryo kabi turli geografik ob’ektlar nomlari yozilgan loto bo`lgan. Keyinchalik bulajak olim Sankt-Peterburg universiteta fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar bo`limiga erkin tinglovchi sifatida o`qishga qabul qilingan. Tyan-Shanskiy 1848-yilda universitetni tugatgach, fan bilan jiddiy shug`ullanishga qaror qildi. Nomzodlik imtihonini muvaffaqiyatli topshirib, 1849-yilda olim Rus geografiya jamiyatining haqiqiy a’zosi etib saylangan va uzoq vaqtlar tabiiy geografiya bo`limining kotibi bo`lib faoliyat olib borgan.
  1851-yilda Tyan-Shanskiy Oka va Don daryolarining xavzasiga sayohat qilib, Sharqiy Yevropadagi o`imliklar dunyosining shakllanishdagi roli haqida risola yozgan. 1853-yilda Tyan-Shanskiy Berlin universitetiga o`qishga kirib, bu yerda uch yil davomida geo­grafiya va geologiyadan ma’ruzalar tingladi. Darsdan bo`sh paytlari olim Germaniya, Italiya va Shveysariya bo`ylab sayohatga chiqqan. Germaniyada olim mashhur nemis tabiatshunosi  A.Gumbolt  va K.Ritterlar bilan tanishgan va Osiyoning ichki qismlariga sayohat qilish rejasi bilan o`rtoqlashib, ularning fikrini olgan. Shunda A. Gum­boldt o`zining «Tyan-Shan (xitoychada «Osmonupar tog`lar» ma’nosini bildiradi) tog`larining vo`lkanik harakatlar natijasida paydo bo`lganligi» haqidagi nazariyasiga isbot topish niyatida shu tog` minerallaridan na`muna olib kelishni iltimos qilgan. Germaniyalik mashhur olimning bu fikrlari Tyan-Shanskiyning bulajak ekspeditsiyani tashkil etish haqidagi rejasini amalga oshirishga bo`lgan intilishni yanada kuchaytirgan.
  Peterburg shahriga qaytib kelgan Tyan-Shanskiy Geografiya jamiyati rahbarlarini Tyan-Shanga ekspeditsiya tashkil etish zarurligiga ishontira oldi. Shunday qilib, sayyoh olim 1856-yil­ning bahorida Peterburgdan yo`lga chiqib, Moskva, Qozon va Ural orqali kuniga 400 chaqirimdan ortiq (425 km.ga yaqin) yo`l yurib, 1-iyunda Irtish daryosi qirg`oqlariga yetib kelgan. Ushbu daryodan bir kun davom etgan kechuvdan so`ng olim ilk bor Oltoy tog`larini ko`rdi.
  1856-yilning avgust oyida Tyan-Shanskiy Semipalatinskdan yo`lga chiqib, Balxash ko`liga yetib kelgan. Bu haqda olim shunday yozgan edi: «O`zining qurib qolgan chekkasi Olako`l bilan birgalikda Balxash Markaziy Osiyo tog` tizmalarini qirg`iz dashtlaridan ajratib turadi». Sayyoh Balxash ko`lidan janubi-sharqdagi «kuzni qamashtiradigan doimiy qorlar bilan qoplangan va janubi-g`arbga yo`nalgan tog` tizmalarini» Jung`oriya Olatovi, deb nomlagan. Ushbu tizma ortida Ili daryosi vodiysidan o`tgan Tyan-Shanskiy Verniy (hozirgi Almati) shahriga yetib keldi.
  1856-yilning sentyabr-oktyabr oylarida Tyan-Shanskiy tog`lar osha Issiqko`l tomonga Issiqko`l va uning atrofidagi ikki marta sayohat uyushtirgan. 
  Birinchi sayohat tizmaning Sharqidan o`tib, bu tizma haqida olim «xuddi devor kabi shaharning janubida tik ko`tarilgan»ini yozgan va uni Iliorti Olatovi, deb nomlaydi. Sayyoh Kungay Olatovidan oshib o`tib, tizmaning janubi-sharqida Tup va Jirg`alap daryolari­ning vodiylari bo`ylab Issiqko`lga yetib kelgan. Verniy shahriga sayyoh, xuddi shu yo`l bilan yana orqaga qaytib borgan. Olim ushbu sa­fari davomidagi taassurotlarini: «...Janubda ko`m-ko`k Issiqko`l yastanib yotar va u qor bilan qoplangan uzluksiz tog` tizmalariga tutashib ketgan. Bu uzoq vaqt orzu qilingan Tyan-Shan tog`lari bo`lib, uning Terskey Olatovi tizmasi edi», deya tasvirlagan.
  Olim ikkinchi safari chog`ida Verniydan g`arbga qarab yurib, janubi-g`arbda baland tog tizmasini ko`rgan, ammo unga yetmasdan Boam darasi orqali Issiqko`lning shimoli-g`arbiy qirg`og`iga yetib kelgan. Sayyoh ushbu safari natijasida Chuv daryosi Issiqko`ldan o`qib chikadi, degan turli mishmishlarga chek qo`ygan va ushbu kuldan birorta daryoning o`qib chikmasligini isbotlagan. Tyan-Shanskiy Issiqko`ldan Kungay Olatovi tizmasiga kutarilgan va Chuv daryosining ung irmog`i vodiysini kesib o`tib, Iliorti tiz- masining eng baland joyidan oshgan holda Verniyga qaytib kel­gan.
  Tyan-Shanskiy 1857-yilning yozida hamrohlari bilan navbatdagi sayohatni amalga oshirish uchun yo`lga chiqdi. Ular dastlab, Iliorti Olatovining shimoliy yonbag`ri bo`ylab Sharqqa Chilik daryosigacha yurishgan, so`ng parallel joylashgan Soget va To`rtayg`ir tog`lari o`rtasidagi yassi tog` orqali Ili daryosi irmog`i Chorinning yuqori qismiga yetib oldilar. To`rtayg`ir tog`ining ingichka cho`qqisiga ko`tarilgan Tyan-Shanskiy yevropaliklardan birinchi bo`lib, uzoq vaqt Tyan-Shan tog`larining eng baland nuqtasi hisoblangan Xontangri cho`qqisini ko`rgan. So`ng Kungay Olatovi tizmasini oshib o`tgan sayyoh, Terskey Olatovining shimoliy yonbagirlarini batafsil o`rgandi.
  Tyan-Shanskiy Terskey Olatovining dovoniga chiqib, janubda Sirdaryoning o`ng irmog`i bo`lgan Norin daryosini ko`rdi. Shuningdek, sayyoh dovonda turib 30 dan ortiq qorli cho`qqilarni kuzatgan. Xontangri cho`qqisi yonbag`rida olim o`lkan muzlikni uchratgan va keyinchalik unga sayyohding nomi berilgan. Tyan-Shanskiy xuddi ana shu muzlik yaqinida zoologlar allaqachon qirilib ketgan, deb hisoblagan va bir vaqtlar Marko Polo ko`rgan o`lkan burama shoxli tog` qo`chqorlarini uchratgan. Bundan tashqari, olim yana fanga noma’lum to`rtta yangi o`simlik turlarini tasvirlab berdi.
  Tyan-Shan tog`lariga uyushtirilgan ekspeditsiya muvaffaqiyatli bo`lib, olim o`zining ikkinchi sayohatini «Markaziy tog`li Osiyoning shimoli-g`arbiy qismini ilmiy jihatdan chuqur tekshirish uchun tayyorgarlik (rekognossirovka)», deb atagan edi. Sayohat natijalari esa kutilgandan ortiq bo`lgan. Olim Kungay Olatovini - 150 km, Terskey Olatovini esa 260 km masofada tekshirgan, Ilior­ti Olatovini tadqiq etib, uning Tyan-Shanning boshqa tizmalari bilan bog`langanligini va ushbu tog`larning old zanjiri ekanligini isbotladi. Sarijaz daryosining yuqori qismidagi muzlikni aniqlab, Chuv daryosining Issiqko`ldan o`qib chiqmasligini va aksincha, suv ko`paygan paytda o`zining Kutamoldi irmog`i orqali Issiqko`lga quyilishini ko`rsatib bergan.
  Olim mazkur sayohati natijasida O`rta Osiyo tog`larida vulqon hodisasi yo`qligini inkor etib bo`lmas dalillar bilan isbotlagan. Xullas, Gumboldtning Tyan-Shan tog`lari vulqon otilishidan paydo bo`lganligi haqidagi nazariyasiga isbot topa olmadi.
  Sayyoh, Tyan-Shan tog`laridagi balandlik mintaqalari va qor chizig`ining balandligini aniqlab, Markaziy Osiyodagi to`rtta yirik daryo tizimidan uchtasiga kiruvchi Norin, Tekes va To­rim daryolarining boshlanish qismlarini geografik jihatdan o`rgangan. Olim birinchi bo`lib Tyan-Shan tog`larining parallel tizmalar zanjiridan iboratligi va ular o`rtasida vodiylar hosil bo`lganini aniqlagan. 1888-yilda Zakaspiy viloyati va Turkistonga qilgan sayohati davomida esa asosan, entomologik tadqiqotlar bi­lan shug`ullangan va natijada «Turkiston va Zakaspiy o`lkasi 1888-yilda», deb nomlangan maqolani yozgan.
  Geografik tadqiqotlar bilan bir qatorda Tyan-Shanskiy turli davlat mahkamalarida ham ishlagan. Jumladan, 1864-1897-yillarda markaziy statistika qo`mitasida faoliyat olib borib, Rossiyaning turli sohalarga oid statistik to`plamlarini ishlab chiqishga bosh-qosh bo`lgan. Shuningdek, olim XVI va XVII asr golland rassomlarining asarlarini yig`ib, ular asosida lavhalar yozgan. Keyinchalik yiqqan shaxsiy bir necha yuz golland rassomlari asarlaridan iborat kolleksiyani Ermitajga sovg`a qilgan.
  Tyan-Shanskiy qirq yildan ortiq (1873-1914) vaqt davomida Rus geografiya jamiyatiga boshchilik qildi. Uning boshchiligida va bevosita ishtirokida dunyo geografik kashfiyotlar tarixiga kirgan bir qator yirik ilmiy ekspeditsiyalar tashkil etilgan. Olim ko`plab asarlar muallifi bo`lib, 1860-yilda chop etilgan «Ensiklopedik lug`at»ga bir qator geografik maqolalar yozdi. Shuningdek, Tyan-Shanskiy 1893-yili Chikagodagi butunjahon ko`rgazmasi uchun chop etilgan «Sibir. Buyuk Sibir temir yo`li», deb nomlangan to`plamni tuzuvchilaridan biridir.
  Dunyo geografiya fanining rivojlanishiga katta hissa qo`shgan sayyoh olim Pyotr Semyonov-Tyan-Shanskiyning nomi O`rta va Marka­ziy Osiyo, Kavkaz, Alyaska va Shpitsbergendagi geografik ob’ektlarda abadiylashtirilgan. Shuningdek, Tyan-Shanskiyning nomi 100 dan ortiq o`simlik va hayvon turlariga berilgan.

plus  Использованные источники:

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.