Gonduras 

3 913

 Rasmiy nomi — Gonduras Respublikasi. Poytaxti — Tegusigalpa. Hududi — 112100 km.kv. Aholisi – 7 mln.dan ortiq kishi (2012). Davlat tili — ispan. Dini — katolik. Pul birligi — lempira.
 Geografik joylashuvi va tabiati. Markaziy Amerikada joylashgan davlat. Janubda Nikaragua, g‘arbda Gvatemala va Salvador bilan chegaradosh. Shimolda va sharqda Karib dengizi, janubi g’arbda Tinch okean bilan tutashgan. Mamlakat hududi asosan Komayagua, Montesilos, Opalaka kabi yassitog‘liklardan iborat. Eng baland nuqtasi Selake cho‘qqisi (2865 m). Karib dengizi sohillari tekisliklardan iborat. Asosiy daryolari: Ulda, Aguan, Patuka. Asosiy tabiiy boyliklari: oltin, kumush, mis, qo‘rg‘oshin, temir rudasi, rux, yog‘och va baliq.
  Iqlimi — tropik. O‘simlik dunyosi o‘ta xilma-xil. Bu yerda palma, qizil daraxt, kauchuk daraxti kabi turli daraxtlar o‘sadi. Hayvonot dunyosida tropik iqlimga xos bolgan deyarli barcha hayvonlar uchraydi. Yaguar, qoplon, maymunlarning turli xillari shular jumlasidandir.
 Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzumi — prezidentlik respublikasi. Mamlakat 18 ta departamentdan iborat. 1921-yil 15-sentabrda Ispaniya istibdodidan ozod bo‘lib, o‘z mustaqilligini e’lon qilgan. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi hokimiyat bir palatali parlament — Milliy Kongressga tegishli. Asosiy siyosiy partiyalari: Gonduras Liberal partiyasi (GAP), Gonduras sotsialistik partiyasi (GSP), Xristian-Demokratik partiya (XDP).
 Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Gonduras g‘arbiy yarim shaming qashshoq davlatlaridan biridir. Eksportga chiqaradigan mahsulotlari asosan qishloq xo‘jalik mahsulotlari hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik ekinlari: banan, qahva, shakarqamish, tamaki, sholi. Dehqonchilik qilinadigan yerlarning asosiy qismi yirik yer egalari — latifundistlarga tegishli. Aholining 9 % i tog‘-kon ishlarida mehnat qiladi. 2006-yil Y1M miqdori 20189 mln dollarni (aholi jon boshiga — 2686 doll.) tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Germaniya, Yaponiya. Yirik portlari: Puerto- Kortes, Tela, Truxilo, La-Seyba.
  Tarixi. Gondurasning janubiy sohillari 1502-yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. 1523-yilda Alvarado boshchiligidagi ispan konkistadorlari tomo­nidan istilo qilingan. 1790-yilda Gonduras Gvatemala bilan birlashtirilgan. 1821-yil mustaqillikka erishgach, Markaziy Amerika birlashgan provinsiyalari tarkibiga kirgan. Faqatgina 1839-yil mustaqil davlat shakllantirildi. XX asrda Gonduras bir nechta harbiy diktatura va qonli urushlarni boshidan kechirdi. 1969-yilda Salvadorga qarshi urush harakatlari olib bordi. 1981-yildan fuqaro hukumati hokimiyatni o‘z qo’liga oldi.

Поделитесь ссылкой с друзьями выделив текст.
Заметили ошибку, тогда выделите ошибочный текст и нажмите клавишы CTRL + ENTER.