Aruba


Rasmiy nomi — Aruba. Poytaxti — Oranestad. Hududi – 0,8 ming km.kv. Aholisi – 20 mingdan ortiq (2012-yil). Davlat tili — golland. Dini — katolik (82%). Pul birligi — Aruba florini.
Geografik joylashuvi va tabiati. Karib dengizining sharqiy qismida Kichik Antil orollarining birida joylashgan Vest-Indiyadagi davlat. 0‘simlik dunyosi unchalik boy emas. Iqlimi — subekvatorial.
  Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — konstitutsion monarxiya. Niderland qirolligining sobiq avtonom qismi bo‘lgan Aruba 1966-yilda mustaqillikka erishgan. Qonunchiligi niderland fuqarolik huquqi tizimiga asoslangan. Milliy bayrami —   18- mart — Aruba bayrog‘i kuni. Davlat boshlig‘i — golland monarxi (uning nomidan gubernator ish yuritadi). Asosiy siyosiy partiyalari: Xalq saylov harakati va Aruba xalq partiyasi.
  Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodining muhim sektorlaridan biri — turizm. Offshor bank biznesi, neft tozalash va yuk saqlash ham rivojlangan. Qishloq xo‘jaligi aloe yetishtirish, uy hayvonlarini boqish va baliq ovlashdan iborat. Asosiy savdo hamkorlari — AQSH va YI davlatlari. Temiryo’llari yo’q. Avtomobil yo‘llari uzunligi — 380 km. Dengiz portlari: Oranestad, Sent-Nikolas.
  Tarixi. XV asrda ispanlar Antil orollarini kashf etganidan so‘ng Aruba dastlab Ispaniya, keyin Gollandiya mustamlakasiga aylanadi. 1986-yili orol muxtoriyat maqomiga, 1996-yildan esa mustaqillikka ega bo‘ldi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing!

Sharhlar